Tushlaringda meni kutib tur sog'inch haqida she'r

Tushlaringda meni kutib tur

Kechalari oy allalaydi
Yulduzlardan tumorlar taqib.
Tushlarimga koʻp moʻralaydi
Goʻzal qizlar qoshlarin qoqib.

Tong chogʻida uygʻotar sabo,
Sekingina sochim siypalab.
Shundanmikin, ayting, doʻstlarim,
Tugʻilaman har kun ertalab.

Quyosh meni sevadi juda,
Boshim uzra nurin sochadi.
Gul parilar shirin uyquda
Tushlarimni olib qochadi.

Tush oʻgʻrisi, ey goʻzal pari,
Kiprigingda sevgim oʻynama.
Sen tomonga borganim sari
Yiroq ketib, jonni qiynama.

Koʻzing qaro, yigʻlab yurmagin,
Chap koʻksimga kiprik tigʻin ur.
Kunduzlari izlab yurmagin,
Tushlaringda meni kutib tur.

Humoyun Quvondiqov



Izohlar 1

Офлайн
Mahmud
Mahmud 25 апреля 2019 14:22
Ijodisga omad dust

Fikr qo'shish