Sabzavotli ikra

Sabzavotli ikra
Sabzavotli ikra

Kerakli masalliqlar:

1. Baqlajon - 1 kg.
2. Qovoqcha (kabachki) - 1 kg.
3. Qizil sabzi - 1 kg.
4. Bulg'or qalampiri (yashil) - 1 kg.
5. Pomidor - 1 kg.
6. Piyoz - 0.5 kg.
7. Sarimsoq piyoz - 5-6 bo'lakcha
8. Yog' - 200 gr.

Tayyorlanishi:



Baqlajon va qizil sabzi go'sht qiymalagichning yirik tishidan chiqariladi. Pomidor va qovoqcha mayda, bulg'or qalampiri yirik to'g'raladi.



To'g'ralgan piyoz yog'da qovuriladi. Piyoz novvot rang tusiga kirgach, ustiga sabzi, baqlajon va qovoqcha solinib, qovurishda davom etiladi.



Birozdan so'ng ustiga bulg'or qalampiri va sarimsoq piyoz solinib, qovurishda davom etiladi. 5-7 daqiqadan so'ng to'g'ralgan pomidor solinadi.



Tuz, qora murch ta'bga ko'ra solinib, 10-15 daqiqa davomida qovuriladi.

Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish