Uch vasiyat

Uch vasiyat
Uch vasiyat


Luqmoni xakim o'limidan oldin o'g'liga uch vasiyat qildi: birinchisi – zinxor hotiningga siringni aytma, ikkinchisi – boylikka yangi etishgan nokasdan qarz olma, uchinchisi – mirshab bilan do'st tutinma.
Otasi vafot etgach, o'g'il bu uch vasiyatni sinab ko'rmoqchi bo'ldi. Bozordan bir qo'y oldi-da, so'yib qopga soldi. Og'zini maxkam bog'lab, uyga keltirdi. Hotini so'radi:
–Bu qopda nima bor?
– Birovni behos o'ldirib qo'ydim. Izni yo'qotish uchun uni qopga solib olib keldim. Eringdan ayrilib qolishni istamasang, zinxor bitta-yarimtaga gullab qo'yma, – dedi.
Keyin yangi boyigan kishidan qarz oldi.

Mirshab bilan do'st tutindi.
Bir kuni hotini bilan gapi qochib, uni tutib urgan edi, etti maxallani boshiga ko'tardi:
– Voy-dod, musulmonlar! Erim odam o'ldirib o'rgangan, endi meni xam o'ldirmoqchi!
Bu gapni darxol xokimga yetkazdilar.
–Qochib qolmasidan uni qo'lga olinglar, – deb buyurdi xokim.
–Uni kim tutib keladi? – deyishganida mirshab:
–Men uning uyini bilaman, – dedi. – O'zim tutib kelaman.
– Ey do'stim, meni qo'yib yubor – qochib ketay, – deb iltimos qildi u. Lekin mirshab ko'nmadi.
Voqeadan habar topgan yangi boy o'pkasini qo'ltiqlab keldi:
– Qarzingni to'lab qo'y, o'lib ketsang, men pulimga kuyib qolaman.
Birovdan olib, uning pulini to'ladi.
Mirshab uni xokim xuzuriga olib bordi. Xokim uni tanib:
–Luqmonday odamning o'g'liga shu ish munosibmi? – dedi.
–Ruhsat ber, o'sha qopni olib kelishsin, – iltimos qildi u.
Qopni olib kelib, xokimning qoshida ochdilar – so'yilgan qo'y chiqdi.
– Nima gap o'zi? – dedi xokim. – Tushuntirib bersang-chi?
U bo'lib o'tgan barcha voqealarni xikoya qilib berdi:
– Otam menga uch vasiyat qilgan edi. Sinab ko'ray deb shu ishlarni qildim. Otamning xamma gaplari rost chiqdi...

Bo‘yra to‘quvchi qissasi

Xalil Sayyid bo‘yra to‘qishlik bilan shug‘ullanar edilar. Har qachon joynamozni yerga yoki sholi poxoli ustiga yozilganini ko‘rsalar, yugurib borib joynamoz tagiga yangi bo‘yra to‘shab qo‘yar ekanlar. O‘sha paytdan boshlab joynamozlar tagiga bo‘yra to‘shaladigan bo‘ldi. Bir safar g‘aroyib tush ko‘rdilar......

​​🌱🌹 Ibratli hikoya

Rum shaxriga bir yosh savdogar tashrif buyurdi. Bu shaxarda mashxur bir tikuvchi bor edi. Yosh savdogar shu chevarda kiyim tiktirishni xoxladi......

Onaning kozidagi yoshlar

Ona yig'ladi Farzandining bemexr ekanligidan, balki otasi bo'lganida bunchalik bemexr bo'lib o'smagan bo'larmidi... Kelinining narsalarni uvol qilayotganini o'gliga aytib o'g'lidan qattiq gap eshitdi.. Exx o'g'lim qani edi bu uvollikni xam u dunyoda javobi borligini bilsayding. ona qalban o'g'liga nimalardir dedi...Ertasi kuni o'g'il onasi bilan...

Falokat.

Nasib qilsa kelar Shom-u-Iroqdan, yo’qsa ketar qosh-u-qaboqdan. Yigit va qizni qancha qiyinchiliklardan keyin vanihoyat unashtirishdi. Yoshlar xursand holda kelin ko’ylak korgani borishdi. Do’kon egasi yigitni bo’lajak kuyovligini bilgach asta bosh chayqadi: -Menimcha siz kelin libosini to’ygacha ko’rmay turganingiz maqulmidi…...

Hikoya: Uzuk o'g'risi

Gulzor tog'orani olib, kir yuvishga hozirlandi. So'ng  barmog'idagi uzukni yechib sovun qutisining ustiga qo'ydi. Gulzorning bu uyga ko'chib kelganiga hali ko'p bo'lgani yo'q, hovlisi qishloq chekkasida joylashgan bo'lib, qo'shni uyda Abdulla aka ismli kishi turmush o'rtog'i va ikki qizi bilan birga yashaydi. Odamlar hali bu yerlardan uy qurishni...

Ilon yutvargan odam

Bu voqeani eshitib avvaliga sira ishonmadim. Bu keksa chol meni boplab laqillatdi, deb o'yladim. Ammo cholning gaplari rostligini uning kampiri Oysuluv momodan eshitgach, ishonishdan o'zga choram qolmadi. Hullas, bu......

Falokat.

Nasib qilsa kelar Shom-u-Iroqdan, yo’qsa ketar qosh-u-qaboqdan. Yigit va qizni qancha qiyinchiliklardan keyin vanihoyat unashtirishdi. Yoshlar xursand holda kelin ko’ylak korgani borishdi. Do’kon egasi yigitni bo’lajak kuyovligini bilgach asta bosh chayqadi: -Menimcha siz kelin libosini to’ygacha ko’rmay turganingiz maqulmidi… Menga yoqmasachi?-...

Shayton aralashdi

Rivoyat qilinishicha, bir kishi hazrati Abu Bakr Siddiqni haqorat qildi. Payg‘ambar alayhissalom ham o‘sha joyda edilar. U zot bo‘layotgan voqeadan ajablanib, hatto tabassum ham qildilar......

Ikki Sevishgan

O'tkan zamonlarning brida bir gozal va jozibali qiz bolgan ekan u qizga bir oq kongili mexribon yigit oshiq bolipdi qiz xam bolani yoqtirip qolipdi oradan yilar o'ti ayni yoz chilasi ikki sevishganlar kata suv xavzasi yonidan o'tishardi shu payt qizning xayoliga ; ilxom akam meni rostan xam sevarmikin o'zi sinap korish kerak dep xudi tasodifan...

ONAM KIMGA KERAK..? [Hikoya]

To'yxonada Kelin b.n kuyov baxtiyor ,orzular b.n o'tirishar. Davrada esa kugovni onasi chiqib o'ynardi. Tanish biliw ,el yurt ,qari.dowlar chiqib kuyovni onasiga qistir,qistir qilar. Xammani nazarida turardi. Onaxon yarim soatlarcha o'ynadi....

Fikr qo'shish