Paxlava

Paxlava
Paxlava


Paxlava – mashhur qandolatchilik pishirig’i bo’lib, qiyom quyilgan qavatlangan xamir va yong’oqdan iboratdir. Paxlava shirinligini tayyorlash sharq xalqlari oshxonasida keng tarqalgan. O’zbek oshxonasida paxlava an’anaviy tarzda Navro’z bayramida dasturxonga tortiladi.

PAXLAVA RETSEPTI
Paxlava tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo’ladi:

sariyog’ – 350 g
smetana – 300 g
tuxum – 4 dona
un – 4 stakan
iste’mol sodasi – 1 choy qoshiq
shakar – 2,5 stakan
yong’oq – 2 stakan
asal – 2 osh qoshiq
PAXLAVA TAYYORLASH JARAYONI
Paxlava tayyorlashning juda turli usullari mavjud, ushbu retseptda ulardan biri keltiriladi.

Dastavval paxlava xamirini tayyorlash kerak. Un 300 gramm sariyog’ bilan aralashtiriladi, so’ng 3 ta tuxum sarig’i, smetana va soda qo’shiladi, xamir qorilib, 1 soatga sovutgichga olib qo’yiladi.

So’ng sovutgichdan olinib, xamir 8 ta kichik zuvalalarga bo’linadi. Zuvalarning ikkitasi biroz kattaroq bo’lishi kerak. Bu eng pastki va eng ustki qavat uchundir.
Nachinka tayyorlash: yong’oqlarni maydalash kerak, lekin un kabi juda maydalab yuborish ham yaramaydi, kichik bo’lakchalar qolishi kerak. Yong’oqni shuningdek qovurib olish ham mumkin. Buning uchun yong’oq 150 darajagacha qizdirilgan pechga 5-7 daqiqaga qo’yib olinadi. Bu paxlava tayyorlash sirlaridan biridir, qovurilgan yong’oqlar bilan paxlava yanada mazali chiqadi.
4 ta tuxum oqi, shakar va maydalangan yong’oq birlashtiriladi.
Har bir xamir zuvalasi un sepilgan yuzada ingichka qilib yoyiladi.
Protivenga qavat qilib xamir yoyiladi, har bir qavat ustiga bir tekisda nachinka qo’yiladi, lekin zich tarzda emas. Shu tariqa xamir-nachinka ketma-ketligida davom ettiriladi. Eng pastki va ustki qavat xamirlari biroz qalinroq bo’lgani yaxshi, shunda u yopishib qolmaydi yoki kuymaydi.


Eng ustik qavat xamir bilan tugaydi. Hosil bo’lgan pirog romb shaklida kesib chiqiladi, ustiga tuxum sarig’i surtiladi, yong’oq bilan bezaladi. 200 daraja 40-50 daqiqa pishirib olinadi.


Tayyor bo’lishiga 5-10 daqiqa qolganda, pechdan olinib, ustidan erigan 50 gramm sariyog’ va asal aralashmasi quyiladi va yakuniy tayyor bo’lishi uchun pechga qaytariladi.
Shuni ta’kidlash joizki, protivendan faqat sovugan paxlavani chiqarib olish mumkin. Aks holda pishiriqning issiqligida suyuq bo’lgan qiyomi oqib ketadi!
Yoqimli ishtaha!

Muzqaymoq tayyorlash - retsepti, sirlari, uy sharoitida tayyorlash usullari, masalliqlar

Muzqaymoq barcha yoshdagi kishilar xush ko’ruvchi desert hisoblanadi, bolalar ham, kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi. Keng assortiment har bir kishi o’zining sevimli ta’midan rohatlanishiga imkon beradi: sof va qo’shimchalarli plombir, sutli va qaymoqli muzqaymoq, mevali va shokoladli, vaflyali stakanchada va shokoladli glazur bilan....

Bulochka tayyorlash - retsepti, usullari, xamirturushli bulochka uchun masalliqlar

Bulochka – odatda yumaloq yoki oval shaklda bo’lgan kichik nonchalar. Bu kabi pishiriq juda mashhur – bolalikdan buyon barcha mazali bulochkalarni sevib iste’mol qiladi: shirin bulochkalar, mak, mayiz, dolchin, murabbo, kunjutli, uyni eslatadigan bulochkalar. Agar siz uy sharoitida tayyorlash uchun bulochka retseptini, xamirini tayyorlash...

Gilos-tvorogli pirog

E'tiboringizga nozik va juda ham mazali pirog retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Vanilinli panna kotta deserti

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Taomnomaga o'zgartirish kiritishning vaqti keldi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa bayram dasturxonida barchani lol qoldirishi turgan gap. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Turkcha biskvit

Ko'rkam va yumshoq. E'tiboringizga Turk oshxonasining retseptlaridan birini taqdim etamiz. Har qanday tort uchun ajoyib tanlov. Tayyorlanishi oddiy, natijasi sizni lol qoldirishi turgan gap....

Napoleon tort tayyorlash: uy sharoitida, retsepti, bosqichlari, sirlari, xamiri va kremi

“Napoleon” torti – butun dunyo sevib iste’mol qiladigan eng mazali shirinliklardan biri. Italiya va Fransiyada bu tortni  “ming qatlam” deb atashadi, Belgiya va Niderlandiyada esa shunga o’xshash “Tompus” shirinligi mavjud va u ko’pirtirilgan qaymoq va pushti glazurdan iborat.  Qizig’i shundaki, ko’pincha “Napoleon”  torti, qandolatchilik...

Krokembush - Fransuz shirinligi

Krokembush - fransuzcha tort hisoblanib, yengil va hushta'm. Tayyorlanishi biroz vaqtingizni olsada, natijasi har qanday dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi....

Olmali pirog tayyorlash retsepti - sharlotka, klassik variantlari, maslahatlar

Olmali pirog tayyorlash retseptlari juda ko’p. Biroq, eng ko’p xush ko’rib iste’mol qilinadiganlari sanoqli. Biz maqolada ikkita eng mashhur piroglar retseptini ko’rib chiqamiz....

Qora shahzoda shirinligi

Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo'yamiz.  Idishda tuhum va shakarni oppoq bo'lgunicha ko'pirtiramiz. Salat yog'i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz. Aralashmamiz suyuq kashasimon bo'lgunicha un qo'shiladi. Duhovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo'lib, qizigan...

Shakarli mastika

Tortlarni bezashda va tort ustiga o'yinchoqlar yasash uchun ajoyib tanlov. Tayyorlangan mastikaga har xil oziq-ovqat rangidan qo'shib, o'yinchoq, gullar yasab tortni bezashda foydalanish mumkin....

Fikr qo'shish