Baqlajonli achchiq gazak

Baqlajonli achchiq gazak
Baqlajonli achchiq gazak

Kerakli masalliqlar:

1. Baqlajon - 2 dona
2. Pomidor - 5-6 dona
3. Qalampir - 3 dona
4. Piyoz - 2 dona
5. Sarimsoqpiyoz - 4-5 bo'lakcha
6. Salat yog'i


Tayyorlanishi:

Baqlajon yuvib, tozalanib, parrak qilib kesiladi va yog'da ikki tomoni qizargunicha qovuriladi.



Pomidor yuvib tozalanib, qirg'ichdan chiqariladi. To'g'ralgan piyoz aloxida idishda biroz qovuriladi. So'ng ustiga pomidor solinib, qovurishda davom etiladi. Pomidor yetilishiga biroz qolganda to'g'ralgan sarimsoqpiyoz va urug'i olib tashlangan qalampir solinadi. Ta'bga ko'ra tuz va yanchilgan qora murch solinib, birozdan so'ng olov o'chiriladi.



Pomidorli qaylaning tayyor bo'lganini ustiga chiqib qolgan yog'dan bilsa bo'ladi.
Qovurilgan baqlajon bo'laklari idishga terilib, ustiga qayla surtiladi. Bu jarayon xoxishingizga qarab katlam qilib tahlanadi.



Bu gazakni sovutilgan xolda iste'mol qilish tavsiya etiladi.

Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish