Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari

Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari
Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari


Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning resepti keltiriladi.

PISHLOQ TAYYORLASH RESEPTI
Tayyolash vaqti: 1 soat
Kerakli masalliqlar:

Sut – 1 litr (2,5 – 6 % yog’li);
Tvorog – 1 kg;
Sariyog’ – 100g;
Tuxum – 1 ta;
Iste’mol sodasi – 1 choy qoshiq;
Tuz – 1 choy qoshiq (to’ldirmasdan).
Tayyorlanishi:

Sut qaynashgacha olib boriladi. So’ng unga tvorog qo’shiladi va yana 3 daqiqa qaynatiladi.


Hosil bo’lgan massa doka matoga solib, zardobi chiqarib tashlanadi. U tomchilamay qo’ysa, majburlab qisib chiqarish kerak emas, shu holatning o’zi yetarli.

Idishda sariyog’ eritib olinadi, so’ng unga iste’mol sodasi va tuz qo’shiladi.
Erigan sariyog’ga tvorog qo’shiladi va 5 daqiqa davomida aralashtirib turgan holda past olovda qaynatiladi.
Alohida idishda tuxum urib aralashtirib olinadi va tvorogga qo’shiladi, barchasi yaxshilab aralashtiriladi. So’ng idish olovdan olinadi, biroz sovutiladi.
Hosil bo’lgan massa idishga solinadi va 3-4 soatga sovutgichga qo’yiladi. Pishloq tayyor.
Ta’bga ko’ra uy sharoitida tayyorlanadigan pishloqqa ko’katlar va biroz miqdorda maydalangan sarimsoq qo’shish ham mumkin.

Toshkentcha osh (palov)

Qozonga yog' solinadi. Va u qizigach, go'sht solinib, qizargunicha qovuriladi. Ustiga to'g'ralgan piyoz solib, uni xam qizargunicha qovuriladi. Oshni rangi piyozni qovurilishiga qarab o'zgaradi. Agar siz oqishroq oshni xoxlasangiz, piyozni ko'p qizartirib qovurmang. Agar piyozni go'sht rangiga yaqin qizartirib qovursangiz, osh qizil tusda bo'ladi....

Qorin rulet

Yuvib, tozalangan qorin ichki tarafining 1 chetiga go'sht, sabzi, sarimsoq piyoz, ko'katlar ustma-ust teriladi. Qatlam orasiga ta'bga ko'ra ziravorlar sepiladi. Qorin zich qilib o'ralib, rulet xoliga keltiriladi. O'rama ruletni qattiq kanop yoki ip bilan zichlab boylanadi. Va 4 soat mobaynida qaynatib pishiriladi....

Tuxumli buterbrod

Ajoyib va juda ham mazali! Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Tez tayyorlanishi bilan birga chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Anor mevasining foydali hususiyatlari

Xammamizga ma'lumki kuz kirib kelishi bilan o'lkamizda anor va hurma pishib etiladi. Demak, bu mevalarni iste'mol qilish ayni vaqti. Shu sababli biz, siz azizlarimizga bugun anor mevasining foydali xususiyatlari xaqida va nega uni iste'mol qilish foydali ekanligi borasida to'htalishni lozim topdik....

Moxito tayyorlash retsepti - alkogolsiz, sprayt va mineral suv asosli turlari

Yozning issiq kunlarida alkogolsiz moxito kokteyli chanqoqni qoldirish uchun ajoyib ichimlik sanaladi....

Roll sendvich

Yengil tamaddi uchun ajoyib tanlov! Ajoyib gazak o'rnini ham egallaydi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kabachkili kotletlar.

Kabachkilarni qirg’ichdan chiqaramiz, so’ng tabga ko’ra tuz, murch solib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin un solib bir xilmassa xosil bo’lguncha aralashtiramiz....

Sarimsoq-pishloqli buterbrod

Qarsildoq va hushbo'y, nozik va juda ham mazali! Ertalabki nonushta va kechki ovqat uchun qo'shimcha sifatida juda ham ma'qul bo'ladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    dilnoza
    dilnoza 1 ноября 2020 10:05
    Menga uy sharoitida tayorlanadigan yumshok somsalar bulochkalar xakida malumot bersangizlar.oldindan raxmat

Fikr qo'shish