Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari

Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari
Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari


Tabiiy yogurt – ochlik hissini yaxshi qoldiradigan, qisqa muddatda ozishga yordam beradigan, sog’lom nonushta sifatida xizmat qiladigan ajoyib mahsulotdir.

Agar sochlaringiz jilvasini yo’qotsa, terida toshmalar kuzatilsa, ovqat hazm qilish bilan muammolar bo’lsa yoki shunchaki birinchi, ikkinchi va uchinchisini pishirishga erinadigan bo’lsangiz, uy sharoitida tayyorlanadigan yogurtdan foydalaning.

Mazali tabiiy yogurt tayyorlash texnologiyasi yetarlicha oddiy, buning uchun sizga maxsus uskunalar kerak bo’ladi deb o’ylamang. Barchasi siz tasavvur qilgandan ko’ra ancha oson!

YOGURT TAYYORLASHDA 5 TA MUHIM QOIDALAR
Sutning tarkibida mavjud patogen bakteriyalarni o’ldirish uchun uni qaynatib olish kerak. Hatto pasterizatsiyalangan sutni ham qaynatishgacha olib borish tavsiya etiladi.
Yogurt tayyorlash uchun juda issiq sut ishlatmang, aks holda foydali bakteriyalar nobud bo’ladi. Ideal harorat +38 °C…+40 °C, ya’ni iliqdan biroz yuqori.

Ishlatiladigan barcha oshxona buyumlari va idishlarni qaynoq suvda chayib olish kerak.

Xonaki yogurtning quyuqligi va sifatiga sut tarkibidagi yog’ miqdori ta’sir qiladi, shuning uchun optimal varianti yog’i 3.2-3.5% bo’lgani. Ortiqcha vazn olishga e’tibor bermaydiganlar va mazali tabiiy yogurt iste’mol qilishni xohlovchilar 6 foiz yog’li bo’lgan sutdan foydalanishlari mumkin.
Tayyor bo’layotgan mahsulotni chayqatish tavsiya etilmaydi, aks holda uning tuzilmasi buzilib, yogurt tayyor bo’lmay qolmaydi.

TERMOSDA KLASSIK YOGURT TAYYORLASH
Tayyorlash vaqti: 10 soat | Portsiyalar soni: 6
Kerakli masalliqlar:

1 litr sut.
200 g tabiiy yogurt (yorlig’ini diqqat bilan o’rganib chiqing, yogurt yangi bo’lishi kerak).
Tayyorlanishi:

Sutni qaynatib oling va 38-40 °C haroratgacha sovuting.

Termosni qaynoq suv bilan chaying, suvni to’kib tashlang va bug’ chiqib ketgunicha 1-2 daqiqaga qoldiring. Keyin qopqog’ini yoping.
100 ml sutni yogurt bilan qo’shib, aralashtiring, shunda hech qanday chala aralashmalar bo’lmaydi.
Aralashmani qolgan sutga qo’shing va aralashtiring.

Olingan aralashmani termosga quying, qopqog’ini yoping va 6-8 soat davomida qoldiring.
Tayyor yogurtni kichik idishlarga solib, yana 8 soat sovutgichda qoldiring.

YUNONCHA (GREKCHA) YOGURT

Yunon yogurti an’anaviy yogurtdan nafaqat quyuqligi, balki tayyorlanishi bilan ham farq qiladi. An’anaviy yogurtdan farqli o’laroq, tayyor bo’lgach, u doka yoki qog’ozli filtrga solib, ortiqcha zardobidan xalos etiladi.

Soddaroq qilib aytganda, bu o’zimizning suzma kabi tayyorlanadi, yagona farqi – qay turdagi achitqi ishlatilishida.

Kerakli masalliqlar:

1 litr sut.
200 gramm tabiiy yogurt.
Tayyorlanishi:

Sut qaynatib oliandi va 40 ˚C ga qadar sovutiladi.
Yugurt oz miqdordagi sutda suyultirib olinadi.
Suyultirilgan yogurt kastryulkadagi qolgan sutga qo’shiladi. Qopqog’i yopiladi va qalin sochiq yoki yoping’ich bilan o’raladi.
Idish 6-7 soat davomida iliq joyda qoldiriladi, so’ng sovutgichga qo’yib, sovutib olinadi. Bu vaqtda idishni silkitmaslik yoki sutni aralashtirmaslik kerak!

Doka bir necha qavat qilib qatlanadi va unga ehtiyotkorlik bilan hosil bo’lgan yogurt quyiladi. Doka zich qilib yopiladi va yogurtning zardobi chiqib ketmaguncha osilgan holda qoldiriladi. Natijada 400-450 g tabiiy yunoncha yogurt paydo bo’lishi kerak.

MEVALI YOGURT RESEPTI
Oddiy yogurtning ta’mi sizga xush kelmasa, mevalardan mazali va kaloriyasi past bo’lgan yogurt tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun multivarka yoki pech kerak bo’ladi.

