Tabassum salat

Tabassum salat
Tabassum salat

Kerakli masalliqlar:

1. Kabachki - 2 dona
2. Tuhum - 2 dona
3. Bodring - 4 dona
4. Pomidor - 5 dona
5. Bulg'or qalampiri - 5 dona
6. Sarimsoqpiyoz - 8-9 bo'lakcha
7. Ko'katlar - 0,5 bog'dan
8. Soya - 2 osh qoshiq


Tayyorlanishi:

Kabachki, bulg'or qalampiri, bodrin va pomidor yirik somoncha qilib to'g'raladi.



1 ta tuhum idishga atalanib, ustiga tuz sepib, to'g'ralgan kabachki solinib, aralashtiriladi. So'ng, yog'da qovuriladi. Ikkinchi tuhum aloxida idishda atalanib, ustiga tuz sepib, to'g'ralgan bulg'or qalampiri solinib, aralashtiriladi va u xam aloxida yog'da qovuriladi.



Ko'katlar bilan sarimsoqpiyoz to'g'ralib, xamma masalliqlar aralashtiriladi. Aralashma ustiga soya solinib, tuzi rostlanadi.

Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish