Pitsa tayyorlash: uy sharoitida, usullari, retsepti, xamiri, masalliqlar, sirlari

Pitsa tayyorlash: uy sharoitida, usullari, retsepti, xamiri, masalliqlar, sirlari
Pitsa tayyorlash: uy sharoitida, usullari, retsepti, xamiri, masalliqlar, sirlari


“Pitsa” Italiya milliy taomi hisoblanadi. Bugungi kunga kelib bu tansiq ochiq pirogni butun dunyo ahli sevib iste’mol qiladi. Pitsa – bu yumaloq shaklga ega ochiq pirog bo’lib, uni asosini tomatli yoki pomidorli sous va erigan pishloq tashkil etadi. XVII asrda paydo bo’lgan bu taomni hozirgi kunda juda ko’p retseptlari va tayyorlash usullari mavjud. Pitsa uchun ayni bir masalliqlar mavjud emas, uni har bir kishi o’z istak-xohishidan kelib chiqib o’ziga yoqqan maxsulotlardan tayyorlasa, yoki kafe va restoranlar taklif etadigan menyudan ta’biga mos pitsa turini tanlasa bo’ladi. Ushbu maqolada pitsa tayyorlash usullari batafsil ko’rib chiqiladi.

PITSA TAYYORLASH USULI: KERAKLI MASALLIQLAR
Xamir uchun:

500 g un;
30 g yangi xamirturush;
1 choy qoshiq shakar;
1 choy qoshiq tuz;
3-4 osh qoshiq zaytun moyi (kungaboqar yog’i ham bo’ladi);
1-1,5 stakan iliq suv (240-320 ml).
Pomidorli sous:

3 ta pomidor, tozalangan va to’g’ralgan;
5 ta sarimsoq bo’lagi, maydalangan;

Bir shingil mayda to’g’ralgan ko’kat;
1/2 choy qoshiq shakar;
1 choy qoshiq zaytun moyi;
tuz;
2 osh qoshiq tomat pastasi.
Qo’shimchalar:

300 gramm maydalangan qattiq pishloq (ixtiyoriy: parmezan, gauda, xorazm pishlog’i, motsarella);
qo’ziqorin;
zaytun;
dudlangan kolbasa;
shirin bulg’or qalampiri;
pomidor;
dudlangan tovuq go’shti;
ko’kat.
Pitsa tayyorlash sirlari shundaki, masalliqlarni o’z xohishingizga binoan tanlashingiz mumkin!

UY SHAROITIDA PITSA TAYYORLASH RETSEPTI: BOSQICHMA-BOSQICH
Ishni xamir qorishdan boshlaymiz. Eng avvalo un, xamirturush va shakarni bir idishga solib aralashtirib olamiz.
So’ngra unga yog’, suv va tuz solib xamiq qoramiz. Xamir o’rtacha yumshoqlikda bo’lishi kerak.
Tayyor xamirni 1,5-2 soatga tindirishga qo’yamiz.
Xamir tinguniga qadar pomidorli sousimizni tayyorlab olamiz. Buning uchun tovaga yog’ solib, pomidor va sarimsoq piyozni biroz qovurib, unga mayda to’g’ralgan ko’kat va qolgan masalliqlarni qo’shamiz va 2-3 daqiqa davomida dimlab olamiz. Agar sizda pomidor bo’lmasa, sous o’rniga tomat pastasi ishlatishingiz mumkin. Buning uchun tomat pastasiga ozgina suv, sarimsoq piyoz, ta’bga ko’ra tuz va ziravorlar qo’shib, biroz qaynatib, so’ngra sovutib olsangiz bo’ldi.
Tindirilgan xamirni xohishga ko’ra yupqa yoki qalinroq qilib aylana shaklida yoyamiz. So’ngra yoyilgan xamirni gaz pechi tovasiga olamiz va qo’limiz bilan chetlarini ozgina ko’tarilib turadigan qilib tekislab olamiz.
Yoyilgan xamir ustiga sous suramiz. So’ng ketma-ketlikda to’g’ralgan masalliqlarimizni terib chiqamiz va gaz pechiga 4-6 daqiqaga qo’yib olamiz. Bunda masalliqlar va xamir ozgina pishadi. Shundan so’ng pitsa ustiga maydalangan pishloq sepib chiqamiz, uning ustidan pomidor halqalari va ko’kat sepamiz va yana 200 ºC haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo’yib, tillarang tusga kirguncha pishirib olamiz.
Ko’rib turganingizdek bu ajoyib taomni tayyorlash juda ham oson. Yoqimli ishtaha.

"Julyen" pirogi

Fransuz oshxonasining mashhur taomlaridan biri. Juda ham mazali va nozik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Balish

Kartoshka, dumba mayda kubik qilib to'g'raladi. Ko'katlar tozalab to'g'raladi. Ziravorlar qo'shib aralashtiriladi. Hamir tayyorlanishi: Un ichiga margarinni to'g'rab solamiz. Va urvoq xoliga keltiramiz. Qatiqni kosaga solib, va iste'mol sodasi, tuz, tuhum oqini qo'shib, yahshilab aralashtiramiz. Va unli massaga qo'shib, hamir qoramiz. Tayyor hamir...

"Qo'ziqorin" gazagi

Ajoyib va nozik gazak! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida go'zal ko'rinishi va ta'mi bilan barchani lol qoldiradi. Taomnomadan o'z o'rnini egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pitsa tayyorlash: uy sharoitida, usullari, retsepti, xamiri, masalliqlar, sirlari

“Pitsa” Italiya milliy taomi hisoblanadi. Bugungi kunga kelib bu tansiq ochiq pirogni butun dunyo ahli sevib iste’mol qiladi. Pitsa – bu yumaloq shaklga ega ochiq pirog bo’lib, uni asosini tomatli yoki pomidorli sous va erigan pishloq tashkil etadi. XVII asrda paydo bo’lgan bu taomni hozirgi kunda juda ko’p retseptlari va tayyorlash usullari...

Qo'ziqorin-kartoshkali rulet

Mazali, tez va to'yimli. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirishi turgan gap. Taomnoma uchun yangilik. Ajoyib gazak o'rnini va mazali pirog o'rnini ham egallaydi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kesma lag'mon

Qozonga 1 cho'mich yog' solinadi. Yog' qizigach, to'g'ralgan piyoz solib, qizargunicha qovuriladi. So'ng, yirik somoncha shaklida to'g'ralgan go'sht solinadi. Go'sht biroz qovurilgach, ustiga to'g'ralgan pomidor solinadi va qovurishda davom etiladi. Pomidor ezilib, yo'q bo'lgach, 1 kosa suv solinadi. Suv qaynab chiqqach, olov pasaytirilib, go'sht...

Qatlama tayyorlash retsepti - bosqichma-bosqich ko'rsatma + foto

O’zbek milliy xamirli pishiriqlarining turli xillari mavjud va ularning barchasi o’ziga xos ravishda juda mazalidir. Ana shunday pishiriqlardan biri qatlama bo’lib, u qavatli xamirni yog’da qovurish usulida tayyorlanadi. Uning retsepti quyida batafsil....

Qattiq pishloq retsepti

Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pishloqli karp balig'i

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozi, deyarli og'izda butunlay erib, mo'jizaviy lazzatlanish baxtini taqdim etadi. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Patir tayyorlash resepti - piyozli va piyozsiz turlari, tavsiyalar

Patir (fatir) – Osiyo mamlakatlari xalqining an’anaviy hisoblanadigan pishirig’i, u choyga ham, ovqatga ham ajoyib qo’shimcha bo’ladi. Ushbu retseptdagi patirni piyoz bilan ham, piyozsiz ham tayyorlash mumkin....

Izohlar 3

  1. Офлайн
    princec
    princec 26 декабря 2021 12:58
    Men ham qushilaman meda ham óxshamadi
  2. Офлайн
    karaleva
    karaleva 3 июля 2020 13:59
    bu yolgon men har safar pitsa pishiraman hech ohshamaydi
    1. Офлайн
      aktrisa shaxnoza
      aktrisa shaxnoza 3 июля 2020 14:03
      karalevaning gapiga men ham koshilaman mendayam shu ahvol

Fikr qo'shish