Sevmasmiding

SEVMASMIDING...
Yolg'iz sen uchun yashab,
G'am yutsam sezmasmiding?
Yor ketding meni tashlab,

Sevmasmiding...
Mudom seni o'ylasam,
Yuragimga joylasam,
Isming aytib kuylasam,

Sevmasmiding...
Shunchalar soddamanki,
Buni sezmabman chunki,
Ezmoqda xijron yuki,

Sevmasmiding...
Mening aybim nima ahir,
Shunchalar qismatim tahir,
Sevaman deb ey toshbag'ir,

Sevmasmiding...
Sevmasding...
Buni sezdim,
Yurakka bir qabr qazdim,
Toshga sening isming yozdim,
Yolg'iz sen uchun yashab,
G'am yutsam sezmasmiding?
Yor ketding meni tashlab,

Sevmasmiding...
Sevmasmiding...
Bu kuningdan ey bevafo,
O'LMASMIDING...

Ahad Kayum she'ri

Fikr qo'shish