Krem tayyorlash retsepti - tort uchun qaymoqli, tuxumli, zavarnoy va sariyog'li

Krem tayyorlash retsepti - tort uchun qaymoqli, tuxumli, zavarnoy va sariyog'li
Krem tayyorlash retsepti - tort uchun qaymoqli, tuxumli, zavarnoy va sariyog'li


Kremsiz an’anaviy tortni tasavvur qilish qiyin. Mazali krem ​​har doim tortning asosiga urg’u beradi, xoh u biskvit, qumoq yoki boshqa hamir turidan tayyorlangan bo’lsin. Quyida sizga tort uchun 5 ta eng ajoyib kremlar retsepti havola etiladi.

Krem – tuxuming oqi, qaymoq, smetana, sariyog’, tuxum, shakarni urib ko’pirtirish orqali tayyorlangan aralashma. Kremga boshqa mahsulotlar ham qo’shiladi, masalan, jelatin. U tumux oqidan, qaymoqli, smetanali, sariyog’li, qaynatma, shuningdek, bu kremlarning turli xil versiyalari turli xil qo’shimchalar bilan tayyorlanadi.

Krem yordamida tort bezatish yoki tort korjlarini ustma-ust qilib terish mumkin. Tortni krem bilan bezatishning eng oson usuli – uning yuzasiga krem qo’yib, pichoq, sanchqi yoki boshqa anjom yordamida uni tekislab chiqishdir.

Qandolat xaltachasi va turli nasadkalar yordamida tort yoki pishiriqlarga turli naqshlar berish mumkin. Agar qandolat xaltachasi bo’lmasa, uning o’rniga pishirish qog’ozini moslash (konus qilib) mumkin. Qog’ozning uchini to’g’ri, burchak ostida yoki qirrali qilib kesib, qandolat mahsulotiga kremdan turli gullar chizsa bo’ladi.

Krem – sifati tez buziladigan mahsulot. Tayyorlagandan so’ng uni muzlatgichda saqlash kerak, krem li tort ham muzlatgichda 3 dan 40 soatgacha saqlanishi mumkin. Endi bevosita krem tayyorlash haqida.

TUXUMLI KREM
Bu krem ​​shakar yoki shakar upasi bilan urib ko’pirtirilgan tuxum oqidan tayyorlanadi. Bunday kremni xom yoki qaynatma qilib, shuningdek, turli qo’shimchalar bilan tayyorlash mumkin. Qaynatma turi xom tuxumni ishlatishni xush ko’rmaydiganlar uchun mos keladi. Tort uchun bu krem ayni muddao.

TUXUM OQIDAN QAYNATMA KREM QANDAY TAYYORLANADI?
Kerakli masalliqlar:

2 ta tuxum oqi
Shakar yoki shakar upasi – 5 osh qoshiq
Suv – 30 ml
Limon sharbati – 1 choy qoshiq
Tayyorlash jarayoni:

Idishga suv, limon sharbati va shakar solib, muntazam aralashtirib turgan holda o’rta olovda sirop tayyorlash kerak bo’ladi. Sirop tayyor bo’lganini bilish uchun uni qoshiqqa olib, qay tarzda oqishini kuzatish kerak, agar ingichka ipdek bo’lib oqsa, hali tayyor emas, agar qalin bo’lib, asta harakatlana boshlasa, demak tayyor. Agar sirop yetarlicha qaynamasa, krem barqaror bo’lmaydi.

Sovutilgan tuxum oqi quyuq holatgacha urib ko’pirtiriladi. Keyin asta-sekin urishda davom etgan holda u siropga qo’shiladi. Tuxum oqining barchasi qo’shib bo’lingach, kremni yana taxminan 3-4 daqiqa urishda davom etish kerak.


QAYMOQLI KREM
Qaymoqli krem urib ko’pirtirilgan qaymoqdan tayyorlanadi. Krem ajoyib ta’mi bilan ajralib turadi. U mayin, yengil, havodor bo’ladi.

Qaymoqni yaxshi sovutilgan holda ko’pirtirish osonroq. Krem uchun yog’ foizi 33% yoki 35% bo’lgan qaymoq olish yaxshi. Qaymoqdan tayyorlangan kremga jelatin, tuxum, turli xil mevalar qo’shish ham mumkin. Bundan tashqari, uning qahva, shokolad, kakao kukuni, asal, alkogol, yong’oq va boshqa masalliqlar solib tayyorlanadigan retseptlari ham mavjud.