Kerakli masalliqlar:

1 litr sut.
200 g tabiiy yogurt.
200 g meva yoki rezavorlar.
Tayyorlash usuli:

Portsion idishchalarni qaynoq suv bilan chayib, mikroto’lqinli pech yoki pechda qurutib oling.
Mevalarni po’stlo’gini archib oling va blenderda maydalang. Agar rezavorlardan tayyorlaydigan bo’lsangiz, blenderdan so’ng elak orqali ham o’tkazib oling. Bu ularning kichik donakchalarini ushlab qolish uchun kerak.

Sutni qaynatib oling va 40 darajagacha sovuting. Sutga tabiiy yogurt va mevali massani qo’shing, bir xil bo’lgunga qadar aralashtiring.
Tayyorlangan sutni portsion idishchalarga soling.

Multivarkaning pastki qismida toza mato yoki silikon gilamcha to’shang. Idishlarni ehtiotkorlik bilan multivarkaga joylashtiring, so’ng ularni 1/3 qismini qoplaydigan qilib suv quying.

Yogurt rejimini yoqing. 7-8 soatdan so’ng idishchalarni muzlatgichga qo’ying, yana 6 soatdan so’ng uy sharoitida tayyorlangan yogurt iste’mol qilishga tayyor.

Multivarkada “yogurt” rejimi bo’lmasa, quyidagilarni bajaring:

6-banddacha bo’lgan amallarni bajaring.
Endi multivarkaning qopqog’ini yopib, “Isitish” rejimini 15 daqiqaga yoqing.
15 daqiqadan so’ng, uni 1 soatga o’chirib qo’ying.
Yana 15 daqiqa isiting.

Isitishni o’chiring va yogurtni 3 soatga qoldiring. Butun jarayon davomida multivarkaning qopqog’i yopiq bo’lishi kerak.
Uch soatdan so’ng, yogurt saqlanayotgan idishchalarni 6-8 soat sovutgichga qo’yib oling.

Agar sizda multivarka bo’lmasa, unda bankachalar og’zini folga bilan yopib, duxovkada tayyorlash ham mumkin. Buning uchun dastlab ular 50 ˚C gacha isitilgan duxovkaga qo’yiladi va olov o’chiriladi. Keyin har soatda olov 5-7 daqiqaga yoqib, o’chiriladi. Shu tariqa 6-8 soat davom etiladi. So’ng yuqoridagi kabi sovutgichga qo’yiladi. Yoqimli ishtaha!

"Qarsildoq qayiqchalar" gazagi

Ajoyib va mo'jizaviy taom! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

O'rdakli kanape

Mo'jizaviy gazak! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, o'zgacha lazzatlanish baxtini taqdim etuvchi ta'mni hosil qiladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Saryog'li nozik seld gazagi

Mo'jizaviy gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Teftel sho'rva (dimlama) tayyorlash - resepti, tavsiyalar, bosqichlari + rasm

Bir qarashda, teftel va frikadelkalar bir xildek tuyuladi, lekin ularning farqi bor. Frikadelkalarga albatta yangi non, ko’katlar, ziravorlar qo’shladi va ularni suvda yoki bulyonda qaynatiladi. Teftel go’shtli qiymasiga esa tuxum, piyoz, sabzavotlar qo’shiladi va teftellar dastlab qovuriladi ham. Quyidagi reseptda guruchli teftel sho’rva...

"Julyen" pirogi

Fransuz oshxonasining mashhur taomlaridan biri. Juda ham mazali va nozik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Sarimsoq-pishloqli buterbrod

Qarsildoq va hushbo'y, nozik va juda ham mazali! Ertalabki nonushta va kechki ovqat uchun qo'shimcha sifatida juda ham ma'qul bo'ladi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

KFC tayyorlash retsepti - qanotchalar uchun maxsus masalliqlar, bosiqchlar

KFC tovuq qanotchalari tayyorlash retseptini ko’pchilik bilishni istaydi. Albatta restoran haqiqiy retseptni oshkor etmaydi va ko’pchilik masalliqlar KFC restoranlariga ham yarimfabrikat sifatida keladi. Shu tufayli xohish bo’lganda oshpazlar ham uning sirini bila olishmaydi. Lekin olingan ba’zi ma’lumotlarni qo’llagan holda, haqiqiy KFCga juda...

Gruzin sousi "Satsebeli"

Satsebeli sousi - Gruzin oshxonasining universal souslaridan biri hisoblanadi. Nega deysizmi? Sababi ushbu sous barcha taomlar bilan iste'mol qilish uchun juda ham ma'qul sous. Ushbu sousni qishki g'amlama sifatida tayyorlash ham mumkin. Juda ham mazali!...

Kesma lag'mon

Qozonga 1 cho'mich yog' solinadi. Yog' qizigach, to'g'ralgan piyoz solib, qizargunicha qovuriladi. So'ng, yirik somoncha shaklida to'g'ralgan go'sht solinadi. Go'sht biroz qovurilgach, ustiga to'g'ralgan pomidor solinadi va qovurishda davom etiladi. Pomidor ezilib, yo'q bo'lgach, 1 kosa suv solinadi. Suv qaynab chiqqach, olov pasaytirilib, go'sht...

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Сардор Найимов
    Сардор Найимов 28 марта 2022 23:25
    Табий йогурт булмаса нима кушиш мумкин.

Fikr qo'shish