Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli
Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli


Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin.

Vaflya tayyorlashda uning qanday bo’lishi margarinning qo’shilishiga bog’liq. Agar xamirga biroz yumshagan margarin qo’shilsa, pishiriq juda qarsildoq va nozik bo’ladi. Agar u zichroq bo’lishini istasangiz, u holda margarinni to’liq eritib qo’shish lozim (mos ravishda un ham biroz ko’proq qo’shiladi). Ikkala holatda ham pishiriqning mazasi bir xil chiqadi.

VAFLI TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 10
Kerakli masalliqlar:

1 stakan – 250 ml

Un – 1 stakan

Shakar – 1 stakan
Qaymoqli margarin – 200 g
Vanilin – 1 g
Yirikroq tuxum – 4 ta
Tayyorlanishi

Tuxum shakar va vanillin bilan hajmi 2-3 barobarga ko’payguncha va rangi biroz ochlashguncha urib ko’pirtiriladi. Ko’pchilikka shakarni miqdori ko’p ko’rinishi mumkin, lekin uning miqdorini kamaytirmang, aks holda natija ushbu retseptdagidek bo’lmaydi. Vanillin o’rniga qirg’ichdan chiqarilgan limonli yoki apelsin po’stini qo’shish ham mumkin.
Aralashmaga xona haroratida yumshatilgan margarin qo’shiladi. Bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.
Endigi navbatda asta-sekin elagan holda un qo’shiladi va mikserning eng past tezligida aralashtiriladi. Xamirning quyuqligi qaymoqdek bo’lishi kerak. Agar xamir eritilgan margarin qo’shib tayyorlanadigan bo’lsa, bu holda 1,5 stakan un qo’shiladi.


Birinchi vaflini pishirishdan oldin, qurilmaning yoxud tovaning sirti yog’lab olinadi. Bir solganda bir osh qoshiq xamir quyiladi. Vafli esa qurilmaning ko’rsatmalariga binoan pishiriladi. Agar pishiriq yopishib qolaversa, biroz un sepib olish kifoya.


Vaflyalar pishgach, ularni issiqligidayoq darhol trubochka yoki konus qilib o’rash kerak. Pishiriqning egiluvchanligi har soniyada kamayib borishini yodda tuting. Dasturxonga choy yoki qahva bilan tortiq qilinadi. Yoqimli ishtaha!

Bo'g'irsoq

Un o'rtasi ochilib, yog' solinadi. So'ngra kosadagi sho'r suv solinib, hamir qoriladi. Hamir bo'laklarga bo'linib, zuvala xolida tindiriladi. Tingan zuvalalarni uzun tesma xoliga keltirib, bir barmoq qalinligida kesib chiqiladi. Kesilgan bo'lakchalarni uzunasiga qirg'ichga qo'yib, ko'rsatkich barmoq yordamida shakl beriladi. So'ng,...

Momiq shirinligi

Margarin 4 stakan un bilan uqalanadi. Ustiga achitqi solinib, aralashtiriladi. So'ng, sut solinib, yumshoq hamir qoriladi. Tayyor hamir 1 soatga muzlatkichga qo'yiladi....

Turkcha biskvit

Ko'rkam va yumshoq. E'tiboringizga Turk oshxonasining retseptlaridan birini taqdim etamiz. Har qanday tort uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap....

Malina-shokoladli tort

Huddi orzudagidek desert tayyor bo'ladi. Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shokoladli kopkeyk

Hushbo'y va nozik, ular sizni befarq qoldirmaydi! Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kokosli keks

Kakosli keks oson tayyorlaniladigan, ammo juda ham mazali bo’lgan pishiriqlardan biridir! U o’zgacharoq bo’lib pishadi: keksning usti qarsildoq, ichi esa nam va yumshoq, yegandan keyin esa sariyog’ va kakosli ta’m kelib turadi....

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Yong'oq shirinligi

Pardek yengil va juda ham mazali shirinlik! Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallovchi shirinlik. Yaqinlaringiz uchun ushbu shirinlikni tayyorlang va hushkayfiyat ulashing....

O'zbekcha Paxlava

E'tiboringizga mashhur Sharq shirinligi retseptini taqdim etamiz. Juda ham mazali bo'lgan shirinlik hattoki shirinlikni hushlamaydiganlarning e'tiboridan ham chetda qolmasligi aniq. Ushbu shirinlik kechki ovqatdan so'ng shak-shubxasiz desert o'rnini egallashi turgan gap....

Limonli muzqaymoq

Oramizda muzqaymoqni hush ko'rmaydigan kishining o'zi bo'lmasa kerak. Shu bois bugun e'tiboringizga hushbo'y va nozik muzqaymoq retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi ko'p vaqtingizni olmaydi. Biroq, natijada sizga va yaqinlaringizga bir olam quvonch ulashishi turgan gap....

Fikr qo'shish