Bir boy odam masjidga kirib

Bir boy odam masjidga kirib
Bir boy odam masjidga kirib


Bir boy odam masjidga kirib, namoz o'qibdi. Namozdan so'ng duo qilayotsa, yonida o'tirgan bir darveshning duosini eshitib qolibdi: 
– Alloxim! Qornim juda och. Menga falon taom, falon shirinliklardan yetkazgin! 
Boy ichida «Bu darvesh menga eshittirish uchun ataylab ovozini chiqarib duo qilyapti. Shu narsani o'zimga aytsa xam bo'lardi-ku. Shu qilgani uchun unga xech narsa bermayman» deb o'ylabdi (nafs ana shunday narsa, xar ishga burnini suqaveradi). 
Darvesh duolarini tugatib, o'rnidan turibdi, so'ng masjidning bir chetiga borib yonboshlabdi. Bir ozdan so'ng masjidga bir odam qo'lida savat bilan kirib kelibdi. U to'g'ri darveshning oldiga borib, savatni uning oldiga qo'yibdi. Darvesh savatning ustini ochsa, duosida so'ragan taom va shirinliklar turgan emish. 
O'tirgan joyida xamma narsani ko'rib turgan boy angrayib qolibdi. 
Darvesh taomdan xam, shirinliklardan xam to'yguncha eb, qolganini savatni olib kelgan odamga qaytarib beribdi. Xaligi odam indamay savatni ko'tarib, masjiddan chiqib ketibdi. 

Boy sakrab turib, savat ko'targan odamning orqasidan yuguribdi. Etib olgach, uni to'htatib, so'rabdi: 
– Siz kimsiz? 
– Bir xammolman. 
– Bu narsalarni kim yubordi? 
– Xech kim. O'zim olib keldim. 
– Siz boyagi darveshni taniysizmi? 
– Yo'q, tanimayman. 
– O'zingiz tanimagan, bilmagan odamga nega shuncha narsa olib keldingiz? 
Xammol kishi kulib qo'yib, shunday debdi: 
– Men bir faqir odamman. Odamlarning yukini tashib kun ko'raman. Bugun bir boy odamning yukini tashib bergan edim, juda ko'p pul berib yubordi. Hursand bo'lib, bozorga bordim, boshqa payt bolalarimga edira olmagan taomlarimni olib, uyga bordim. Rosa charchagan ekanman, ayolim ovqatni tayyorlaguncha uhlab qolibman. Tushimda Payg'ambarimiz sollalloxu alayxi vassallamni ko'rdim. U zot menga shunday dedilar: 
– Mana shu masjidda bir valiy inson o'tiribdi. U xozir mana shu taomlarni so'rab, Alloxga duo qildi. Sen unga taomlaringdan, shirinliklaringdan olib borib, edirgin. U bu taomlardan eganicha esin. Qolganini olib kelib, o'zing bola-chaqang bilan esang, senga barakot bo'ladi. Shu ishni qilsang, jannatga kirishing uchun kafil bo'laman. 
Men uyg'ondim-u, taomlarni olib, masjidga yugurdim. Bor gap shu. Qolgan gapni o'zingiz ko'rdingiz. 
Boy undan «Shu qilgan bozor-o'charingga qancha ketdi?» deb so'rabdi. Xammol faloncha ketganini aytibdi. 
– Shu pulning o'n baravarini beraman. Shu savobning bir bo'lagini menga ber! – debdi boy. 
– Bo'lmaydi, – debdi xammol. 
– Yigirma baravarini beraman. 
– Bo'lmaydi. 
– Ellik baravar!!! 
– Yo'q. 
– Yuz!!!... 
Xammol boyga shunday debdi: 
– Bekorga ovora bo'lmang, qancha bersang xam, savobimni sizga bermayman. Ahir Payg'ambarimiz alayxissolatu vassalom menga bu ishim uchun jannatni va'da qildilar. Siz menga butun dunyoni bersangiz xam, men sizga bu ne'matni bermayman.

