Tovuq pishirish retsepti - tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar

Tovuq pishirish retsepti - tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar
Tovuq pishirish retsepti - tayyorlash usullari, mazali chiqishi uchun tavsiyalar


Duxovkada mazali qilib tovuq pishirish uchun nima qilish kerak? Bir qarashda har bir bekada bu savolga o’nlab javob topilishi kerakdek tuyuladi. Ammo aksariyat hollarda tovuq tayyorlash ko’nikmalari yuqori bo’lmasligi natijasida go’shtning quruq va qattiq bo’lib pishishi, ichi pishmay qolishi yoki po’sti qirsillamay chiqishi kuzatiladi. Bu holda nima qilish kerak? Bizning tavsiyalarga amal qiling va tovuq pishirishning oddiy va mazali retseptini yozib oling.

TOVUQ PISHIRISH RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 2 soat | Portsiyalar soni: 8
Duxovkada pishirilgan tovuq bayramona dasturxonni ham bezatadi. Ushbu taomning afzal tomoni – uning to’yimliligi va miqdorida. Axir, bitta tovuq butun bir jamoaga yetadi. Agar unga biroz sabzavot qo’shsangiz, unda garnir uchun ham ajoyib yechim topgan bo’lasiz. Biroq, tovuq go’shtining ta’mi ham, ko’rinishi ham mukammal bo’lishi uchun tovuqni to’g’ri tanlash va tayyorlash sirlarini bilish muhimdir.

MAZALI TOVUQ PISHIRISHNING 5 TA SIRLARI
Tovuq go’shtini tanlashda diqqat qilsangiz, taomning ajoyib ta’mi kafolatlanadi. Faqatgina barra go’sht yumshoq, suvli va ajoyib aromatli bo’ladi. Sotib olayotganda o’rtacha og’irligi 1,5 kg gacha bo’lgan tovuqlarga e’tibor bering. Ularda qalin yog’ qatlami bo’lmaydi, go’shtning ozuqaviy qiymati esa yuqoriroq bo’ladi. Bu holda, pechda pishirilgan tovuq kaloriya qiymati minimal bo’ladi (100 gramm boshiga taxminan 190 Kkal), foydasi va mazasi esa juda yuqori.

Quyidagi tavsiyalarga muvofiq tayyorlangan tovuqning ta’mi ajoyib chiqadi:

Tovuqning terisi rangi bir xil bo’lganini tanlash kerak. U och-sariq yoki biroz pushti rang bo’lishi lozim. Chiqib turadigan yog’i oq bo’lishi, to’qimalari tarang bo’lishiga e’tibor qarating (bosib ko’rilganda tezda boshlang’ich shakliga qaytadi). Hidi – biroz shirin, badbo’y bo’lmasligi kerak.
Tovuqni duxovkada maxsus idishda pishirish kerak. Idish qalin cho’yandan yoki chinnidan bo’lishi kerak, ingichka metal va shishadan bo’lgan idishlar to’g’ri kelmaydi. Chunki bunday turdagi idishlarda go’sht tagiga olib, kuyib ketishi mumkin.
Tovuqni pishirish uchun qancha vaqt ketishi uning vazniga bog’liq. O’rtacha, har bir kilogrammi uchun 40 daqiqa yetarli bo’ladi. Pechda tovuqni pishirish harorati 180-200 °C bo’lishi kerak. Ya’ni 1,5 kg og’irlikdagi tovuq 1 soat pishiriladi. Tovuqning yarimini 30-35 daqiqa mobaynida pishirsa ham bo’ladi.
Tovuqning po’sti mazali va qarsildoq bo’lib chiqishi uchun, pishirish vaqtida pechning haroratini o’zgartirish kerak. Avval 30 daqiqa maksimal darajada pishirish darkor, shunda qobiq «qurib oladi». Shundan so’ng harorat 200 °C gacha tushiriladi va pishirish yakunigacha shu darajada qoldiriladi.
Tovuq to’shi terisi ostiga bir bo’lak sariyog’ qo’ysa, u yanada mazali chiqadi. Go’shtning bu qismida yog’ qatlami bo’lmaydi, shuning uchun u ko’pincha quruq bo’lib pishadi.
Tovuq har tomonidan bir xilda pishishi uchun, uni muntazam ravishda aylantirib turish kerak. Dastavval uni yon tomonga qo’yib, pechga qo’ying. 15 daqiqadan so’ng, ikkinchi yoniga o’giring, yana 15 daqiqadan keyin to’shini yuqoriga qilib yotqizing. Yanada osonrog’i panajara ustida pishirish hisoblanadi. Bu holda, tovuq go’shtini aylantirish shart emas, lekin panjara ostiga yog’ini yig’ish uchun idish qo’yish kerak.

NORDON OLMA BILAN TURKCHA RETSEPT
Bu retseptning afzalligi, taomning garni tovuq bilan bir vaqtning o’zida pishiriladi. U, albatta, sabzavotlardan iborat, shuning uchun taom mazali, to’yimli va foydali bo’lib chiqadi.

