Kartoshkali bo'g'irsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto

Kartoshkali bo'g'irsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto
Kartoshkali bo'g'irsoq (pirojki) tayyorlash resepti - sirlari, tavsiyalar, +foto


Qovurma kartoshkali bo’g’irsoq (pirojki) resepti juda oson va tayyorlash uchun oz vaqt talab qiladi. O’z yaqinlaringizni mazali pishiriq bilan siylang. Axir, issiqqina kartoshkali bo’g’risoq juda mazali, ayniqsa sous bilan tortiq qilinganda.

KARTOSHKALI BO’G’IRSOQ TAYYORLASH RESEPTI
Tayyorlash vaqti: 2,5 soat | Portsiyalar soni: 8
KERAKLI MASALLIQLAR
Xamiri uchun:

Un – 0,5 kg
Kefir yoki smetana – 1 stakan
Tuxum – 1 dona
Iste’mol sodasi – 1/3 choy qoshiq
Tuz – 1/3 choy qoshiq
Sariyog’ yoki margarin – 50 g (ta’bga ko’ra)
Nachinkasi uchun:

Kartoshka – 3 dona
Piyoz – 1-2 dona
O’simlik moyi – 4 osh qoshiq
Ta’bga ko’ra tuz, qalampir
TAYYORLASH BOSQICHLARI
Nachinkasi:

Avvalo pirojkining nachinkasi tayyorlab olinadi. Uchta kartoshka tuzli suvda qaynatishga qo’yiladi. Ikkita piyoz yupqaroq halqa qilib to’g’raladi, 4 osh qoshiq o’simlik moyida yumshaguncha qovurib olinadi.

Pishgan kartoshka eziladi, zarur bo’lsa, biroz qaynoq suv qo’shiladi (nachinka quruq bo’lmasligi uchun).
Kartoshkaga qovurilgan piyoz va 30 gramm sariyog qo’shiladi. Tuzi rostlanadi, ta’bga ko’ra qalampir qo’shiladi. Nachinka tayyor.
Xamiri:

Idishga 1 stakan qatiq yoki smetana, 1/3 choy qoshiqdan iste’mol sodasi va tuz, 1 ta tuxum qo’shiladi va aralashtirib olinadi. Asta-sekin un qo’shgan qolda yumshoq xamir qoriladi.
Xamir tayyor bo’lgach, darhol uni kesib olish kerak. Smetana yoki qatiq tarkibidagi kislota iste’mol sodasi bilan reaktsiyaga kirishib, karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi, xamir uzoq muddat qorilsa, u havoga uchib ketib qolishi mumkin. Natjiada xamir zich bo’lib qoladi, bu esa eng kerak bo’lmagan holat.

Tayyor xamir ikkiga bo’linadi, har bir bo’lak uzunchoq qilib olinadi va 10 ta bo’lakka bo’linadi.


Har bir bo’lakcha qalinligi taxminan 2 mm qilib aylana shaklida yoyiladi, o’rtasiga bir yarim osh qoshiq nachinka qo’yiladi. Chetlari qayiqcha shaklida qilib birlashtiriladi va yaxshilab qisib chiqiladi.


O’rtacha balandlikda bo’lgan olovda, o’simlik moyida bo’g’irsoqlar har ikki tomonidan jigarrang qobiq hosil bo’lgunicha qovurib olinadi. Pishirish davomida tovadagi moy balandligi bo’g’irsoqlarni yarimigacha bo’lishi kerak.
Tayyor bo’lgan bo’g’irsoqlar qog’oz salfetkaga qo’yiladi, ortiqcha yog’i shimilgach, likopchaga solib, dasturxonga issiqligida tortiq qilinadi. Yoqimli ishtaha!
TAVSIYALAR
Agar nachinkaga maydalangan ko’katlar qo’shilsa, uning ko’rinishi ham, mazasi ham ajoyib bo’ladi.
Xohishga ko’ra bo’g’irsoqlarni achitqili xamirdan tayyorlash ham mumkin.
Dasturxonga pomidor va sarimsoq aralashmasidan iboat sous bilan tortiq qilish mumkin.

Grechka palov

Xamma masalliqlar keraklicha hajmda maydalab to'g'raladi. Qizib turgan qozondagi yog'ga piyoz solib, novvot rang bo'lgunicha qovuriladi. So'ng go'sht solinadi. Biroz qovurilgach, pomidor solinadi. Yana birozdan so'ng kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyog' va ko'kat ketma-ket solinib, qovuriladi. Tuzi rostlanib, suv solinadi.......

Gulkaram qovurma

Gulkaramning gul shohlarini o'zagidan ajratib olinadi. Masalliqni sovuq suvda bir-ikki chayqab olingandan so'ng qaynab turgan tuzli suvga solib qaynatib olinadi. Yarim tayyor karamni dog'langan dumba yog'ida piyoz bilan birga qovurib pishiriladi. Taomni dasturhonga likopchalarda tortiladi....

Tok do'lma

Guruch tozalanib, yuviladi. Piyozning 3 dan 2 qismi mayda to'g'raladi. Qiyma go'sh, guruch, to'g'ralgan piyoz, ziravorlar qo'shib qiyma qilamiz. Agar tok barglari tuzlangan (konservalangan) bo'lsa, muzdek suvda yahshilab yuviladi. Barra (yangi) tok barglari bo'lsa, issiq suvga yumshagunicha solinadi. Barglarni teskari tomoniga qiyma qo'yib...

Saryog'li nozik seld gazagi

Mo'jizaviy gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pirog "Sabzavotlar savatchasi"

E'tiboringizga vitaminlarga boy va mazali pirogni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Norin tayyorlash - retsepti, usullari, sirlari, kerakli masalliqlar, xamiri va go'shti

Norin bu somoncha qilib kesilgan go’sht va maxsus xamir, piyoz, murch aralashmasi va xushbo’y bulyon bilan tortiladigan juda mazali taomdir. Uni tayyorlash uchun an’anaviy tarzda qo’y yoki ot go’shtidan tayyorlangan bulyon va ishlatilishi shart bo’lgan masalliq – qazidan foydalaniladi. Xo’sh, norin qanday tayyorlanadi?...

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Xonaki suharik

Ko'pchiligimizga ma'lum, xozirda do'konlarda turli ta'mli non suhariklari (kirieshkalar) sotiladi. Bolalarimiz ularni yahshi ko'rib iste'mol qilishadi. Lekin ularning xajmi kam. Bolalarimiz 1-2 qutisiga tuyishmaydi. Farzandlarimizni yanada hursand qilish uchun biz suhariklarni uy sharoitida tayyorlaymiz.....

Chuchvara

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 tuhum ta qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo'yiladi. Qozonga suv solinib gazga qo'yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to'g'ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi....

Tuxumli buterbrod

Ajoyib va juda ham mazali! Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tez tayyorlanishi bilan birga chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish