Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari

Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari
Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari


Tabiiy yogurt – ochlik hissini yaxshi qoldiradigan, qisqa muddatda ozishga yordam beradigan, sog’lom nonushta sifatida xizmat qiladigan ajoyib mahsulotdir.

Agar sochlaringiz jilvasini yo’qotsa, terida toshmalar kuzatilsa, ovqat hazm qilish bilan muammolar bo’lsa yoki shunchaki birinchi, ikkinchi va uchinchisini pishirishga erinadigan bo’lsangiz, uy sharoitida tayyorlanadigan yogurtdan foydalaning.

Mazali tabiiy yogurt tayyorlash texnologiyasi yetarlicha oddiy, buning uchun sizga maxsus uskunalar kerak bo’ladi deb o’ylamang. Barchasi siz tasavvur qilgandan ko’ra ancha oson!

YOGURT TAYYORLASHDA 5 TA MUHIM QOIDALAR
Sutning tarkibida mavjud patogen bakteriyalarni o’ldirish uchun uni qaynatib olish kerak. Hatto pasterizatsiyalangan sutni ham qaynatishgacha olib borish tavsiya etiladi.
Yogurt tayyorlash uchun juda issiq sut ishlatmang, aks holda foydali bakteriyalar nobud bo’ladi. Ideal harorat +38 °C…+40 °C, ya’ni iliqdan biroz yuqori.

Ishlatiladigan barcha oshxona buyumlari va idishlarni qaynoq suvda chayib olish kerak.

Xonaki yogurtning quyuqligi va sifatiga sut tarkibidagi yog’ miqdori ta’sir qiladi, shuning uchun optimal varianti yog’i 3.2-3.5% bo’lgani. Ortiqcha vazn olishga e’tibor bermaydiganlar va mazali tabiiy yogurt iste’mol qilishni xohlovchilar 6 foiz yog’li bo’lgan sutdan foydalanishlari mumkin.
Tayyor bo’layotgan mahsulotni chayqatish tavsiya etilmaydi, aks holda uning tuzilmasi buzilib, yogurt tayyor bo’lmay qolmaydi.

TERMOSDA KLASSIK YOGURT TAYYORLASH
Tayyorlash vaqti: 10 soat | Portsiyalar soni: 6
Kerakli masalliqlar:

1 litr sut.
200 g tabiiy yogurt (yorlig’ini diqqat bilan o’rganib chiqing, yogurt yangi bo’lishi kerak).
Tayyorlanishi:

Sutni qaynatib oling va 38-40 °C haroratgacha sovuting.

Termosni qaynoq suv bilan chaying, suvni to’kib tashlang va bug’ chiqib ketgunicha 1-2 daqiqaga qoldiring. Keyin qopqog’ini yoping.
100 ml sutni yogurt bilan qo’shib, aralashtiring, shunda hech qanday chala aralashmalar bo’lmaydi.
Aralashmani qolgan sutga qo’shing va aralashtiring.

Olingan aralashmani termosga quying, qopqog’ini yoping va 6-8 soat davomida qoldiring.
Tayyor yogurtni kichik idishlarga solib, yana 8 soat sovutgichda qoldiring.

YUNONCHA (GREKCHA) YOGURT

Yunon yogurti an’anaviy yogurtdan nafaqat quyuqligi, balki tayyorlanishi bilan ham farq qiladi. An’anaviy yogurtdan farqli o’laroq, tayyor bo’lgach, u doka yoki qog’ozli filtrga solib, ortiqcha zardobidan xalos etiladi.

Soddaroq qilib aytganda, bu o’zimizning suzma kabi tayyorlanadi, yagona farqi – qay turdagi achitqi ishlatilishida.

Kerakli masalliqlar:

1 litr sut.
200 gramm tabiiy yogurt.
Tayyorlanishi:

Sut qaynatib oliandi va 40 ˚C ga qadar sovutiladi.
Yugurt oz miqdordagi sutda suyultirib olinadi.
Suyultirilgan yogurt kastryulkadagi qolgan sutga qo’shiladi. Qopqog’i yopiladi va qalin sochiq yoki yoping’ich bilan o’raladi.
Idish 6-7 soat davomida iliq joyda qoldiriladi, so’ng sovutgichga qo’yib, sovutib olinadi. Bu vaqtda idishni silkitmaslik yoki sutni aralashtirmaslik kerak!

Doka bir necha qavat qilib qatlanadi va unga ehtiyotkorlik bilan hosil bo’lgan yogurt quyiladi. Doka zich qilib yopiladi va yogurtning zardobi chiqib ketmaguncha osilgan holda qoldiriladi. Natijada 400-450 g tabiiy yunoncha yogurt paydo bo’lishi kerak.

MEVALI YOGURT RESEPTI
Oddiy yogurtning ta’mi sizga xush kelmasa, mevalardan mazali va kaloriyasi past bo’lgan yogurt tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun multivarka yoki pech kerak bo’ladi.

Kerakli masalliqlar:

1 litr sut.
200 g tabiiy yogurt.
200 g meva yoki rezavorlar.
Tayyorlash usuli:

Portsion idishchalarni qaynoq suv bilan chayib, mikroto’lqinli pech yoki pechda qurutib oling.
Mevalarni po’stlo’gini archib oling va blenderda maydalang. Agar rezavorlardan tayyorlaydigan bo’lsangiz, blenderdan so’ng elak orqali ham o’tkazib oling. Bu ularning kichik donakchalarini ushlab qolish uchun kerak.