Kremni bevosita tortga surtishdan oldin tayyorlash va sovutgicha 3 soatdan ortiq bo’lmagan vaqt davomida saqlash kerak. U tortlarni bezatish va korjlar orasiga surtish uchun ishlatiladi.

ANANASLI QAYMOQLI KREM RETSEPTI
Kerakli masalliqlar:

Qaymoq – 1 stakan
Jelatin – 1 choy qoshiq
Shakar upasi – 1-2 osh qoshiq
Ananas (maydalangan) – 4-6 osh qoshiq
Vanilli shakar – tabga ko’ra
Tayyorlanishi:

Jelatinga biroz suv quyib (sut quysa ham bo’ladi), tindirishga qoldiriladi. So’ng uni suv hammomi yoki past olovda to’liq erigunicha aralashtirib olish, bunga erishilgach, sovutish kerak. Oldindan sovutilgan qaymoq asta-sekin shakar qo’shgan holda ko’pirtirilib, vanilli shakar qo’shiladi. So’ng, urishda davom etib, ingichka qilib quygan holda jelatin qo’shiladi. Kremga maydalangan ananas qo’shiladi va ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Kremni tayyor bo’lishi bilanoq tortga surtish kerak.

SMETANALI KREM
Smetanadan tayyorlanadigan krem juda mazali va qaymoqli kremga qararganda kamroq kaloriyaga ega. Krem uchun 30% yog’li bo’lgan yangi smetanadan foydalanish tavsiya etiladi. Yog’ foizi kamroq bo’lganda krem tayyorlash uchun ​​mos kelmaydi.

Bu holda ham smetanani dastavval sovutib olish kerak, shunda krem yaxshiroq ko’piradi va barqaror bo’ladi. U jelatinsiz, yoki jelatin, sariyog’ qo’shgan holda tayyorlanadi. Ushbu kremni tayyorlab bo’lgach, darhol tortga surtish yoki sovuq joyda 2 soatdan ortiq bo’lmagan vaqt saqlash tavsiya etiladi. Smetanali krem biskvitli tortning korjlari orasiga surtish uchun ishlatiladi.

SMETANADAN KAKAOLI KREM TAYYORLASH
Kerakli masalliqlar:

Smetana (yog’li) – 1 stakan
Shakar kukuni – 1-2 osh qoshiq
Kakao kukuni – 1 osh qoshiq
Vanil – pichoqning uchida
Tayyorlash:

Sovutilgan smetana asta-sekin shakar qo’shib ko’pirtiriladi, vanil qo’shiladi. So’ng kakao kukuni qo’shiladi va ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Bundan tashqari, kakao kukunini shakar upasi bilan oldindan aralashtirib olib, smetanani ko’pirtirish bosqichida qo’shish ham mumkin. Krem tayyor bo’lgach, iloji boricha tezroq ishlatish va uzoq saqlamaslik tavsiya etiladi.

SARIYOG’LI KREM
Sariyog’li krem ancha barqaror va uzoqroq saqlanadi. Yog’li kremlar sut, suyultirilgan sut, tuxum, shakar upasi va shakar sirop asosida tayyorlanadi. Har xil qo’shimchalar – meva va reza sharbatlari, asal, yong’oqlar, choy, shokolad – yog’li krem mazasiga yanada maza qo’shadi.

Krem tayyorlanganidan keyin darhol ishlatiladi yoki oldindan tayyorlab, sovuq joyda saqlanadi – ​​tarkibiga qarab, u bir kundan bir necha kungacha saqlanishi mumkin.

LIMON + QUYULTIRILGAN SUT ASOSLI YOG’LI KREM
Tarkibi:

Sariyog’ (tuzlanmagan) – 250 g
Quyultirilgan sut – 10 osh qoshiq
Limon – 1 dona
Tayyorlash:

O’rta kattalikdagi limon po’sti qirg’ichdan chiqarib olinadi, so’ng sharbati siqib olinadi. Sariyog’ idishga solinib, olovga qo’yiladi va qariyb suyuq holatgacha olib boriladi. Venchik bilan yaxshilab uriladi. Urishda davom etib, ingichka qilib quyultirilgan sut qo’shib boriladi. Shu tariqa massa havodor bo’lguniga qadar davom etiladi. Keyin kremga limon sharbati va qirg’ichdan chiqarilgan po’sti qo’shilib, aralashtiriladi. Krem tayyor.

