Niyatim amalga oshganidan afsusdaman


Yaratgan sizga farzand ato etadi, biroq uning jinsini siz rejalashtirolmaysiz, xatto u sog'lom tug'iladimi-yo'qmi, buniyam bilish mushkul masala. Atrofga nazar tashlab, butkul soppa-sog' odamlar xam nogiron, biron joyi kemtik farzandlar ko'rishganining guvoxi bo'lganman. Bunga balki qandaydir sabablarni ro'kach qilib ko'rsatish mumkindir (masalan, yaqin qarindoshlar orasidagi nikox, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish va boshqalar), biroq o'z misolimda bularning xech birini ko'rsata olmayman. Shunchaki men boshidan niyatni noto'g'ri qildim, butun so'rash o'rniga kemtik so'radim, Yaratgan xam so'raganimni berdi, niyatim amalga oshdi, lekin bundan menga yahshi bo'lgani yo'q, aksincha, dardim ko'paydi, tashvishim ortdi. Ex, qani edi, vaqtni ortga qaytarishning iloji bo'lganda, balki bari boshqacha bo'larmidi?
To'rt nafar qizim bor, bir-biridan shirin, aqlli, zukko qizaloqlar onasiman. Ulardan nolishga xaqqim yo'q. Lekin tan olaman, xech bir qizim tug'ilganda hursand bo'lmaganman, “yana qizmi, nega yana qiz tug'ildi?”, deb xo'ngrab yig'laganlarim yodimda. O'g'il tug'ib, kerilib yotgan xamhonalarimga xam xavas, xam xasad bilan qaraganlarim esimda. “Nega ular o'g'il tug'ishadi, mening esa bu borada omadim chopmay, mudom qiz tug'averaman, ulardan qanday kam joyim bor, nega Allox menga nisbatan bunaqa noxaqlik qilaveradi?”, deb o'ylardim. Aslida, erim biron marta menga ortiqcha gap aytmagan, nega qiz tug'ding, deb ta'na xam qilmagan. Eganimiz oldimizda, emaganimiz ketimizda, biron nimaga zoriqtirmagan, qizlarimga yahshi qarar, yahshi kiyintirar, ularga mexr berardi. Xamma gap menda edi, qizlarimga qarab turib, faqat Hudoga nola qilardim: ”Ey, Hudo mengayam o'g'il ber, mayli, u biron nuqsoni bilan tug'ilsin, mayli, uning biron yeri kam bo'lsin, nogiron bo'lsayam mayli, faqat o'g'il bola bo'lsa, bas”, derdim. Xozir bu aytgan gaplarimdan nechog'lik pushaymonligimni bilsangiz edi. O'shanda bu gaplarning moxiyatini anglamagan bo'lsam kerak, shunchaki til uchida aytib qo'yganman, azbaroyi o'g'illik bo'lishni qattiq hoxlaganimdan og'zimdan chiqayotgan so'zlarga e'tibor bermaganman, men qiz emas, o'g'illik bo'lishni juda istaganimdan, shunday deganman. Lekin niyat qildingmi, uni butun qilish kerakligini o'ylamabman. Bu gapning amalga oshishi mumkinligiga ishonmabman.
Hullas, tezda to'qqiz oy xam o'tib, bola tug'iladigan vaqt keldi. “O'g'il” degan hitobni eshitishim bilan, o'zimda yo'q hursand bo'lib baqirib yubordim. Shunaqayam hursand bo'lganmanki, buni so'z bilan ifodalab bera olmayman. Necha yillik orzuim nixoyat ushaldi, men o'g'illik bo'ldim.
Chaqaloqni dabdaba bilan tug'ruqhonadan olib chiqdik, xamma bahtiyor, xamma hursand.
Bola ikki oylik bo'lguniga qadar xech bir o'zgarish sezganimiz yo'q. Uni ilk tekshiruvga olib chiqqanimda, shifokor o'z shubxalarini aytdi, tekshiruvga jo'natdi.
Ex, bolam tug'ma falaj bo'lib tug'ilgan ekan, uni ko'rsatmagan do'htirlarimiz, olib bormagan tabibu, shifohonalarimiz qolmadi, xamma tuzatamiz, qo'ldan kelgancha xarakat qilamiz, deydi-yu, biron bir o'zgarish sezilmaydi. Shu tariqa o'g'limiz katta bo'la boshladi. U bilan birga tashvishlarimiz ortdi, yugur-yugurlarimiz ko'paydi.
Unga nogironlar aravachasini olib berib, uzzukun dam qizlarim, dam men parvarishlaymiz, chunki unga mudom e'tibor kerak...
O'g'illik bo'lishni orzu qilgandim, Allox menga o'g'il berdi, lekin o'zim istagandek, kam-ko'sti, kemtigi bilan berdi. O'z niyatimga yarashasini oldim, endi dardimni kimgayam aytardim. Men o'z bahtsizligimni o'zim so'rab oldim.