Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar

Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar
Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar


Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng mashhur piroglar retseptini ko’rib chiqamiz.

ODDIY OLMALI PIROG
Ushbu mazali pishiriqning xamiri zich, biroq yoqimli bo’laklanadigan darajada bo’ladi. Retseptda pirog yanada bamaza chiqishi uchun ba’zi ayyorliklar va pishirish sirlari ham aytib o’tiladi.

Kerakli masalliqlar:

Shakar – 175 g;
Un – 180 g;
Tuxum – 1 ta;
Qabartma tuz – 1,5 choy qoshiq;
Dolchin – yarim choy qoshiq;
Sariyog’ – 1 osh qoshiq;
Sut – yarim stakan;
O’lchamiga qarab 2-3 ta olma.
Tayyorlanishi:

Kichikroq idishda un, dolchin va qabartmani birlashtiring. Ularni aralashtirib olish kerak, yaxshisi venchik yordamida. Qancha yaxshi aralashtirilsa, xamir shunchalik tekis va bir xilda chiqadi.
Boshqa kattaroq idishda xona haroratidagi sariyog’ va shakar aralashtiriladi. Mikser bo’lsa, uning yordamida aralashtirish maqsadga muvofiq. Xamir tayyorlashning ushbu usuli xamirni ko’proq ushaluvchan bo’lishiga yordamlashadi, olmali pirogda esa bu ayni kerakli xossa.
Shakar va sariyog’ aralashmasiga bitta tuxum chaqib solinadi va yana biroz aralashtiriladi, so’ng sut quyiladi.



Aralashmaga tayyorlab olingan un qo’shiladi, so’ng qoshiq yordamida xamir xosil bo’lguncha ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi.


Olma tilim shaklida kesib olinadi (po’stidan tozalashni unutmang). Nordon va shirin olmalar aralashmasi bo’lsa pirogning ta’mi yanada ajoyib chiqadi.
Pishirish uchun idish biroz yog’lanadi, so’ng tayyor xamir solib, tekislanadi, ustidan o’zingizga yoqqan usulda olmalar terib chiqiladi. Ko’pchilik olmani xamirning o’rtasiga solish afzal emasmi deb so’rashi mumkin. Bunday usulni xush ko’ruvchilar uchun quyidagi retsept mos keladi. Bu retseptda xamirning konsistentsiyasiga boshqa narsa aralashmasligi kerak.
Olmalar terilgach, uning ustidan biroz shakar va dolchin aralashmasidan sepish kerak. Bu pirog rangini ishtaha ochadigan qiladi.


So’ng shakl 180 °C gacha qizdirilgan duxovkaga 10-15 daqiqaga qo’yiladi. Keyin haroratni 155 °C gacha tushirib, yana 30-60 daqiqa pishirishda davom etiladi.
Vilka yordamida pirog tayyorligi tekshirib ko’riladi – agar pirogga sanchib ko’rilganda u quruq chiqadigan bolsa, demak pishiriq tayyor (ammo birinchi yarim soat ichida pechni ochmang, aks holda xamir ko’tarilmay qoladi).
Pirogni shaklning o’zida sovutishga qoldiring, so’ng ajratib oling. Dasturxonga yozning kunida muzqaymoq, qishda esa xushbo’y choy bilan tortiq qilinadi. Yoqimli ishtaha.

Kerakli masalliqlar:

Shakar – 1 stakan;
Un – 1 stakan;
Tuxum – 3 ta;
Sariyog’ – 1 osh qoshiq;
O’lchamiga qarab 4-5 ta olma.
Tayyorlash jarayoni:

Tuxum va shakarni yaxshilab urib ko’pirtirib oling, so’ng un qo’shing va urishda davom eting.
Olmalarni kubik yoki tilim shaklida kesib oling.
Pishirish idishini yaxshilab yog’lab, olmalarni bir qator qilib terib chiqing va ustidan xamirni quying. Shuningdek, bir qavat xamir, so’ng olma va ustidan yana xamir quyish ham mumkin.
Shaklni oldindan 180 °C gacha qizdirilgan pechga qo’ying, tillarang tusga kirguncha 30-40 daqiqa davomida pishiring.
Tayyorligini yuqoridagi kabi usulda tekshirib ko’ring. Olmali pirog tayyor.

