Shokolad tayyorlash resepti - sut va kakaodan oddiy shirinlik, bosqichlari + foto

Shokolad tayyorlash resepti - sut va kakaodan oddiy shirinlik, bosqichlari + foto
Shokolad tayyorlash resepti - sut va kakaodan oddiy shirinlik, bosqichlari + foto


Aslida uy sharoitida haqiqiy shokolad tayyorlash oson vazifa emas. Axir, shokoladning muhim tarkibiy qismi bo’lgan kakao yog’ini har qanday do’kondan xarid qilib bo’lmaydi.

Ammo, boshqa tomondan, ba’zi mahsulot va fantaziya qilib, haqiqiy bo’lmasa ham, shu kabi ajoyib va mazali shokoladli shirinliklarni yaratish mumkin. Bundan tashqari, uni tayyorlash jarayoni sizga ko’plab zavq baxsh etadi.

UY SHAROITIDA ODDIY SHOKOLAD TAYYORLASH RESEPTI
Tayyorlash vaqti: 2 soat | Portsiyalar soni: 4
Kerakli masalliqlar:


Kakao kukuni – 5 osh qoshiq
Shakar – 2 osh qoshiq
Sariyog’ – 50 g
Un – 1 choy qoshiq
Sut – 200 ml
Tayyorlanishi:

Sutni past olovda isitgan holda (qaynatmasdan) unga shakar, un va kakao kukuni qo’shiladi.
Keyin sariyog’ suv hammomida eritiladi, sutga qo’shiladi va barchasi yaxshilab aralashtiriladi.
Aralashma bir qaynatib olinadi, agar juda quyuq bo’lib ketsa, yana ozroq sut qo’shish mumkin. Shundan so’ng yana bir necha daqiqa davomida juda past olovda qoldiriladi.
Sutli shokolad shakllarga quyiladi, muzlatgichda bir necha soat sovutiladi! Oddiy shokolad tayyor.
Shuningdek unga ta’bga ko’ra maydalangan bodom, quritilgan mevalar ham qo’shish mumkin.

Bu resept bo’yicha tayyorlangan shokolad asosan tortlarni bezatish uchun ishlatiladi, biroq uni choy bilan dasturxonga tortiq ham mumkin.

Hali issiq bo’lgan shokoladni solish uchun muz uchun shaklga yoki 1 sm balandlikdagi yassi idishga yoyish mumkin. Sovigach, u kichik kvadratlar yoki to’rtburchak shaklida kesib olinadi. Yoqimli ishtaha!

Kokos-bananli keks

Yaqinlaringizni hushbo'y va mazali shirinlik bilan mexmon qilmoqchimisiz? U holda e'tiboringizga nozik va mazali keks retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi juda ham oddiy. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Margaritka shirinligi

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuhum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi....

Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi....

Keks tayyorlash - retsepti, usullari, oddiy keks pishirish uchun kerakli masalliqlar

Keks deb biskvitli yoki xamirturushli xamiridan tayyorlangan shirin qandolat pishirig’iga ataladi. Kekslar tayyorlash usui qadimgi Rimda ham ma’lum bo’lgan, ammo bu pishiriq O’rta asrlarda mashhurlik yig’a boshladi. XVI asrdan boshlab keks Evropa bo’ylab keng tarqaldi. Ko’pgina mamlakatlarda ushbu pishiriq to’y, Rojdestvo va Pasxaga...

Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar

Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng mashhur piroglar retseptini ko’rib chiqamiz....

Lasos kremli rulet

Noan'anaviy va nozik gazak. Mexmonlarni lol qoldiruvchi va dasturxonda o'zining yorqin o'rnini egallovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shokoladli pirog

Kakao, shakar, un, korica va razrihlitel' aralashtiriladi. Tuhum, qatiq, shakar, choy sodasi bilan atalanadi. Ikkisi bir-biriga qo'shilib, hamir qoriladi. Tayyor massani 2ga bo'lib, yog'langan listga qo'l yordamida yoyib chiqiladi. So'ng, oldindan qizdirilgan duhovkada o'rtacha olovda 15-20 daqiqa pishiriladi. Tayyor korjlar orasiga krem surtib,...

Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort

Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Shuningdek, kechki ovqatdan so'ng ham nozik desert o'rnini egallashi mumkin. Tayyorlanishi oddiy bo'lgan tort dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq....

Yong'oq shirinligi

Pardek yengil va juda ham mazali shirinlik! Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallovchi shirinlik. Yaqinlaringiz uchun ushbu shirinlikni tayyorlang va hushkayfiyat ulashing....

Rogalik tayyorlash-retsepti, usullari, xamiri va asos turlari, tavsiyalar

Mazali rogaliklar tayyorlash usullari ko’p va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi retsept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni asos bilan yoki asossiz tayyorlash mumkin. Asos sifatida yong’oq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa bo’ladi....

Fikr qo'shish