Hikoya: Yurakka sanchilgan so'z

Damir Sultonovich inqillagancha o'rnidan turarkan zalvorli gavdasining qo'zg'alishidan o'tirgan stuli og'ir g'ichirlab ketdi. U oq oralagan jingalak sochlarini qo'li bilan orqaga tarar ekan, chuqur ux tortib qo'ydi. Haqiqatan ham, keyingi paytlarda Damir Sultonovichni oyoq og'rig'i bezovta qilardi. Damir Sultonovich yoq-bu yoqdan suhbatlashib...

Alloh o'zi kechirsin

Chorshanba kuni ertalab nonushta paytida yoshlari 40 dan oshgan 50 ga yetmagan bir ayol to‘satdan titroq kelibdiyu joni chiqibdi......

OLLOHNING JAZOSI

OLLOHNING  JAZOSI Bozor... Odam shunchalar ko'p, kimdir sotadi, kimdir harid qiladi. Keling o'g'lim, uzumdan ob keting, dexqonchiligimiz nariroqdan bir qari onahonni ovozi keldi, kiziqsinib qaradim. Sochlari qorday oppoq, alam iztirob chekkan ko'zlari mungli. Keling o'g'lim, shu uzumni olib keting... Sag'irgina nabiralarim bor, ularga egulik olib...

Qizg’aldoq

Necha alplar To‘lg‘onoyga dirayalmay to‘lin oy bilan sirlashib kelayotgandi. Ularning barchasi ko‘ksini zax yerga, Turdixol esa qizini Mashi masxaraga berdi. Mashining muchali maymunligi boismi, bolaligidan daraxtga tirmashib yurardi. Elning og‘ziga shamol o‘ynatib Razzoq mirshab to‘yiga masxara olib keldi. Masxaralar Qizg‘aldoq darasiga dor...

Hikoya: Iztirobli umr

Kun issiq. Yerda ungan maysalar osmonga tikilib, yomg'ir yog'ishini istashmoqda. Ayniqsa, uy orqasidagi daraxtzorlar ichidan makon topgan otquloqlarning yomg'irni kutayotganligi ularning rangidan bilinib turibdi. Abdivoyning ham bujmaygan yuzi otquloqnikidan qolishmaydi. ...

Kuz bahori

Darvoqe, kuzning ham oʻz bahori bor. Kechagina xunuk koʻrinib turgan yulgʻunlarning pushti koʻylagi sayhonlik, dalayu yoʻl chetlariga goʻyo koʻklam keltirgandek. Elektropoezd vagoni derazasiga termulib ketayotgan shaharlik bola onasiga deydi: — Onajon, qarang chiroyliligini! Kuzda ham daraxt gullabdi. Oʻqituvchimiz daraxtlar faqat bahorda...

Bir yosh yigit hikoya qiladi

Bir kuni onam bilan tortishib qoldik. Ovozlar ko'tarilishgacha bordi. Oldimdagi kitob-daftarlarimni zarda bilan stol ustiga otdim-da, honamga kirib ketdim. O'sha paytda ko'nglimga qil ham sig'masdi......

RAMAZON RO'ZASIGA BERILADIGAN MUKOFOTNI BILASIZMI?

RAMAZON RO'ZASIGA BERILADIGAN MUKOFOTNI BILASIZMI? Nazr ibn Shaybon raxmatulloxi alayxdan rivoyat qilinadi: «Abu Salama ibn Abdurraxmonga: «Ramazon oyi xaqida sen otangdan, otang Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamdan bevosita eshitgan narsani gapirib ber», dedim. «Yahshi. Otam menga shunday degan: «Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam: «Allox...

"Sevgi so'zlarda emas, qalbda yashaydi!"

- Bu xato ekanligini ich-ichingizdan o'zingiz ham his qilib turibsiz. To'g'ri, haqiqiy muhabbat uchun kurashsa arziydi. Lekin siz allaqachon maydonni tashlab ketgan odamsiz. Endi ming chiransangiz-da, orqaga qaytolmaysiz. ...

Shayton aralashdi

Rivoyat qilinishicha, bir kishi hazrati Abu Bakr Siddiqni haqorat qildi. Payg‘ambar alayhissalom ham o‘sha joyda edilar. U zot bo‘layotgan voqeadan ajablanib, hatto tabassum ham qildilar......

Fikr qo'shish