Kabachkili salat

Kabachkili salat
Kabachkili salat

Kerakli masalliqlar:

1. Kabachki - 5 dona
2. Tuhum - 4 dona
3. Sarimsoqpiyoz - 5-6 bo'lakcha
4. Ukrop - 0,5 bog'
5. Mayonez - 100 gr.
6. Un - 1 osh qoshiq.
7. Tuz


Tayyorlanishi:

Kabachkilar yuvilib, 0,5 - 0,7 sm qalinlikda parrak qilib to'g'raladi. Tuhum, un, tuz idishga solinib, yahshilab atalanadi. Kabachkilar tuhumli massaga botirilib, tovadagi yog'da ikki tomoni qizargunicha qovuriladi. Qovurilgan kabachkilar sovutiladi.


Ukrop va sarimsoqpiyoz bo'lakchalari mayda to'g'raladi yoki ezilib, mayonezga aralashtiriladi. Sovugan kabachkilar likopchaga terilib, ustiga mayonez surtiladi.


Yoqimli ishtaxa!

Fikr qo'shish