Rogalik bulochka

Rogalik bulochka
Rogalik bulochka


Kerakli masalliqlar:

1. Sut - 200 gr.
2. Tuhum - 4-5 dona
3. Margarin - 250-300 gr
4. Shakar - 3-4 osh qoshiq
5. O'simlik yog'i - 0,5 piyola
6. Achitqi - 1 osh qoshiq
7. Tuz - 1 choy qoshiq
8. Un


Tayyorlanishi:

2 stakan unga iliq sut, shakar, achitqi va tuz solinib, aralashtiriladi va 1 soatga issiq joyga o'rab qo'yiladi.



Tuhum va yog' aralashtirilib, oshgan massaga solinadi. Va qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamir 5 bo'lakka bo'linib, har bir bo'lak yoyiladi.




Margarin 5 bo'lakka bo'linib, yoyilgan hamirlar ustiga surtib chiqiladi. So'ng hamir o'ralib, rulet xoliga keltiriladi va celofan paketga solinib, muzlatkichga 5-6 soatga qo'yiladi.



Muzlatkichdan olingan hamir o'rtacha yupqalikda yoyiladi va 16 bo'lakka bo'linadi. Bu bo'lakchalar ichiga nachinkani solib, o'rab, usti bezatiladi va oldindan qizdirilgan duhovkada pishiriladi.



Nachinka sifatida mak, maydalangan yong'oq, korica yoki iris ishlatishingiz mumki. Ustki bezakka kokos qirindisi yoki shakar ishlatish mumkin.

Rulet xoliga keltirilgan hamir bo'laklarini uzoq muddat saqlab, bittadan xar kuni nonushtaga pishirishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaxa!

Pishirishsiz shokoladli chizkeyk

Chizkeyk deserti hattoki shirinlikni hush ko'rmaydiganlar uchun ham ma'qul desert. E'tiboringizga tez tayyorlanadigan, nozik va mazali chizkeyk retseptini taqdim etamiz. Dasturxon davrasida shirin suhbat va issiq choy bilan tanavvul qilish uchun ajoyib tanlov!...

Keks tayyorlash - retsepti, usullari, oddiy keks pishirish uchun kerakli masalliqlar

Keks deb biskvitli yoki xamirturushli xamiridan tayyorlangan shirin qandolat pishirig’iga ataladi. Kekslar tayyorlash usui qadimgi Rimda ham ma’lum bo’lgan, ammo bu pishiriq O’rta asrlarda mashhurlik yig’a boshladi. XVI asrdan boshlab keks Evropa bo’ylab keng tarqaldi. Ko’pgina mamlakatlarda ushbu pishiriq to’y, Rojdestvo va Pasxaga...

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin....

Napoleon tort tayyorlash: uy sharoitida, retsepti, bosqichlari, sirlari, xamiri va kremi

“Napoleon” torti – butun dunyo sevib iste’mol qiladigan eng mazali shirinliklardan biri. Italiya va Fransiyada bu tortni  “ming qatlam” deb atashadi, Belgiya va Niderlandiyada esa shunga o’xshash “Tompus” shirinligi mavjud va u ko’pirtirilgan qaymoq va pushti glazurdan iborat.  Qizig’i shundaki, ko’pincha “Napoleon”  torti, qandolatchilik...

Momiq shirinligi

Margarin 4 stakan un bilan uqalanadi. Ustiga achitqi solinib, aralashtiriladi. So'ng, sut solinib, yumshoq hamir qoriladi. Tayyor hamir 1 soatga muzlatkichga qo'yiladi....

Limonli zavarnoy krem

Mo'jizaviy va mashhur kremlardan birini e'tiboringizga taqdim etamiz. Nozik va mazali! Hushbo'y isi bilan yanada ishtaxaocharlik bag'ishlaydi....

Yong'oq shirinligi

Pardek yengil va juda ham mazali shirinlik! Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallovchi shirinlik. Yaqinlaringiz uchun ushbu shirinlikni tayyorlang va hushkayfiyat ulashing....

Pechenya "Kivi"

Stol ustida bunday qiziqarli, hushbo'y va mazali pechenyalarni ko'rgan bolajonlar hayratdan lol qolishlari turgan gap. Aziz bekajonlar tez tayyorlanadigan mazali pechenyalarni tayyorlagan zaxotingizdayoq ular o'z-o'zidan g'oyib bo'lish hususiyatiga ham ega. Shu sababli pechenya retseptini saqlab qolishni unutmang!...

Italyancha pechenya

Italya oshxonasining mashhur retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz. Juda ham nozik va og'izda erib ketuvchi ushbu pechenyaning tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bir olam quvonchni taqdim etadi. Dasturxon davrasida chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Гулноза
    Гулноза 13 февраля 2024 17:06
    Рахмат каттакон

Fikr qo'shish