Manti tayyorlash retsepti - go'shtli, qovoqli va jag'-jag'li turlari, tavsiyalar

Manti tayyorlash retsepti - go'shtli, qovoqli va jag'-jag'li turlari, tavsiyalar
Manti tayyorlash retsepti - go'shtli, qovoqli va jag'-jag'li turlari, tavsiyalar


Manti – Markaziy Osiyo, Turkiya, Mo’g’uliston va Koreya xalqlarining an’anaviy taomidir. Ushbu taomning ta’mini so’zlar bilan ifodalab bo’lmaydi: bug’da pishirilgan go’sht bilan yupqa xamirning ajoyib kombinatsiyasi. Oshpaz manti tayyorlash sirlarini bilsa, taom og’izda eriydi. Sizning e’tiboringizga taqdim etiladigan retsept hatto eng zamonaviy gurmanlar tomonidan ham ijobiy baholanadi.

Manti an’anaviy tarzda go’shtdan tayyorlanadi, ammo o’zbek oshxonasiga qovoq va jag’-jag’ solib tayyorlangan manti ham begona emas. Maqolada ularning barchasi ko’rib chiqiladi. Dastavval go’shtli turidan boshlasak. Shunday qilib, toshkentcha manti bilan tanishing.

GO’SHTLI MANTI TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1,5 soat | Portisyalar soni: 7 kishiga
KERAKLI MASALLIQLAR
Xamiri uchun:

Oq un – 0,5 kg.
Tuxum – 1 dona.
Tuz – 1 choy qoshiq.
Suv.
Go’shtli qiyma uchun:

Qo’y yoki mol go’shti – 1 kg.
Piyoz – 0,5 kg.
Zira – 1 choy qoshiq.
Murch – 1 choy qoshiq.
Dumba yog’i yoki sariyog’ – 100g.
TAYYORLASH BOSQICHLARI:
1-QADAM
Dastavval xamir qorib olish kerak: idishga 500 g oq un solib, unga bitta tuxum chaqib soling va asta-sekin tuzli suv solib, xamir tayyorlang. So’ng xamirni ustini polietilen yoki sochiq bilan yopiq, 20 daqiqa dam bering.


2-QADAM

Go’shtli manti nachinkasini ikki usulda tayyorlash mumkin: go’shtni to’g’rama qilib yoki qiymalagichdan chiqargan holda.

Go’shtga mayda qilib to’g’ralgan piyoz, murch, zira va biroz tuz qo’shish kerak. Agar to’g’rama usulda tayyorlanadigan bo’lsa, charvi yoki sariyog’ tomonlari 1 sm bo’lgan kubik qilib to’g’raladi va go’shtli aralashmaga solinadi. Barchasi yaxshilab aralashtiriladi.

3-QADAM


Dam olib bo’lgan xamir qalinligi 0,5-1 mm qilib yoyiladi, so’ng tomonlari 10-12 sm bo’lgan kvadrat qilib kesiladi. Har bir kvadratga 1-2 osh qoshiq nachinka qo’yiladi. Xamirning tomonlari dastlab “X”, so’ng yonma-yon qilib birlashtiriladi (quyidagi rasmga qarang).


4-QADAM
Manti maxsus idish – qasqonda pishiriladi. Qasqon biroz yog’lanadi, so’ng orasida 2 sm`dan joy qoldirib mantilar teriladi. Qasqonning suv uchun mo’ljallangan qismiga yarimidan ozroq ziyod qilib to’ldirib suv quyiladi, qaynagach, unga qasqonning manti terilgan lappagi kiydiriladi va taom 45 daqiqa davomida pishiriladi.

QOVOQLI MANTI RETSEPTI
Ushbu turdagi taomning xamiri huddi yuqoridagi kabi tayyorlanadi. Nachinkasi esa boshqacha masalliqlardan iborat, demak:

Kerakli masalliqlar:

Qovoq – 300 g.
Piyoz – 3 dona.
Tuz – 1 choy qoshiq.
Shakar – 2 choy qoshiq.
Murch – 1 choy qoshiq.
Dumba yog’i yoki sariyog’ – 50 g.
Lappakni yog’lash uchun o’simlik moyi.
Tayyorlanishi:

Yuqoridagi retsept bo’yicha xamir tayyorlanadi.
Qovoq po’stidan tozalanadi, so’ng tomonlari 5-6 mm bo’lgan mayda kubik shaklida to’g’raladi. Piyoz ingichka qilib maydalanadi, tuz, shakar va murch qo’shiladi, ta’bga ko’ra yarim choy qoshiq zira qo’shish mumkin. Barchasi yaxshilab aralashtiriladi, so’ng chetga olib turiladi.
Xamir qalinligi 1 mm qilib yoyiladi, 10-12 sm`lik kvadratlarga kesiladi.
Har bir kvadratga 1-2 choy qoshiqdan nachinka qo’yib, yuqorida ko’rsatilganidek tugiladi. So’ng yog’langan lappakka terib, 45 daqiqa davomida pishiriladi.
JAG’-JAG’LI (KO’KDAN) MANTI TAYYORLASH
Ushbu taom turi ayniqsa bahorda ko’p tayyorlanadi. U vitaminlarga boy bo’lib, sovuq qishdan keyin kuchlarni tiklash uchun ayni muddao. Qolaversa, uning ta’mi ham juda ajoyib.

