Barno salati

Barno salati
Barno salati

Kerakli masalliqlar:

1. Baqlajon - 1 kg.
2. Bodring - 1 kg.
3. Qizil sabzi - 1 kg.
4. Pomidor - 1 kg.
5. Piyoz - 0.5 kg.
6. Sarimsoq piyoz - 5-6 bo'lakcha
7. Yog' - 200 gr.
8. Ko'katlar


Tayyorlanishi:

Baqlajon yirik somoncha to'g'ralib, sho'r suvda 4-5 daqiqa qaynatib olinadi. Sabzi, bodring yirik somoncha to'g'raladi. Pomidor 5-6 bo'lakka bo'linadi. Piyoz yirik to'g'raladi.






Oldin qozonga yog' solib, piyozni o'lguncha qovuramiz. Uning ustiga sabzini solib, qovurishda davom etamiz. Sabzi o'lgach, ustiga pomidorni solamiz.



Pomidor chala o'lgach, ustiga sarimsoq piyoz va qaynatib olingan baqlajonni, bodringni solib, 1-2 daqiqa qovuramiz. So'ng ko'katlarni solib, tuzini rostlab, qozonni tagini pasaytiramiz va qopqog'ini yopib, 5-10 daqiqa dimlaymiz.



Bu salatimizni qishgi zaxiraga (konserva) yopish xam mumkin. Buning uchun, salat dimlanganidan so'ng ustiga bir choy qoshiq sirka (uksus) solib, salatni aralashtiramiz va bankalarga joylashtirib, 15-20 daqiqa sterillaymiz. So'ng qopqog'ini maxkamlab, sovutishga to'mparib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish