Shokoladli pirog

Shokoladli pirog
Shokoladli pirog


Kerakli masalliqlar:

Hamir uchun
1. Tuhum - 4 dona.
2. Un - 3 stakan.
3. Margarin - 200 gr.
4. Kakao - 3 osh qoshiq.
5. Shakar - 1 piyola
6. Qatiq - 250 gr.
7. Razrihlitel' - 1 pachka
8. Choy sodasi + sirka - 1 choy qoshiq
9. Dolchin (korica) - 0,5 osh qoshiq.


Krem uchun
1. Kakao - 3 osh qoshiq.
2. Un - 3 osh qoshiq.
3. Shakar - 1 piyola.
4. Sut - 1 piyola.
5. Tuhum - 2 dona.

Glazur' uchun
1. Kakao - 3 osh qoshiq.
2. Shakar - 3 osh qoshiq.
3. Sut - 0,5 piyola.


Tayyorlanishi:

Kakao, shakar, un, korica va razrihlitel' aralashtiriladi. Tuhum, qatiq, shakar, choy sodasi bilan atalanadi. Ikkisi bir-biriga qo'shilib, hamir qoriladi. Tayyor massani 2ga bo'lib, yog'langan listga qo'l yordamida yoyib chiqiladi. So'ng, oldindan qizdirilgan duhovkada o'rtacha olovda 15-20 daqiqa pishiriladi. Tayyor korjlar orasiga krem surtib, yopishtiriladi.


Krem tayyorlash:
Shakar, un va kakao oldin aralashtirilib olinadi. Tuhum chaqilib, yahshilab atalanadi va sutga unli massa bilan qo'shiladi. Gazga qo'yib, qaynagunicha kavlab turiladi.


Korjlarga krem surtib yopishtirilganidan so'ng, eng ustki qatlamiga glazur' surtiladi.

Glazur' tayyorlash:
Shakar va kakao sut bilan aralashtiriladi. So'ng gazga qo'yib, quyilgunicha kavlab turib, pishiriladi.

Yoqimli ishtaxa!

Shokolad tayyorlash resepti - sut va kakaodan oddiy shirinlik, bosqichlari + foto

Aslida uy sharoitida haqiqiy shokolad tayyorlash oson vazifa emas. Axir, shokoladning muhim tarkibiy qismi bo’lgan kakao yog’ini har qanday do’kondan xarid qilib bo’lmaydi....

Limonli muzqaymoq

Oramizda muzqaymoqni hush ko'rmaydigan kishining o'zi bo'lmasa kerak. Shu bois bugun e'tiboringizga hushbo'y va nozik muzqaymoq retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi ko'p vaqtingizni olmaydi. Biroq, natijada sizga va yaqinlaringizga bir olam quvonch ulashishi turgan gap....

Rogalik

Unni elab xona xaroratida yumshagan sariyog’ bilan uqalaymiz. Yarim stakan suvga istemol sodasi bilan sirkani (uksus) o’ldirib, aralashtirib olamiz. So’ng un va sariyog’li aralashmaga oz ozdan xamir bo’lguniga qadar solib (xammasini solinmaydi), xamirimizni tayyorlab olamiz va sovutgichga damga qo’yamiz....

Kokosli keks

Kakosli keks oson tayyorlaniladigan, ammo juda ham mazali bo’lgan pishiriqlardan biridir! U o’zgacharoq bo’lib pishadi: keksning usti qarsildoq, ichi esa nam va yumshoq, yegandan keyin esa sariyog’ va kakosli ta’m kelib turadi....

Pirog tayyorlash - retsepti, sirlari, oddiy va mazali piroglar pishirish usullari, qadamlar

Pirog – bu odatda nachinkasi bo’lgan xamirli pishiriqdir. Uning ochiq va yopiq turi mavjud: ochiq turdagisida nachinka xamir ustida tursa, yopiq turdagisida nachinka xamir ichida bo’ladi. Mazali piroglar tayyorlashning ko’plab retseptlari mavjud: olmali, limonli, murabboli, go’shtli, qatiqli pirog va ko’plab boshqa turdagilar. Agar sizni oddiy...

Kartoshka shirinligi

Mashhur va barcha uchun sevimli bo'lgan shirinliklardan birini sizga taqdim etamiz. Nozik va yoqimli shirinlik kechki ovqatdan so'ng ajoyib desert o'rnini egallaydi. Tayyorlanish jarayoni esa juda ham oddiy....

Kokos-bananli keks

Yaqinlaringizni hushbo'y va mazali shirinlik bilan mexmon qilmoqchimisiz? U holda e'tiboringizga nozik va mazali keks retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi juda ham oddiy. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Unsiz qovoqli pirog

Bugun qovoqdan tayyorlanadigan ajoyib pirog recepti bilan bo'lishamiz....

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shakarli mastika

Tortlarni bezashda va tort ustiga o'yinchoqlar yasash uchun ajoyib tanlov. Tayyorlangan mastikaga har xil oziq-ovqat rangidan qo'shib, o'yinchoq, gullar yasab tortni bezashda foydalanish mumkin....

Fikr qo'shish