Somsa tayyorlash - qavatli somsa uchun xamir va nachinka retsepti, usullari

Somsa tayyorlash - qavatli somsa uchun xamir va nachinka retsepti, usullari
Somsa tayyorlash - qavatli somsa uchun xamir va nachinka retsepti, usullari


O’zbekistonda yashaydigan yoki bu go’zal mamlakatda mehmonda bo’lgan har bir shaxs o’zbek oshxonasining ovqatlarini alohida iliqlik bilan eslab turadi. Jahonga mashhur taniqli taomlar orasida somsa (samsa) maxsus sharafga ega. Sizga asl mazali va chiroyli qavatli somsa tayyorlash retseptini taklif etamiz.

SOMSA TAYYORLASH UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR
Somsa xamiri uchun:

Un – 500 gramm
Suv – 250 ml
Tuz – 1 choy qoshiq
Sariyog’ yoki eritilgan yog’ – 100 gramm
Somsa nachinkasi uchun:

Yog’li qo’y go’shti (laxm) – 500 gramm
Piyoz – 500 gramm
Tuz – 1 choy qoshiq
Murch kukuni – 1 choy qoshiq
Zira (ta’bga ko’ra) – 1 choy qoshiq
QAVATLI SOMSA TAYYORLASH USULLARI
Somsa uchun xamirni tayyorlash uchun 250 ml iliq suvga (bir stakan) ga 5 gramm tuz qo’shib, aralashtiring. Stolga yoki idishga 500 gramm unni elab soling, tuzlangan suvni qo’shib, oddiy xamir qoring.
Xamirni zuvala qilib, ustini idish bilan yoping va 20-30 daqiqaga dam olishga qoldiring.

20 daqiqadan so’ng, xamirni to’rtburchak shaklda, 0,5 mm qalinlikda qilib yoying. Bu qavatli xamir o’ziga xosdir. Bunda klassik fransuzcha xamirdan farqli o’laroq, qatlamlar stolga perpendikulyar bo’ladi.
Yoyilgan xamirga 100 gramm eritilgan yog’ yoki sariyog’ yoki margarin surting.
Yog’langan xamirni zich rulet qilib o’rang va 18 ta teng qismga bo’lib oling.


Kesilgan xamirning har bir qismini ko’ndalang qilib qo’yib, kaft bilan bosib, kulchacha shaklini bering. Somsa uchun xamir bo’lakchalarini taxtaga qo’yib, ustini plyonka bilan yopib, yarim soat muzlatgichga yoki ikki soat sovutgichga qo’ying.
Somsa uchun go’shtli nachinka tayyorlash uchun 0,5 kg piyozni kubik shaklida to’g’rab oling, 0,5 kg go’shtni ham tomonlari 0,5 sm bo’lgan kubik qilib kesib oling, xohishga ko’ra go’shtni qiymalagichda maydalab olish yoki aksincha, yirikroq qilib to’g’rash ham mumkin.
Idishga go’sht va piyozni soling. Nachinkaga bir choy qoshiq tuz va bir choy qoshiq murch qo’shing, ta’bga ko’ra bir choy qoshiq maydalangan zira qo’shish ham mumkin. Barchasini yaxshilab aralashtiring, so’ng ustini yopib, chetga olib qo’ying.
Sovutgichdan somsa uchun tayyorlangan xamirlarni olib, har birini qalinligi 1 ml bo’lgan yupqa doira qilib yoyib oling.  Har bir doirachaning o’rtasiga qiyma qo’yib, uni teng qilib taqsimlang.


Xamirni uch tomonidan bir-birini ustiga qo’ygan holda navbati bilan qiyma ustiga ko’tarib tuging, unga uchburchak shaklini berish lozim. So’ng uchta burchagini ham alohida qatlab, bukish kerak.
Somsa pishirish listiga chokini pastga qaratgan holda teriladi. Yuzasiga tuxum sarig’i surtiladi, xohishga ko’ra kunjut sepish mumkin.
Qatlamli somsa 30 daqiqa davomida 180-200 °C haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishiriladi.
Tayyor bo’lgan somsa dasturxonga issiqligida tortiladi.

Farshli seld balig'i

Bu juda ham mazali! E'tiboringizga taomnoma uchun chinakam yangilikni taqdim etamiz. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib ajoyib ta'mni yuzaga keltiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Grechka palov

Xamma masalliqlar keraklicha hajmda maydalab to'g'raladi. Qizib turgan qozondagi yog'ga piyoz solib, novvot rang bo'lgunicha qovuriladi. So'ng go'sht solinadi. Biroz qovurilgach, pomidor solinadi. Yana birozdan so'ng kartoshka, sabzi, bulg'or qalampirlari, sarimsoq piyog' va ko'kat ketma-ket solinib, qovuriladi. Tuzi rostlanib, suv solinadi.......

Pirog "Pomidorli kish"

Mo'jizaviy ta'mga ega! Fransuz oshxonasining mashhur piroglaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, lazzatlanish baxtini ulashadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Olot somsa

Un elab, qaynatib sovutlgan suvga tuz solinadi.  Sho’roq qilib  qattiqina oddiy xamir tayyorlab olamiz. Xamirni yaxshilab mushlab tindiramiz. Ungacha qiymasini tayyorlab olamiz....

"Qo'ziqorin" gazagi

Ajoyib va nozik gazak! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida go'zal ko'rinishi va ta'mi bilan barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pishloqli karp balig'i

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozi, deyarli og'izda butunlay erib, mo'jizaviy lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qattiq pishloq retsepti

Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qolipdagi tuxum

Bolalar va kattalar uchun ajoyib nonushta! Birzumda tayyor bo'luvchi, mazali asos solib tayyorlangan tuxum. To'yimli va shuningdek foydali hamdir....

Gazak "Nozik suluguni pishlog'i"

Nomiga munosib nozik va juda ham mazali! Chexiya oshxonasining mashhur gazaklaridan biri. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchaga lazzat bag'ishlashi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Chuchvara

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 tuhum ta qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo'yiladi. Qozonga suv solinib gazga qo'yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to'g'ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi....

Fikr qo'shish