Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari

Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari
Kartoshkali chips retsepti - uy sharoitida tayyorlash, qovurish, duxovkada pishirish usullari


Kartoshkali chipslar tarixi XIX asrga borib taqaladi, bu taomni amerikalik Djordj Kram tasodifan o’ylab topgan. Zamonaviy pazandalikni ushbu gazaksiz tasavvur etib bo’lmaydi, ayniqsa norasmiy yig’ilishlarda. Shu bilan birga, uy sharoitida chipsi tayyorlash yetarlicha oson vazifa bo’lib, buni har bir kishi eplay oladi. Uni bir necha usulda pishirsa bo’ladi, quyida qanday qilib tayyorlanishi haqida batafsil.

UY SHAROITIDA QOVURDOQ CHIPS TAYYORLASH RETSEPTI

Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa | Portsiyalar soni: 2-3

Kerakli masalliqlar:

Bir nechta yirikroq kartoshka;
O’simlik moyi;
Tuz, ziravorlar.
Tayyorlash:

Kartoshkaning po’stlog’i archiladi va yaxshilab yuviladi.
So’ng u ingichka doirachalarga kesiladi, buni sabzavotlarni archish uchun maxsus pichoq bilan amalga oshirish osonroq. Hozircha doirachalar bitta-bitta olish uchun qulay bo’lgan holda likopchaga teriladi.
Tubi chuqurroq tovaga 2-3 sm balandlikda o’simlik moyi quyiladi va yaxshilab qizdiriladi. Qizigan moyga kartoshka bir-biriga tegmaydigan qilib solinadi, aks holda ular yopishib, qarsildoq bo’lmay qolishi mumkin.

Kartoshkalar tezda qizaradi, shu sababli tayyor bo’lganlarini darhol chiqarib olaverish kerak. So’ng ortiqcha yog’ oqib ketishi uchun alohida idishga solinadi.
Yakunida kartoshkaning yog’ini batamom shimdirib olinish uchun u qog’oz salfetkalarga qo’yib olinadi, ta’bga qarab tuzlanadi.
DUXOVKADA KARTOSHKADAN CHIPS TAYYORLASH
Kerakli masalliqlar:

2 ta yirikroq kartoshka;
O’simlik moyi;
Tuz, murch.
Tayyorlanishi:

Po’stlog’i archilgan va yuvilgan karoshka ingichka qilib kesiladi. Tayyor doirachalar idishga solinadi, tuz, biroz o’simlik moyi va murch sepiladi va ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi.
Protivenga kartoshka plastinkalari bir-biriga tegmaydigan qilib teriladi va oldindan 180 °C gacha qizdirilgan pechga 10-15 daqiqaga qo’yiladi. Ularning kuyib ketmasligini nazorat qilib turish kerak.
Pechdan chiqarib olgach, ortiqcha yog’i bo’lsa, qog’oz salfetka yordamida shimdirib olinadi. Chips tayyor!

Huddi yuqoridagi kabi usulda chipslarni mikroto’lqinli pechda ham tayyorlash mumkin. Buning uchun duxovka o’rniga ular 700-800 W quvvat bilan 3-5 daqiqa pishirib olinadi. So’ng, kartoshkalar teskari qilinadi va yana 2-3 daqiqa pishiriladi.

TAVSIYALAR
Kartoshkaning o’zi yaxshi ta’mga ega, biroq, unga yana qo’shimcha ta’m berish uchun ziravorlar bilan tajriba qilib ko’rish mumkin. Ko’pchilik asosan kartoshkaga tuz bilan birga tayyor sarimsoq kukunidan ham qo’shadi. Quritilgan ko’katlar ham ushbu gazakka ajoyib ta’m ba’gishlaydi.

Agar kartoshka yetarlicha yupqa qilib kesilmasa, bu holda natijada chips emas, oddiy qovurdoq hosil bo’ladi. Ingichka qilib kesish chips tayyorlashning asosiy sirlaridan biri ekanligini unutmang. Dasturxonga achchiq yoki sarimsoqli sous, gazlangan ichimliklar bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Kartoshkali pirojki

Bu usul bilan tayyorlangan pirojkilar barcha oila a'zolari uchun juda ham ma'qul bo'ladi. Mashhur retseptlardan biri. Ushbu retsept taomnomangizdan o'rin olishi turgan gap. Ushbu retsept bo'yicha albatta tayyorlang !...

Sabzavot-tovuqli gril

Mo'jizaviy ta'mga ega gazak! Nozik tovuq, vitaminlarga boy sabzavotlar bu chinakam lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Asosli kroketlar

Ustki qismi qarsildoq, ichi nozik asosli - bu juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Gazak "Nemischa forshmak"

Forshmak so'zi nemischadan olingan bo'lib, gazak degan ma'noni anglatadi. Bu juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari

Tabiiy yogurt – ochlik hissini yaxshi qoldiradigan, qisqa muddatda ozishga yordam beradigan, sog’lom nonushta sifatida xizmat qiladigan ajoyib mahsulotdir....

Ko'za sho'rva

Ko'zalarning ichiga, avval, kerakli bo'laklarga bo'lingan go'sht, sabzi, kartoshka, pomidor, piyoz, sarimsoq piyoz, bulg'or qalampirlari, ko'katlar solinadi va tuzi rostlanadi. Ta'bingizga ko'ra ziravorlar solsa xam bo'ladi. Ustidan, masallliqlarni ko'mgunicha suv solinadi. So'ng, ko'zalar oldindan qizdirilgan gaz duhovkasiga joylashtiriladi....

Pitsa tayyorlash: uy sharoitida, usullari, retsepti, xamiri, masalliqlar, sirlari

“Pitsa” Italiya milliy taomi hisoblanadi. Bugungi kunga kelib bu tansiq ochiq pirogni butun dunyo ahli sevib iste’mol qiladi. Pitsa – bu yumaloq shaklga ega ochiq pirog bo’lib, uni asosini tomatli yoki pomidorli sous va erigan pishloq tashkil etadi. XVII asrda paydo bo’lgan bu taomni hozirgi kunda juda ko’p retseptlari va tayyorlash usullari...

Oddiy va mazzali oson tushlikbob taom.

Qozonga  o’simlik yog’i solib qizdiramiz, so’ng tovuq oyoqlarini solib, qizrguncha qovuramiz. Qizil va yashil bulg’or qalampirlarni tozalab yuvib katta-katta bolaklarga bo’lib qozonga solamiz. Ketidan yarim oy shaklida yirikroq to’g’ralgan piyoz, yirikroq bo’langan sarimsoqpiyoz solinadi va  2-3 daqiqa qovuriladi. So’ng pomidor qaylasi solib, uni...

Choyhona dimlama

Ushbu taom bosh oshpaz Xislat aka boshchiligida erkaklar tomonidan choyhonada tayyorlangan. Taom 15 kishilik. Kartoshka, piyoz, sabzi va sarimsoqpiyoz artilib, biroz suvga solib qo'yiladi. Karam 6-8 bo'lakka bo'linib, orasiga tuz sepib qo'yiladi......

Gulkaram sho'rva

Mol yoki qo'y go'shtining yog'liroq joyi va suyaklaridan solib, piyoz qo'shib qaynatiladi, so'ngra gulkaramning gul shohlarini o'zagidan ajratib, kubik shaklida to'g'ralgan sabzi bilan birga qaynab turgan sho'rvaga solib pishiriladi. Shuningdek, sho'rvaga parrak qilib to'g'ralgan kartoshka solingandan keyin olovni pasaytirib, 20 minut daqiqa...

Fikr qo'shish