Olmali pirog

Bugun sizlarga Svetaevning olmali pirogini tayyorlashni o'rgataman. Uni tayyorlashni xatto, pazandalikni endi o'rganayotgan uy bekasi xam bemalol pishira oladi. Pirog recepti juda xam oddiy. Tayyorlash uchun ko'p vaqt ketmaydi.
Shuncha yillardan buyon nega bu pirogning nomi bunaqa ekanligini aytish mushkul. Afsonalarga qaraganda, opa-singil Anastasiya va Marina Svetaevalar o'zlarining aqlli mexmonlarini shu olmali pirog bilan mexmon qilar ekanlar. Shu sababli receptni mumtoz pazandalikka aloqador desa xam bo'ladi. 


Hamir uchun kerakli maxsulotlar:
160 gr un;
100 gr saryog', eritilgan;
70 gr qaymoq;
1 choy qoshiq razrihlitel'.
200 gr shakar;
1 dona tuhum;
200 gr qaymoq;
2 osh qoshiq un;
3ta katta olma;
Bir chimdim korisa (ta'bga ko'ra).

Tayyorlanishi:
Un, qaymoq, razrihlitel' va eritilgan saryog'ni aralashtirib, hamir qorib olamiz.

Tayyor bo'lgan hamirni formaga solib, tekislab chiqamiz.

Shakar va tuhumni krem uchun ko'pirtirib olamiz.

Un qo'shamiz

va qaymoqni xam

Olmalarni tozalab olamiz

Olmalarni bo'laklarga kesib, hamir ustiga terib chiqamiz

Ustidan krem quyib, karica sepib yuboramiz

Oldindan 180° qizdirib olingan pechda 40 daqiqa pishiriladi.

Pirogni sovuganda xam, issiqligida xam iste'mol qilish mumkin. Ammo pirogning xaqiqiy mazasi, sovuganda va bir muddat muzlatgichda turgandan keyin bilinadi, degan fikr mavjud.

Yoqimli ishtaxa!
Izohlar 1