QAYNATMA (ZAVARNOY) KREM
Qaynatma kremni suv hammomi yoki tubi qalin bo’lgan idishda tayyorlash mumkin. Bu pishirish vaqtida krem kuyib ketmasligi uchun kerak.

Bu krem uzoq saqlanmaydi, shuning uchun bu holda ham uni bevosita ishlatishdan oldin tayyorlash kerak. Agar uni bir muddat saqlab turish kerak bo’lsa, idish ustinini plastik plyonka bilan yopib, sovutgichga qo’yish mumkin.

TUXUM ASOSLI QAYNATMA KREM TAYYORLASH RETSEPTI
Kerakli masalliqlar:

Sut – 250 ml
Tuxum – 4 dona
Shakar kukuni – 3-4 osh qoshiq
Vanil – pichoqning uchida
Pishirish jarayoni:

Ishni tuxumning oqini sarig’idan ajratib olishdan boshlash kerak. Oqlari barqaroq qilib ko’pirtirib olinadi. Sarig’ini shakar bilan yaxshilab aralashtirgan holda ustidan issiq sut quyiladi va faol aralashtirib turiladi. So’ng olovga qo’yib, qaynashgacha olib boriladi. So’ng olovdan olib, ko’pirtirilgan tuxum oqi va vanil qo’shiladi va aralashtirishda davom etiladi. Idish yana olovga qo’yiladi, aralashtirib turgan holda, unda 1-2 daqiqa ushlab turiladi. Krem tayyor, uni biroz sovutib olib, tortga iliqligida surtish kerak.

***

Ushbu kremlarni tayanch sifatida ishlatish va ularga turli xil boshqa masalliqlar qo’shib, o’zingizga yoqadigan ideal krem retseptini yaratishingiz mumkin.

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Ekler tayyorlash resepti - shirinlikning klassik varianti, uy sharoitida pishirish

Ekler – fransuzcha desert, qaynatma xamirdan tayyorlanadigan yumshoq shirinlik. Ko’pincha nachinka sifatida qaynatma krem ishlatiladi, biroq o’zgacha ta’mlarni xush ko’radiganlar uchun maqolada shuningdek pishloq va tvorogdan tayyorlanadigan krem turlari ham keltirib o’tiladi....

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Blinchikdan tayyorlangan shokoladli tort

Ertalabki nonushta uchun ajoyib tanlov! Shuningdek, kechki ovqatdan so'ng ham nozik desert o'rnini egallashi mumkin. Tayyorlanishi oddiy bo'lgan tort dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq....

Makli-farishta torti

Bayram dasturxoni uchun mo'jizaviy desert! Dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi ! Tayyorlanishi oddiy. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Beze tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, tavsiyalar, sirlari

Beze tayyorlash retsepti juda oddiy, buning uchun tuxum oqlarini shakar upasi bilan urib ko’pirtirish kerak. Ba’zan limon sharbati qo’shish talab etilishi mumkin. Biroq desert havodor va mazali bo’lishi uchun tavsiyalarga qat’iy amal qilish va masalliqlar nisbatini bilish zarur....

Olmali zefir

Yaqinlaringizni lol qoldirishni hohlaysizmi? U holda uy sharoitida olmali zefirni tayyorlashning ayni vaqti. Bu hech ham qiyin emas. Tayyorlangan zefirlar juda ham nozik va natijasi sizni hursand qilishi turgan gap....

Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi....

Shokoladli glazur

Turli xil pishiriq va shirinliklarni bezatishda glazurning o’rni katta. Shokoladli glazur tayyorlashda ba’zi bir tavsiyalarga amal qilinsa, u oqib ketmaydi, pishiriqqa mustahkam o’rnashadi....

Unsiz qovoqli pirog

Bugun qovoqdan tayyorlanadigan ajoyib pirog recepti bilan bo'lishamiz....

Izohlar 2

  1. Офлайн
    GOZEL
    GOZEL 16 июня 2021 10:32
    onat resept eken tayyarlap gordum@@@@@
  2. Офлайн
    Josiya
    Josiya 10 апреля 2019 09:47
    Ajoyib...Reseplar asosida tayyorlab ko'raman
    In Sha Alloh..

Fikr qo'shish