Kerakli masalliqlar:

Jag’-jag’ – 1 kg.
Piyoz – 0,5 kg.
Dumba yog’i – 100 gr.
Tuz – 0,5 osh qoshiq.
Ta’bga ko’ra ziravorlar.
Tayyorlanishi:

Jag’-jag’ oqar suvda yuvib tozalanadi, tomirlari kesib tashlanadi. Imkoni bo’lsa, jag’-jag’ning bir qismini 200 g ismaloq yoki 200 g otquloq yoki har ikkalasing kombinatsiyasi bilan almashtirish mumkin. Taom yanada mazali va vitaminlarga boy bo’ladi.
O’tlar yirik qilib to’g’raladi, mayda qilib to’g’ralgan piyoz va dumba yog’i bilan aralashtirib, tuzi rostlanadi va ta’bga ko’ra ziravor qo’shiladi.
Xamir yuqoridagi retsept bo’yicha tayyorlanadi, 1 mm qalinlikda qilib yoyiladi, kvadrat qilib kesiladi. Unga 1-2 choy qoshiqdan ko’kli nachinka qo’yib, an’anaviy usulda tugiladi.
Yog’langan qasqon lappagiga terilib, 45 daqiqa davomida pishiriladi.
TAVSIYALAR
Ushbu milliy taomni dasturxonga turli qo’shimchalar bilan tortiq qilish mumkin. An’anaga ko’ra bular suyuq suzma, qatiq, piyozdog’ sanaladi. Uni murch bilan birga iste’mol qilish taomning ta’mini yanada mazali qiladi.

Go’shtli mantining yana keng tarqalgan bir varianti – nachinkadagi go’sht ulushining teng yarmini kartoshka bilan almashtirish. Taomning ta’mi bu holda sezilarli o’zgarmaydi, biroq, u to’yimliroq va hamyonbop bo’ladi.

Qovoqli mantiga shakar qo’shishga befarq bo’lmang, bu siz o’ylagandek uning ta’mini shirin qilib qo’ymaydi, aksincha, mazasiga maza qo’shadi.

Pishirishga qo’yishda suv qaynayotgan bo’lishi kerak, suv endi olovga qo’yilgan bo’lsa, pishirish vaqtiga yana 5 daqiqa qo’shiladi.

Saryog'li nozik seld gazagi

Mo'jizaviy gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Manti tayyorlash retsepti - go'shtli, qovoqli va jag'-jag'li turlari, tavsiyalar

Manti – Markaziy Osiyo, Turkiya, Mo’g’uliston va Koreya xalqlarining an’anaviy taomidir. Ushbu taomning ta’mini so’zlar bilan ifodalab bo’lmaydi: bug’da pishirilgan go’sht bilan yupqa xamirning ajoyib kombinatsiyasi. Oshpaz manti tayyorlash sirlarini bilsa, taom og’izda eriydi. Sizning e’tiboringizga taqdim etiladigan retsept hatto eng zamonaviy...

Chechevitsali chipsi

E'tiboringizga ta'riflab bo'lmas, mazali ta'mga ega gazak retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu gazakni salatlar va suyuq taomlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi....

Pirog "Pomidorli kish"

Mo'jizaviy ta'mga ega! Fransuz oshxonasining mashhur piroglaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini ulashadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

KFC tayyorlash retsepti - qanotchalar uchun maxsus masalliqlar, bosiqchlar

KFC tovuq qanotchalari tayyorlash retseptini ko’pchilik bilishni istaydi. Albatta restoran haqiqiy retseptni oshkor etmaydi va ko’pchilik masalliqlar KFC restoranlariga ham yarimfabrikat sifatida keladi. Shu tufayli xohish bo’lganda oshpazlar ham uning sirini bila olishmaydi. Lekin olingan ba’zi ma’lumotlarni qo’llagan holda, haqiqiy KFCga juda...

Tovuqli kotlet

Non ivitiladi, so'ng, suvidan silqitilib, qiymaga qo'shiladi. Ustiga tuhum chaqilib, yahshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar solinib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan qiyma kichik bo'lakchalarga bo'linib, biroz tindiriladi. Tovada yog'ni biroz qizdirib, unga bo'lakchalar kerakli shakl berilgan (yapaloqlagan) xolda solinadi va ikki tomoni...

Kabachkili kotletlar.

Kabachkilarni qirg’ichdan chiqaramiz, so’ng tabga ko’ra tuz, murch solib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin un solib bir xilmassa xosil bo’lguncha aralashtiramiz....

Shilpildoq

Qozondagi qizigan yog'ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So'ng, go'shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So'ngra, kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo'lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta'bga ko'ra, sarimsoq piyoz (yashil) va...

Olot somsa

Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi.  Sho’roq qilib  qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz....

Norin

Norin shoxona taom bo'lib, o'zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo'lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go'shtidan tayyorlash mumkin....

Fikr qo'shish