Teftel sho'rva (dimlama) tayyorlash - resepti, tavsiyalar, bosqichlari + rasm

Teftel sho'rva (dimlama) tayyorlash - resepti, tavsiyalar, bosqichlari + rasm
Teftel sho'rva (dimlama) tayyorlash - resepti, tavsiyalar, bosqichlari + rasm


Bir qarashda, teftel va frikadelkalar bir xildek tuyuladi, lekin ularning farqi bor. Frikadelkalarga albatta yangi non, ko’katlar, ziravorlar qo’shladi va ularni suvda yoki bulyonda qaynatiladi. Teftel go’shtli qiymasiga esa tuxum, piyoz, sabzavotlar qo’shiladi va teftellar dastlab qovuriladi ham. Quyidagi reseptda guruchli teftel sho’rva tayyorlash usuli batafsil ko’rib chiqiladi.

TEFTEL SHO’RVA TAYYORLASH RESEPTI
Tayyorlash vaqti:  1 soat | Portsiyalar soni: 5
KERAKLI MASALLIQLAR
Teftel uchun:

300 g mol go’shtidan qiyma;
1 ta o’rtacha piyoz;
1 ta tuxum;
1/3 stakan guruch;
Teftellarni belab olish uchun un;
Ta’bga ko’ra tuz, qalampir, murch, quritilgan ko’katlar.
Sho’rvasi uchun:

O’rtacha kattalikdagi sabzi – 1 ta;
Yirikroq kartoshka – 1 ta;
Bulg’or qalampiri – 1 ta;
O’rtacha kattalikdagi piyoz – 1 ta;
Pomidor – 1 ta;
O’simlik moyi;
Ko’katlar, 1-2 dona sarimsoq.
TEFTEL SHO’RVA TAYYORLANISHI

Dastlab sabzavotlarning po’stlo’gini archib olish kerak, shunda faqat ularni to’g’rash qoladi. Birdan olovga taomning sho’rvasi uchun 1,5-2 litr suv ham qo’yish kerak, boshqa bosqichlarni bajarguncha u qaynab turadi.


Qiyma, mayda qilib to’g’ralgan piyoz, 1 ta tuxum va yuvilgan guruch aralashtiriladi. Qiymaning tuzi rostlanadi va ta’bga qarab qalampir qo’shiladi. Qiyma yaxshilab aralashtirilgach, ulardan namlangan qo’llar bilan yong’oqdan biroz katta o’lchamdagi teftellar yasaladi, so’ng barchasi unga belab olinadi.


Teftellar o’simlik moyida bir necha tomonidan qizartirib qovurib olinadi. So’ng ular yog’dan olinib, qaynab turgan suvga tushiriladi.


Tefteldan qolgan yog’ga kichik kubik qilib to’g’ralgan piyoz va ezilgan sarimsoq solinib, tillarang tusga kirguncha qovuriladi. So’ng sabzi kalta, biroz yo’g’onroq somoncha shaklida to’g’raladi, ozroq yumshagunicha piyozga qo’shib qovuriladi. Ketidan to’rtburchak qilib to’g’ralgan bulg’or qalampiri solinadi, u ham qovurish uchun boshqa sabzavotlar solingan tovaga tushiriladi.

Nihoyat sabzavotlarga mayda qilib to’g’ralgan pomidor yoki bir osh qoshiq tomat pastasi solinadi. Yana 3 daqiqa qovurib olinadi. Sho’rvaning qovurdog’i tayyor.

Kartoshka o’rtacha kattalikdagi kubik shaklida to’g’raladi, suvga tefteldan solinganidan keyin 10 daqiqa o’tib qozonga tashlanadi.


5 daqiqadan keyin sho’rvaga qovurilgan sabzavotlar solinadi. Tuzi rostlanadi, ta’bga ko’ra qalampir qo’shiladi. Qozonning qopqog’i yopiladi, 5 daqiqa qaynagach, olov juda past qilinadi va yana kamida yarim soat qaynatiladi.

Mazkur sho’rva juda to’yimli taomdir. Dasturxonga smetana yoki suzma va ko’katlar bilan tortiq qiliadi. Yoqimli ishtaha!

Qozon kabob

O’zbekcha qozon-kabob nima? Qirsillovchi qobiq hosil qilguncha qovurilgan go’sht va o’simlik moyi va go’sht yog’ida tillarang tusga kirguncha qovurilgan kichikroq kartoshka. Go’sht esa oldindan quruq yoki nordon marinadda marinadlangan. Uchta qozon-kabob tayyorlash turi farqlanadi: qo’y, parranda (asosan tovuq) va mol go’shtidan. O’rtacha...

Norin

Norin shoxona taom bo'lib, o'zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo'lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go'shtidan tayyorlash mumkin....

Quymoq

10 ta tuhum idishga chaqiladi, ichiga un, razrihlitel' (qavartma), yog' va ta'bga ko'ra tuz solinadi. Bu xamma massa blenderda yahshilab aralashtiriladi. Duhovka listini yog'lab, ichiga aralashma solinadi.Va uning ustiga parrak qilib to'g'ralgan sosiska kerakli miqdorda solinadi. Bu listni oldindan qizdirilgan duhovka ichiga qo'yiladi. O'rtacha...

Tovuq pishirish retsepti - tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar

Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob topilishi kerakdek tuyuladi. Ammo aksariyat hollarda tovuq tayyorlash ko’nikmalari yuqori bo’lmasligi natijasida go’shtning quruq va qattiq bo’lib pishishi, ichi pishmay qolishi yoki po’sti qirsillamay chiqishi kuzatiladi. Bu holda...

Kesma lag'mon

Qozonga 1 cho'mich yog' solinadi. Yog' qizigach, to'g'ralgan piyoz solib, qizargunicha qovuriladi. So'ng, yirik somoncha shaklida to'g'ralgan go'sht solinadi. Go'sht biroz qovurilgach, ustiga to'g'ralgan pomidor solinadi va qovurishda davom etiladi. Pomidor ezilib, yo'q bo'lgach, 1 kosa suv solinadi. Suv qaynab chiqqach, olov pasaytirilib, go'sht...

Qisqa muddatli parhez

Natija: 3 kunda 2-5 kg vazn tashlash mumkin. Taomnoma: kuniga 1,5 litr yog'siz qatiq bilan kifoyalanish. Agar judayam och qolsangiz, bir nechta nordon mevalardan iste'mol qilishingiz mumkin. Qanday: taomnomada belgilangan qatiq miqdorini 5-6 qismga bo'lib iching. Qulayligi: juda arzon va amal qilishda juda oson. Kamchiligi: faqat kuchli irodaga va...

Ikrali beylgl

Kanada, AQSh davatlarining mashhur va sevimli tamaddilaridan biri. Aslini olib qaraganda tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

"Golapa" gazagi

Hind oshxonasining mashhur va sevimli taomlaridan biri. Juda ham mazali va nozik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallashi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Manti

Idishga unni solib, sho'r suvda hamir qoramiz. Hamir tingunicha qiyma tayyorlaymiz. Go'sht va piyoz mayda kubik to'g'raladi. Ziravorlar solib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir tahlanib, 5 barmoq enligida kesiladi. Xar bir bo'lakka qiyma solib, tugiladi......

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Fikr qo'shish