Vera salat

Vera salat
Vera salat

Kerakli masalliqlar:

1. Baqlajon - 2 dona
2. Bulg'or qalampiri - 4-5 dona
3. Piyoz - 2 dona
4. Qalampir - 2 dona
5. Sarimsoqpiyoz - 5-6 bo'lakcha
6. Salat yog'i - 50 gr.


Tayyorlanishi:

Baqlajon yirik somoncha to'g'ralib, idishga solinib, tuz sepiladi.



Piyoz yirik to'g'ralib, qovuriladi. 10-15 soniyadan so'ng baqlajonni o'zidan chiqqan suvidan ajratilib piyoz ustiga solinib, qovuriladi.



Yana 10-15 soniyadan so'ng ustiga yirik to'g'ralgan bulg'or qalampiri solinib, qovuriladi. Yana 10-15 soniyadan so'ng urug'idan ajratilgan achchiq qalampirni, sarimsoqpiyozni to'g'rab, ustiga solinib, 5-7 daqiqaga past olovda dimlanadi.


Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish