Ekler tayyorlash resepti - shirinlikning klassik varianti, uy sharoitida pishirish

Ekler tayyorlash resepti - shirinlikning klassik varianti, uy sharoitida pishirish
Ekler tayyorlash resepti - shirinlikning klassik varianti, uy sharoitida pishirish


Ekler – fransuzcha desert, qaynatma xamirdan tayyorlanadigan yumshoq shirinlik. Ko’pincha nachinka sifatida qaynatma krem ishlatiladi, biroq o’zgacha ta’mlarni xush ko’radiganlar uchun maqolada shuningdek pishloq va tvorogdan tayyorlanadigan krem turlari ham keltirib o’tiladi.

EKLER UCHUN QAYNATMA XAMIR
Kerakli masalliqlar:

Un – 1 stakan
Suv – 1 stakan
Tuxum – 4 ta
Sariyog’ – 150 g
Tuz – yarim choy qoshiq.
Tayyorlanishi:

Idishga suv quyiladi va qaynatiladi. Tuz, sariyog’ qo’shib aralashtiriladi va yana qaynashgacha olib boriladi. So’ng olov pasaytiriladi va kichik qismlar bilan un solib, aralashtirishda davom etiladi, keyin idish olovdan olinadi. Xamir sovugach, tuxum qo’shib (bittalab), yaxshilab aralashtiriladi.
Protiven yog’lab olinadi va qandolat xaltachasi yoki namlab olingan qoshiq yordamida uzunchoq qilib xamir quyib chiqiladi. Har biri orasida kamida 2 sm dan joy qolishi kerak, chunki pishish davomida ularning hajmi kattalashadi.

Ekler oldindan 200 °C gacha qizdirilgan pechda 30 daqiqa davomida pishiriladi. Pishiriq xamiri yaxshiroq ko’tarilishi uchun pech tubiga idishda suv qo’yish kerak. Ularning yuzasi biroz qizargach, pechdan darhol chiqarib olinadi.
Qaynatma xamirli eklerlar tayyor, endigi navbat ularni krem bilan to’ldirish.
EKLER UCHUN KREM RETSEPTLARI
QAYNATMA KREM TAYYORLASH
Kerakli masalliqlar:

Tuxum – 1 ta
Shakar – 1,5 stakan
Sut – 0,5 litr
Kraxmal – 2 osh qoshiq
Un – 2 osh qoshiq
Sariyog’ – 100 g
Vanillin – ta’bga ko’ra.
Tayyorlanishi

Idishda sut, tuxum va shakar aralashtiriladi, so’ng olovga qo’yiladi. Alohida idishda ozroq miqdorda sutda kraxmal va un aralashtirib olinadi, bunda barchasi yaxshi erib, bir xil massa hosil qilish kerak. Sut qaynay boshlagach, aralashma sutga qo’shiladi, olov pasaytiriladi va tinimsiz aralashtirib turgan holda qaynaguncha kutiladi.
Massa quyuqlashganda, idish olovdan olinadi. Krem biroz sovutiladi, so’ng vanilin va sariyog’ qo’shiladi, yaxshilab aralashtiriladi yoki mikser bilan uriladi. Eklerning kremi tayyor!
Ingichka uchli qandolat xaltachasi yordamida pishiriqning pastki yoki yon tomoning ikki joyidan teshib, krem bilan to’ldiriladi. Tayyor shirinlikni ustidan shakar upasi sepib yoki glazur quyib, dasturxonga tortiq qilish mumkin.
TVOROGLI KREM
Kerakli masalliqlar:

Tvorog – 200 g
Shakar – 1 stakan
Qaymoq – 200 ml
Vanilin.
Tayyorlash:

Bir xil massa hosil bo’lguncha tvorog va shakar qaymoq qo’shib ezib aralashtiriladi. Vanilin qo’shiladi, mikser bilan urib biroz ko’pirtiriladi. Krem tayyor. Yuqoridagi usul kabi pishiriq ichiga kiritiladi.

PISHLOQLI KREM
Kerakli masalliqlar:

“Mascarpone” pishlog’i – 250 g
Shakar upasi – 120 g
20-22% yog’li qaymoq – 100 ml.
Tayyorlanishi

Pishloq, shakar va qaymoq mikser bilan yaxshilab aralashtiriladi va sovutgichga qo’yiladi. Biroz sovugach, eklerlar ichiga solinadi.

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Tvorogli zapekanka

Tvorogni hushlamaydigan bolajonlar uchun ajoyib tanlov. Nafaqat bolajonlar balki, kattalar uchun ham juda ma'qul bo'ladi. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Nozik va mazali ushbu zapekankani yaqinlaringiz uchun tayyorlang!...

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Nozik tvorogli tort

Nomiga munosib nozik va mazali tort! Tez tayyorlanishi va natijasi bilan sizni hayratda qoldirishi turgan gap. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Tez orada mexmon kutishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz albatta ushbu tortni tayyorlang!...

Pryanik tayyorlash retsepti - qatiq asosli xamirdan pishirish varianti, usullari

Pryanik – uzoq vaqt davomida mashhur bo’lgan rus shirinligi. Ular nafaqat bayramlarda dasturxonga tortiq qilish, balki tug’ilgan kun, to’ylar uchun sovg’a, shuningdek yangil yil archasini bezatish uchun ham tayyorlangan. Prayniklar Pryaniklar turlicha bo’ladi – zuvalali, bosma va kesma. Keling, qatiq asosida uy sharoitida pryanik pishirishni...

Pirog tayyorlash - retsepti, sirlari, oddiy va mazali piroglar pishirish usullari, qadamlar

Pirog – bu odatda nachinkasi bo’lgan xamirli pishiriqdir. Uning ochiq va yopiq turi mavjud: ochiq turdagisida nachinka xamir ustida tursa, yopiq turdagisida nachinka xamir ichida bo’ladi. Mazali piroglar tayyorlashning ko’plab retseptlari mavjud: olmali, limonli, murabboli, go’shtli, qatiqli pirog va ko’plab boshqa turdagilar. Agar sizni oddiy...

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Krem tayyorlash retsepti - tort uchun qaymoqli, tuxumli, zavarnoy va sariyog'li

Kremsiz an’anaviy tortni tasavvur qilish qiyin. Mazali krem ​​har doim tortning asosiga urg’u beradi, xoh u biskvit, qumoq yoki boshqa hamir turidan tayyorlangan bo’lsin. Quyida sizga tort uchun 5 ta eng ajoyib kremlar retsepti havola etiladi....

Medovik tort tayyorlash: retsepti, usullari, sirlari, uy sharoitida qanday pishirish kerak

Medovik retsepti (medoviy tort, rus. медовый торт – asalli tort) taxminan 200 yil oldin, imperator Aleksandr I ning oshpazi uning xotini uchun ajoyib shirinliklar tayyorlaganida paydo bo’lgan. Kulinarning nomi tarixda saqlanib qolmagan, ammo ruscha medovik torti qandolatchilik san’ati klassikasiga aylandi. Hozirgi kunda mazali asalli tortning juda...

Fikr qo'shish