Uni visol demayman

Shabboda mayin essa,
Uni shamol demayman,
Sevgim bir kelib ketsa,
Uni visol demayman.

Dilga baxt yo'llamasa,
Bir yashnab gullamasa,
Orzuga o'ramasa,
Uni bahor demayman.

Dunyo g'amin yemayman,
Sevmaganni sevmayman,
Chorlamasa kelmayman,
Ishqni xayol demayman.

Dilga darding yuklama,
Kerak paytda uxlama,
Bilaman, noz reklama,
Seni makkor demayman.

Demayman, yo'tk demayman,
Men tomon boq demayman,
Dilga o't yo'q demayman,
Menga bo'l zor demayman.

Uchsa ham samolyotlar,
Bo'shasa aeroportlar,
Kemasiz qolsa portlar,
Senam yo'qol demayman.

Kechirgin men telbani,
Tabletka deb tugmani,
Tugma deyman tangani,
Bu bir misol demayman.

Sherdan to'lgan disketam,
Oyoqda ipsiz ketam,
Bo'm bo'sh bo'lsa ham kissam,
Ahad nochor demayman.

Shabboda mayin essa,
Uni shamol demayman,
Sevgim bir kelib ketsa,
Uni visol demayman.

Ahad Kayum she'ri

Izohlar 1

Офлайн
Madina
Madina 26 марта 2019 05:00
xama sherlari yoqadi

Fikr qo'shish