Rogalik tayyorlash - resepti, usullari, xamiri va nachinkasi turlari, tavsiyalar

Rogalik tayyorlash - resepti, usullari, xamiri va nachinkasi turlari, tavsiyalar
Rogalik tayyorlash - resepti, usullari, xamiri va nachinkasi turlari, tavsiyalar


Mazali rogaliklar tayyorlash usullari ko’p va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi resept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni nachinka bilan yoki nachinkasiz tayyorlash mumkin. Nachinka sifatida yong’oq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa bo’ladi.

ROGALIK TAYYORLASH RESEPTI
Tayyorlash vaqti: 1,5 soat | Portsiyalar soni: 6 (24 dona)
Kerakli masalliqlar:

Un – 3 stakan (400 g);
Smetana – 1 stakan (200 g);
Margarin – 250 g;
Iste’mol sodasi – yarim choy qoshiq;
Shakar upasi.
Tayyorlanishi:

Margarin un bilan birga aralashtirib, uvalanadi.
Smetanaga soda solib, aralashtirib yuboriladi, so’ng xamir va margarin aralashmasiga quyiladi. Aralashmadan xamir qoriladi va u 4 ta zuvalaga ajratib olinadi. 15 daqiqaga sovutgicha qo’yiladi.

Rogalik xamiri sovugach, qalinligi 0,5 sm bo’lgan aylana qilib yoyiladi. Uning diametri taxminan 25-28 sm bo’ladi.

Har bir xamir doirasi 8 bo’lakka bo’linadi. Hosil bo’lgan bo’lakchalarga bir tekis qilib murabbo surtiladi yoki uning eng keng qismiga yong’oqli yoki boshqa qattiq nachinka teriladi.


Endi xamirning keng tomonidan ingichka tomoniga qarata rogalik o’raladi, u biroz taqa shaklida qilib bukiladi.


Protivenga pishirish qog’ozi yoziladi (agar bo’lmasa, margarin bilan yog’lash ham mumkin), ustidan rogaliklar teriladi. Oldindan 190-210 °C gacha qizdirilgan pechda taxminan 30 daqiqa pishiriladi.
Tayyor bo’lgan rogaliklar sovutiladi, so’ng ustidan shakar upasi sepiladi. Pishiriq tayyor, yoqimli ishtaha!
TAVSIYALAR
Rogalikning nachinkasi qurib qolmasligi uchun uning ikki chetini qatlab qo’ying, u ochiq qolmasligi krak. Shuningdek u yopilmasa, suyuqroq murabbo oqib chiqib ketishi ham mumkin.
Xamir yumshoq, shu bilan birga qo’lga yopishmaydigan konsistentsiyada bo’lmog’i lozim.
Imkon bo’lganda, margarin o’rniga sariyog’ ishlatish ham mumkin, bu pishiriqning ta’mini yanada mazali qiladi.
Agar nachinka o’rnida qo’llamoqchi bo’lgan murabbo juda suyuq bo’lsa, unga biroz un qo’shib, aralashtirib yuboring.

Lasos kremli rulet

Noan'anaviy va nozik gazak. Mexmonlarni lol qoldiruvchi va dasturxonda o'zining yorqin o'rnini egallovchi gazak. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga ma'qul bo'ladi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Shokoladli glazur tayyorlash retsepti - bosqichlari, kerakli masalliqlar, tavsiyalar

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Unsiz qovoqli pirog

Bugun qovoqdan tayyorlanadigan ajoyib pirog recepti bilan bo'lishamiz....

Momiq shirinligi

Margarin 4 stakan un bilan uqalanadi. Ustiga achitqi solinib, aralashtiriladi. So'ng, sut solinib, yumshoq hamir qoriladi. Tayyor hamir 1 soatga muzlatkichga qo'yiladi....

Shokoladli glazur

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Tvorogli zapekanka

Tvorogni hushlamaydigan bolajonlar uchun ajoyib tanlov. Nafaqat bolajonlar balki, kattalar uchun ham juda ma'qul bo'ladi. Har qanday dasturxondan o'zining yorqin o'rnini egallaydi. Nozik va mazali ushbu zapekankani yaqinlaringiz uchun tayyorlang!...

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Nyu York chizkeyki

Bayram dasturxoni uchun ajoyib desert! Amerikaliklarning sevimli deserti. Chizkeykning klassik usuli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Vanilinli panna kotta deserti

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Taomnomaga o'zgartirish kiritishning vaqti keldi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bayram dasturxonida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Rogalik tayyorlash-retsepti, usullari, xamiri va asos turlari, tavsiyalar

Mazali rogaliklar tayyorlash usullari ko’p va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi retsept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni asos bilan yoki asossiz tayyorlash mumkin. Asos sifatida yong’oq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa bo’ladi....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    HUSNIGUL
    HUSNIGUL 11 июля 2023 07:26
    Omad yor boʻlsinhammasi zoʻr bolyabdi💋❤️👍👍👍

Fikr qo'shish