Osh tayyorlash retsepti - masalliqlar, pishirish bosqichlari, usullari, sirlari

Osh tayyorlash retsepti - masalliqlar, pishirish bosqichlari, usullari, sirlari
Osh tayyorlash retsepti - masalliqlar, pishirish bosqichlari, usullari, sirlari


Osh tayyorlash retsepti yuzlab, minglab turlarga ega. Har bir oshpazda ushbu milliy taomni tayyorlashning o’z usuli va oshpazlik sirlari bor. Osh palovning eng taniqli turi – o’zbek oshidir.

OSH TAYYORLASH UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR
Mazkur maqolada keltiriladigan palov retsepti uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo’ladi:

1 kg guruch
1 kg qo’y go’shti
1 kg sabzi
300 ml o’simlik moyi
4 ta o’rtacha piyoz
2 ta achchiq qalampir
2 bosh sarimsoq
1 osh qoshiq zira
1 choy qoshiq kashnich urug’lari
ta’bga ko’ra tuz.
OSH PALOV TAYYORLASH BOSQICHLARI
Tayyorlash vaqti: 2,5 soat | Portsiyalar soni: 10
1-QADAM
Guruch bir necha marta toza suvda yuvib olinadi. So’nggi marta yuvganingizdan qolgan suv to’liq shaffof bo’lishi kerak.

2-QADAM
Go’shtni yuvib, kubik shaklida bo’laklab oling. Piyoz va sabzi po’stidan tozalanadi. 3 ta piyoz ingichka yarimhalqa, sabzini esa uzun 1 sm`lik somoncha qilib kesib olish kerak. Sarimsoq ustki qavat po’stidan tozalanadi, lekin kichik boshchalarga bo’linmaydi.

3-QADAM
Qozon qizdiriladi, moy solinadi va yengil tutaguncha qizdirishda davom etiladi. So’ng qolgan bitta butun piyoz solib, qorayguncha qovuriladi. So’ng olib qo’yiladi.

4-QADAM
Endi oshning zirvagini tayyorlashga kirishiladi. Qozonga piyoz solib, u tillarang tusga kirguncha qovuriladi (taxminan 7 daqiqa). Piyoz qovurilib bo’lgach, qozonga piyoz ustidan go’sht solinadi va u qobiq hosil qilgunicha qovuriladi.


5-QADAM
Ushbu bosqichda sabzi solinadi va aralashtirmasdan 3 daqiqa qovuriladi. So’ng barchasi 10 daqiqa vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda qovuriladi.

6-QADAM
Zira va kashnich urug’lari ezilib, osh zirvagiga qo’shiladi. Ushbu bosqichda zirvakning tuzi rostlanadi.

7-QADAM
Olov o’rtacha balandlikkacha pasaytiriladi va sabzi yumshoq bo’lmagunicha zirvakni pishirishda davom etiladi (yana taxminan 7-10 daqiqa). So’ng zirvakdan 2 sm baland bo’lguncha qaynoq suv solib, ikkita achchiq qalampir solinadi va olov yanada pasaytirilib, 30 daqiqaga dimlab qo’yiladi.

8-QADAM

Guruch yana bir marta yuviladi, suvi to’kib tashlanadi. Keyin zirvak ustidan bir tekis qilib yoyib chiqiladi. Olov maksimumgacha baland qilinib, guruch ustidan 3 sm baland bo’lguncha kapkirni ustidan qilib qaynoq suv solinadi.

9-QADAM
Guruch suvni shimib olgach, unga sarimsoq botirib qo’yiladi, olov o’rtacha balandlikkacha pasaytiriladi va guruch tayyor bo’lguncha pishiriladi.

10-QADAM


Guruchga kapkir bilan yengil urib ko’riladi. Agar bunda chiqadigan ovoz jarangdor bo’lmasa, guruchda tayoqcha yordamida qozon tubigacha bo’lgan chuqurchalar hosil qilinadi.

11-QADAM
Guruch tekislanadi, qozonning qopqog’i yopiladi, olov yanada pastroq qilinadi va osh 30 daqiqaga damlab qo’yiladi. Palov tayyor! Uni bedanda tuxumlari, limon, achchiq qalampir bilan bezatish mumkin.

OSH PISHIRISH SIRLARI
Har bir taomni tayyorlashda bo’lgani kabi, palovto’ra pishirishning ham o’ziga yarasha sirlari mavjud. Dastlabki tavsiya – osh mazali chiqishi uchun qo’y go’shti olish kerak, albatta boshqa hayvon go’shtlarini ham ishlatsa bo’ladi, lekin kerakli ta’m va xushbo’ylikni aynan qo’y go’shti beradi.

Taomning mazaligi nafaqat masalliqlar, balki osh tayyorlash texnolgiyasiga ham bog’liq. Masalliqlarni kerakli ketma-ketlikda solish, yetarlicha pishirish kerak.

Guruch navlari orasidan osh uchun eng mos keladiganlari oq alanga, devzira, oshpar, sariq dastar hisoblanadi. Ularning tarkibida kraxmal kamroq bo’lib, bunday guruchdan tayyorlangan taom guruchlari bir-biriga yopishib qolmaydi.

Osh tayyorlashda ajralmas ziravor – zira hisoblanadi. Achchiq qalampir haqida ham unutmaslik kerak. Moy turlaridan esa paxta yoki kunjut moyi va hayvon yog’i aralashmasi ideal variant hisoblanadi.

Gazak "Bahorgi chimichanga"

Ajoyib va juda juda mazali gazak! Yengil va hushbo'y. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Brokolli-pishloqli pirog

Nozik, to'yimli va qolaversa juda ham mazali pirog! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Honim

Sho'r suvga oddiy hamir qoriladi. Hamir tinguncha qiymasini tayyorlaymiz. Kartoshka va piyoz artib, somoncha to'g'raladi. Charvi yog' mayda kubik to'g'raladi. Xamma masalliqlar aralashtirilib, ziravorlar solinib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir iloji boricha yupqa qilib yoyiladi......

Roll sendvich

Yengil tamaddi uchun ajoyib tanlov! Ajoyib gazak o'rnini ham egallaydi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Olot somsa

Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi.  Sho’roq qilib  qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz....

Toshkentcha osh (palov)

Qozonga yog' solinadi. Va u qizigach, go'sht solinib, qizargunicha qovuriladi. Ustiga to'g'ralgan piyoz solib, uni xam qizargunicha qovuriladi. Oshni rangi piyozni qovurilishiga qarab o'zgaradi. Agar siz oqishroq oshni xoxlasangiz, piyozni ko'p qizartirib qovurmang. Agar piyozni go'sht rangiga yaqin qizartirib qovursangiz, osh qizil tusda bo'ladi....

Xonaki suharik

Ko'pchiligimizga ma'lum, xozirda do'konlarda turli ta'mli non suhariklari (kirieshkalar) sotiladi. Bolalarimiz ularni yahshi ko'rib iste'mol qilishadi. Lekin ularning xajmi kam. Bolalarimiz 1-2 qutisiga tuyishmaydi. Farzandlarimizni yanada hursand qilish uchun biz suhariklarni uy sharoitida tayyorlaymiz.....

Tovuqli kotlet

Non ivitiladi, so'ng, suvidan silqitilib, qiymaga qo'shiladi. Ustiga tuhum chaqilib, yahshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar solinib, yana aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan qiyma kichik bo'lakchalarga bo'linib, biroz tindiriladi. Tovada yog'ni biroz qizdirib, unga bo'lakchalar kerakli shakl berilgan (yapaloqlagan) xolda solinadi va ikki tomoni...

Tovuq go'shti va gulkaramdan tayyorlangan kotletlar

Yengil va to'yimli kotletlar. Har qanday tayyorlangan garnir bilan dasturxonga tortilsa, dasturxon davrasida hech kimning e'tiboridan chetda qolmaydi. Sabzavotlar va tovuq go'shtidan tayyorlangan kotletlar bir-birini to'ldirib, mayin va mazali bo'lib pishadi. Bunday kotletlar parxezbop sanalib, semirishga yo'l qo'ymaydi. Tayyorlanishi oddiy...

15 daqiqa ichida 3ta qiziqarli nonushta

Biz nonushtaga buterbrodlar, bo'tqalar va yana bir qator standart narsalar iste'mol qilishga ko'nikib qolganmiz. Agar ertalabki nonushtaga biroz o'zgartirish kiritsak-chi?...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    bilolbek
    bilolbek 30 января 2025 07:13
    men uzbekcha yozib oldim lekn yomon qiynaldim ruscha yozib yubordim

Fikr qo'shish