Baqlajonli salat

Baqlajonli salat
Baqlajonli salat

Kerakli masalliqlar:

1. Baqlajon - 4 dona
2. Tuhum - 4 dona
3. Pomidor - 5 dona
4. Ukrop - 0,5 bog'
5. Sarimsoqpiyoz - 6-7 bo'lakcha
6. Un - 1 osh qoshiq
7. Tuz


Tayyorlanishi:

Tuhum, un va tuz idishga solinib, aralashtiriladi. Baqlajonlar 5-7 sm qalinlikda parrak qilib to'g'raladi va tuhumli aralashmaga botirib olinib, tovada, yog'da ikki tomoni qizargunicha qovuriladi.


Pomidorlar qirg'ichdan yoki go'sht qiymalagichdan chiqariladi. Ukrop va sarimsoqpiyoz mayda to'g'raladi. Ta'bga ko'ra tuz va qizil qalampir kukuni solinib, aralashtiriladi.


Qovurilib, sovutilgan baqlajonlar likopchaga teriladi. Ustiga pomidorli aralashmadan qo'yib chiqiladi va ukrop bilan bezatilinadi.

Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish