Yana qaytib kelaman

Bu yerlarga yana qaytib kelaman,
Bunday olamlarni xech ko'rmagandim,
Sog'inchli salomim aytib kelaman,
Bunday odamlarni xech ko'rmagandim.

Otamning yuzini eslatish uchun,
Onamning so'zini eslatish uchun,
Ustozlar izini eslatish uchun,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Shirin hotiralar qo'llarin ushlab,
Quvonchga cho'milib baxorday yashnab,
Shaxarda eng zarur ishlarim tashlab,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Unutib, shon shuxrat mag'rurligimni,
Unutib, siz uchun mashxurligimni,
Xammadan eng oddiy odam bo'laman,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Kim sizchalik qadrim sezadi ayting,
Kim meni sizchalik sevadi ayting,
Do'stlarim agarda yo'lingiz tushsa,
Bizlar tomonga xam bir kirib o'ting.

Biringiz otamsiz, biringiz bolam,
Ko'rmadim dunyoda sizdan zo'r olam,
Minglab quyoshqalblar, mexmondo'st odam,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

Axad Qayum yozar ming bir manoda,
Yashar ijod degan ertakbinoda,
Kitobga aylanib, yoki kinoga,
Bu yerlarga yana qaytib kelaman

Ahad Kayum she'ri

Fikr qo'shish