Pryanik tayyorlash retsepti - qatiq asosli xamirdan pishirish varianti, usullari

Pryanik tayyorlash retsepti - qatiq asosli xamirdan pishirish varianti, usullari
Pryanik tayyorlash retsepti - qatiq asosli xamirdan pishirish varianti, usullari


Pryanik – uzoq vaqt davomida mashhur bo’lgan rus shirinligi. Ular nafaqat bayramlarda dasturxonga tortiq qilish, balki tug’ilgan kun, to’ylar uchun sovg’a, shuningdek yangil yil archasini bezatish uchun ham tayyorlangan. Prayniklar Pryaniklar turlicha bo’ladi – zuvalali, bosma va kesma. Keling, qatiq asosida uy sharoitida pryanik pishirishni ko’rib chiqaylik.

PRYANIK TAYYORLASH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 34
Kerakli masalliqlar:

Qatiq – 1 stakan (2oo ml);
Shakar – 2 stakan (400 g);
Tuxum – 3 dona;
Asal – 1 osh qoshiq;
O’simlik moyi – 3 osh qoshiq;
Un – 4 stakan (520 g);
Iste’mol sodasi – 1 choy qoshiq;
Shakar upasi – 6 osh qoshiq.
Tayyorlash bosqichlari:

Barcha masalliqlarni tayyorlab oling. Ishni shakarni tuxum oqlari bilan urib aralashtirishdan boshlash kerak (1 ta tuxum oqini glazur uchun olib qo’ying). Asal qo’shing va aralashtiring.

So’ng, aralashmaga ilitilgan qatiq va o’simlik moyi qo’shing va aralashtirishda davom eting.
Yaxshilab elangan un va soda qo’shib, xamir tayyorlang.
Stol ustiga un sepib, xamir zuvalasini barmoq qalinligida (1 sm – 1,5 sm) qilib yoying.
Stakan, bankaning og’zi yoki tayyor shaklchalar yordamida yoyilgan xamirdan bo’lajak pryaniklarni kesib oling.


Pishirish uchun idishga pergament qog’oz qo’yib, uni yog’lang yoki biroz un seping. Pryaniklarni zich qilmagan holda terib, +180 °C haroratgacha oldindan qizdirib olingan pechda 30 daqiqa davomida pishiring.


Ayni paytda, glazurni tayyorlash kerak. Olib qo’yilgan bitta tuxum oqini asta-sekin aralashtirgan holda ko’pirtirib oling.
30 daqiqadan so’ng, pryaniklarni pechdan chiqarib oling, ustidan yaxshilab glazur surtib, yana 10 daqiqaga pechga qo’ying.
Tayyor bo’lgan pishiriqni sovutishga qoldiring. Dasturxonga choy, qahva yoki qatiq bilan tortiq qilish mumkin. Yoqimli ishtaha.
Rossiyada birinchi pryanik IX asrda paydo bo’lgan va unining nomi tarjima qilinganda “asal non” bo’lgan. U javdari un, asal va meva sharbatlari qo’shib tayyorlangan. Pryanik kerakli sariq rangga ega bo’lishi uchun xamirga biroz kuydirilgan shakar qo’shilgan. Sibirda esa pushti rangli pryaniklar mashhur, ularda xamirga quritilgan klyukva yoki malina qo’shiladi.

Pryanikka siz ta’bga qarab maydalangan yong’oq, mayiz va shokoladli rang berish uchun kakao kukunini qo’shishingiz mumkin. Shuningdek, pryanikni shokoladli glazur bilan qoplashingiz ham mumkin.

Limonli muzqaymoq

Oramizda muzqaymoqni hush ko'rmaydigan kishining o'zi bo'lmasa kerak. Shu bois bugun e'tiboringizga hushbo'y va nozik muzqaymoq retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi ko'p vaqtingizni olmaydi. Biroq, natijada sizga va yaqinlaringizga bir olam quvonch ulashishi turgan gap....

Olmali zefir

Yaqinlaringizni lol qoldirishni hohlaysizmi? U holda uy sharoitida olmali zefirni tayyorlashning ayni vaqti. Bu hech ham qiyin emas. Tayyorlangan zefirlar juda ham nozik va natijasi sizni hursand qilishi turgan gap....

Momiq shirinligi

Margarin 4 stakan un bilan uqalanadi. Ustiga achitqi solinib, aralashtiriladi. So'ng, sut solinib, yumshoq hamir qoriladi. Tayyor hamir 1 soatga muzlatkichga qo'yiladi....

Shokolad tayyorlash resepti - sut va kakaodan oddiy shirinlik, bosqichlari + foto

Aslida uy sharoitida haqiqiy shokolad tayyorlash oson vazifa emas. Axir, shokoladning muhim tarkibiy qismi bo’lgan kakao yog’ini har qanday do’kondan xarid qilib bo’lmaydi....

Kokosli keks

Kakosli keks oson tayyorlaniladigan, ammo juda ham mazali bo’lgan pishiriqlardan biridir! U o’zgacharoq bo’lib pishadi: keksning usti qarsildoq, ichi esa nam va yumshoq, yegandan keyin esa sariyog’ va kakosli ta’m kelib turadi....

Kokos-bananli keks

Yaqinlaringizni hushbo'y va mazali shirinlik bilan mexmon qilmoqchimisiz? U holda e'tiboringizga nozik va mazali keks retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi juda ham oddiy. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Vafli tayyorlash resepti - bosqichlari + rasmlar, tavsiyalar, 2 xil usuli

Ushbu resept bo’yicha tayyorlanadigan mazali va hushbo’y vafli yetarlicha ko’p bo’ladi. Shirinlikni konus yoki trubochka qilib o’rab, ta’bga ko’ra ichiga nachinka qo’shishingiz mumkin....

Nyu York chizkeyki

Bayram dasturxoni uchun ajoyib desert! Amerikaliklarning sevimli deserti. Chizkeykning klassik usuli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Bulochka tayyorlash - retsepti, usullari, xamirturushli bulochka uchun masalliqlar

Bulochka – odatda yumaloq yoki oval shaklda bo’lgan kichik nonchalar. Bu kabi pishiriq juda mashhur – bolalikdan buyon barcha mazali bulochkalarni sevib iste’mol qiladi: shirin bulochkalar, mak, mayiz, dolchin, murabbo, kunjutli, uyni eslatadigan bulochkalar. Agar siz uy sharoitida tayyorlash uchun bulochka retseptini, xamirini tayyorlash...

Margaritka shirinligi

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuhum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi....

Izohlar 4

  1. Офлайн
    MEHRINISO
    MEHRINISO 20 ноября 2021 08:45
    ZO'R CHIQDI O'RGANIB OLDIM
  2. Офлайн
    Marxabo
    Marxabo 26 июля 2020 20:40
    Raxmat o‘rganib oldim baraka topin
  3. Офлайн
    Озод
    Озод 31 мая 2020 09:27
    Тайерлаш услуби тулик ургатилмаган масалан кесишдан колган хамир анча микдорку
  4. Офлайн
    Шурик
    Шурик 26 апреля 2020 14:41
    Рахмат ! Зур рецепт.

Fikr qo'shish