Sutni qaynatib oling va 40 darajagacha sovuting. Sutga tabiiy yogurt va mevali massani qo’shing, bir xil bo’lgunga qadar aralashtiring.
Tayyorlangan sutni portsion idishchalarga soling.

Multivarkaning pastki qismida toza mato yoki silikon gilamcha to’shang. Idishlarni ehtiotkorlik bilan multivarkaga joylashtiring, so’ng ularni 1/3 qismini qoplaydigan qilib suv quying.

Yogurt rejimini yoqing. 7-8 soatdan so’ng idishchalarni muzlatgichga qo’ying, yana 6 soatdan so’ng uy sharoitida tayyorlangan yogurt iste’mol qilishga tayyor.

Multivarkada “yogurt” rejimi bo’lmasa, quyidagilarni bajaring:

6-banddacha bo’lgan amallarni bajaring.
Endi multivarkaning qopqog’ini yopib, “Isitish” rejimini 15 daqiqaga yoqing.
15 daqiqadan so’ng, uni 1 soatga o’chirib qo’ying.
Yana 15 daqiqa isiting.

Isitishni o’chiring va yogurtni 3 soatga qoldiring. Butun jarayon davomida multivarkaning qopqog’i yopiq bo’lishi kerak.
Uch soatdan so’ng, yogurt saqlanayotgan idishchalarni 6-8 soat sovutgichga qo’yib oling.

Agar sizda multivarka bo’lmasa, unda bankachalar og’zini folga bilan yopib, duxovkada tayyorlash ham mumkin. Buning uchun dastlab ular 50 ˚C gacha isitilgan duxovkaga qo’yiladi va olov o’chiriladi. Keyin har soatda olov 5-7 daqiqaga yoqib, o’chiriladi. Shu tariqa 6-8 soat davom etiladi. So’ng yuqoridagi kabi sovutgichga qo’yiladi. Yoqimli ishtaha!

Tarvuzli shirin reseptlar

Xozir tarvuz mavsumi juda qizg'in. Mazali poliz ekini barcha bozor, do'kon va ko'cha rastalarini to'ldirib tashladi. Tarvuz harid qilayotib barcha qanday qilib eng shirin va pishgan tarvuz tanlasam ekan deya bosh qotiradi....

Piyozli qatlama

Tuzli suvga hamir qoriladi va tindiriladi. Piyoz artilib, mayda to'g'ralib, eziladi. Hamir yoyilib, ustiga omuhta yog' surtilib, piyoz sepiladi. So'ng hamir o'ralib, rulet xoliga keltiriladi. Ruletlar 3-4 ga bo'linib, kulchalar yasaladi va tindiriladi. Tingan kulchalar tova kattaligiga moslanib, yoyiladi va ozgina yog'da ikki tomoni qizargunicha...

Gulkaram qovurma

Gulkaramning gul shohlarini o'zagidan ajratib olinadi. Masalliqni sovuq suvda bir-ikki chayqab olingandan so'ng qaynab turgan tuzli suvga solib qaynatib olinadi. Yarim tayyor karamni dog'langan dumba yog'ida piyoz bilan birga qovurib pishiriladi. Taomni dasturhonga likopchalarda tortiladi....

Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari

Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning resepti keltiriladi....

Tovuq pishirish retsepti - tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar

Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob topilishi kerakdek tuyuladi. Ammo aksariyat hollarda tovuq tayyorlash ko’nikmalari yuqori bo’lmasligi natijasida go’shtning quruq va qattiq bo’lib pishishi, ichi pishmay qolishi yoki po’sti qirsillamay chiqishi kuzatiladi. Bu holda...

Tuxumli greniki

Ertalabki nonushta uchun uneversal tanlov! Qarsildoq non bo'lagi va nozik asos bir-biriga kirishib, mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun ajoyib yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi hech kimni befarq qoldirmaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qorin rulet

Yuvib, tozalangan qorin ichki tarafining 1 chetiga go'sht, sabzi, sarimsoq piyoz, ko'katlar ustma-ust teriladi. Qatlam orasiga ta'bga ko'ra ziravorlar sepiladi. Qorin zich qilib o'ralib, rulet xoliga keltiriladi. O'rama ruletni qattiq kanop yoki ip bilan zichlab boylanadi. Va 4 soat mobaynida qaynatib pishiriladi....

Gulkaram sho'rva

Mol yoki qo'y go'shtining yog'liroq joyi va suyaklaridan solib, piyoz qo'shib qaynatiladi, so'ngra gulkaramning gul shohlarini o'zagidan ajratib, kubik shaklida to'g'ralgan sabzi bilan birga qaynab turgan sho'rvaga solib pishiriladi. Shuningdek, sho'rvaga parrak qilib to'g'ralgan kartoshka solingandan keyin olovni pasaytirib, 20 minut daqiqa...

Gruzin sousi "Satsebeli"

Satsebeli sousi - Gruzin oshxonasining universal souslaridan biri hisoblanadi. Nega deysizmi? Sababi ushbu sous barcha taomlar bilan iste'mol qilish uchun juda ham ma'qul sous. Ushbu sousni qishki g'amlama sifatida tayyorlash ham mumkin. Juda ham mazali!...

Olot somsa

Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi.  Sho’roq qilib  qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Сардор Найимов
    Сардор Найимов 28 марта 2022 23:25
    Табий йогурт булмаса нима кушиш мумкин.

Fikr qo'shish