Kerak bo’ladi:

tovuq – 1 dona;
piyoz – 5 bosh;
kartoshka – 5 dona;
sabzi – 3 dona;
olma – 1 dona;
xantal – 2 osh qoshiq;
limon sharbati – 2 osh qoshiq;
petrushka va tog’jambil – 20 grammdan;
sarimsoq – 2 boshcha;
shakar – 1 choy qoshiq.
Pishirish

Tovuq go’shtini yuving va quritib oling, ichki va tashqi tomonidan qalampir va tuz surting.
Ichiga butun olma joylashtiring.
Limon sharbati va xantalni aralashtiring, so’ng maydalangan sarimsoq va shakar qo’shing. Tovuqqa ushbu sousdan surtib, pishirish uchun shaklga qo’ying.
Sabzavotlarni o’rtacha kattalikdagi bo’laklarga bo’ling, ko’katlarni maydalab, barchasini aralashtiring.
Go’shtning atrofiga sabzavotlarni terib chiqing, barchasini ustini qopqoq yoki folga bilan yoping.
Qopqoq ostida 200 °C haroratda 30 daqiqa pishiring, so’ng uni ochib, yakuniy tayyor bo’lgunicha pishirishda davom eting.
Agar tovuq ichiga qiyma qo’shmoqchi bo’lsangiz, unda faqat tayyor bo’lgan nachinka soling, aks holda u pishmay qoladi. Bu holda pishirish vaqti o’zgarmaydi.

LIMON VA SARIMSOQ BILAN
Limon go’shtga yengil barralik, sarimsoq esa ajoyib hid va barchaga yoqadigan achchiqlikni beradi.

Kerakli masalliqlar:

tovuq – 1 dona;
limon – 1 ta;
sarimsoq – 6 boshcha;
qalampir, tuz;
tog’jambil – 2 shoxcha.
Pishirish

Sarimsoqni “yaproqchalar”, limonni ingichka bo’laklar qilib kesib oling.
Go’shtga qalampir, tuz surtib, ichiga limon va tog’jambil soling.
Tovuqning tashqi tomonini limon va sarimsoq bilan qoplang, folga bilan o’rang.
180 °C da pishiring.
PANIROVKA BILAN
Ushbu retseptda panirovka uchun suxari va sarimsoq ishlatiladi, bu go’shtga xushbo’y aromat va tillarang qobiq bag’ishlaydi. Bu retseptda tovuqni oldindan kichik bo’laklarga (oyoqlari, qanoti, file go’sht) bo’lib olish kerak.

Kerak bo’ladi:

tovuq – 1 dona;
panirovka uchun suxari – bir stakan;
sarimsoq – 1 choy qoshiq (quritilgan yoki yangisi);
tuxum – 2 dona;
qalampir va tuz;
sariyog’ – 200 gramm.


Pishirish

Maydalangan sarimsoq va suxarini aralashtiring.
Kattaroq idishda ikkita tuxumni sanchqi yordamida urib oling.
Bo’laklangan tovuqqa qalampir va tuz surtib, avval tuxumga, so’ng panirovkaga botirib oling.
Baland olovda o’simlik yog’ida tillarang tusga kirguncha qovuring.
So’ng go’sht bo’laklarini pishirish uchun idishga joylang, ustidan bir bo’lak sariyog’ qo’ying.
200 °C haroratda 40 daqiqa pishiring.
Endi siz tovuq pishirish usullari haqida batafsil bilib oldingiz. Uni yangi yoki pishirilgan sabzavotlar, bargli ko’kat yoki tuzlamalar bilan dasturxonga tortish mumkin.

Saryog'li nozik seld gazagi

Mo'jizaviy gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Manti tayyorlash retsepti - go'shtli, qovoqli va jag'-jag'li turlari, tavsiyalar

Manti – Markaziy Osiyo, Turkiya, Mo’g’uliston va Koreya xalqlarining an’anaviy taomidir. Ushbu taomning ta’mini so’zlar bilan ifodalab bo’lmaydi: bug’da pishirilgan go’sht bilan yupqa xamirning ajoyib kombinatsiyasi. Oshpaz manti tayyorlash sirlarini bilsa, taom og’izda eriydi. Sizning e’tiboringizga taqdim etiladigan retsept hatto eng zamonaviy...

Chechevitsali chipsi

E'tiboringizga ta'riflab bo'lmas, mazali ta'mga ega gazak retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu gazakni salatlar va suyuq taomlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi....

Pirog "Pomidorli kish"

Mo'jizaviy ta'mga ega! Fransuz oshxonasining mashhur piroglaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini ulashadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

KFC tayyorlash retsepti - qanotchalar uchun maxsus masalliqlar, bosiqchlar

KFC tovuq qanotchalari tayyorlash retseptini ko’pchilik bilishni istaydi. Albatta restoran haqiqiy retseptni oshkor etmaydi va ko’pchilik masalliqlar KFC restoranlariga ham yarimfabrikat sifatida keladi. Shu tufayli xohish bo’lganda oshpazlar ham uning sirini bila olishmaydi. Lekin olingan ba’zi ma’lumotlarni qo’llagan holda, haqiqiy KFCga juda...

Tovuqli kotlet

Non ivitiladi, so'ng, suvidan silqitilib, qiymaga qo'shiladi. Ustiga tuhum chaqilib, yahshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar solinib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan qiyma kichik bo'lakchalarga bo'linib, biroz tindiriladi. Tovada yog'ni biroz qizdirib, unga bo'lakchalar kerakli shakl berilgan (yapaloqlagan) xolda solinadi va ikki tomoni...

Kabachkili kotletlar.

Kabachkilarni qirg’ichdan chiqaramiz, so’ng tabga ko’ra tuz, murch solib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin un solib bir xilmassa xosil bo’lguncha aralashtiramiz....

Shilpildoq

Qozondagi qizigan yog'ga oldin piyozni solib, novvot rang tus olgunicha qovuramiz. So'ng, go'shtni solib, qovurishda davom etamiz. Keyin pomidor qaylasi. So'ngra, kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyoz bo'lakchalari ketma-ket solinib, masalliqlar chiroyli qizil tus olgunicha qovuramiz. Ta'bga ko'ra, sarimsoq piyoz (yashil) va...

Olot somsa

Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi.  Sho’roq qilib  qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz....

Norin

Norin shoxona taom bo'lib, o'zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo'lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go'shtidan tayyorlash mumkin....

Fikr qo'shish