Limonli zavarnoy krem

Mo'jizaviy va mashhur kremlardan birini e'tiboringizga taqdim etamiz. Nozik va mazali! Hushbo'y isi bilan yanada ishtaxaocharlik bag'ishlaydi....

Rulet tayyorlash - retsepti, xamiri va kremi uchun kerakli masalliqlar, sirlari

Ingichka biskvitdan tayyorlangan rulet dasturxoningizni ajib tarzda bezatadi va mehmonlarni quvontiradi. Rulet tayyorlash juda oson, biroq ko’pchilik bekalar uni pishirishdan cho’chishadi. Ushbu maqolada uy sharoitida turli xil nachinkali: murabboli, mevali, quyultirilgan sutli va kremli ruletlar tayyorlash usullari ko’rib chiqiladi....

Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi....

Medovik tort tayyorlash: retsepti, usullari, sirlari, uy sharoitida qanday pishirish kerak

Medovik retsepti (medoviy tort, rus. медовый торт – asalli tort) taxminan 200 yil oldin, imperator Aleksandr I ning oshpazi uning xotini uchun ajoyib shirinliklar tayyorlaganida paydo bo’lgan. Kulinarning nomi tarixda saqlanib qolmagan, ammo ruscha medovik torti qandolatchilik san’ati klassikasiga aylandi. Hozirgi kunda mazali asalli tortning juda...

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pirog tayyorlash - retsepti, sirlari, oddiy va mazali piroglar pishirish usullari, qadamlar

Pirog – bu odatda nachinkasi bo’lgan xamirli pishiriqdir. Uning ochiq va yopiq turi mavjud: ochiq turdagisida nachinka xamir ustida tursa, yopiq turdagisida nachinka xamir ichida bo’ladi. Mazali piroglar tayyorlashning ko’plab retseptlari mavjud: olmali, limonli, murabboli, go’shtli, qatiqli pirog va ko’plab boshqa turdagilar. Agar sizni oddiy...

Rogalik tayyorlash-retsepti, usullari, xamiri va asos turlari, tavsiyalar

Mazali rogaliklar tayyorlash usullari ko’p va bu pishiriq barchaga hush keladi. Quyidagi retsept qumoq xamirdan tayyorlanadigan turi hisoblanadi va uni asos bilan yoki asossiz tayyorlash mumkin. Asos sifatida yong’oq, murabbolar, shakar aralashtirilgan tvorog, mak kabi masalliqlardan foydalansa bo’ladi....

Rogalik

Unni elab xona xaroratida yumshagan sariyog’ bilan uqalaymiz. Yarim stakan suvga istemol sodasi bilan sirkani (uksus) o’ldirib, aralashtirib olamiz. So’ng un va sariyog’li aralashmaga oz ozdan xamir bo’lguniga qadar solib (xammasini solinmaydi), xamirimizni tayyorlab olamiz va sovutgichga damga qo’yamiz....

Margaritka shirinligi

Un idishga solinib, qavartma bilan aralashtiriladi. Unga uy xaroratida yumshagan margarin qo'shilib, uqalanadi. Tuhum sarig'i (oqidan ajratilinib) unga solinadi. Smetana va choy sodasi aralashtirilib, unga qo'shilib, hamir qoriladi. Hamir qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lgunicha un qo'shiladi. Tayyor hamir 4-5 zuvalaga bo'linib, tindiriladi....

Turkcha biskvit

Ko'rkam va yumshoq. E'tiboringizga Turk oshxonasining retseptlaridan birini taqdim etamiz. Har qanday tort uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    комила
    комила 27 февраля 2022 08:47
    Хамирини тайерлашни бошка усуллари хам борми

Fikr qo'shish