Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto

Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto
Dimlama tayyorlash: retsepti, usuli, bosqichlari, uy sharoitida pishirish, foto


Dimlama – O’zbekistondagi eng mashhur taomlardan biri. “Dunyo xalqlari oshxonasi” tanlovining qatnashchisi sanaladi. Turli sabzavot va ko’katlar bilan go’sht kombinatsiyasi bu taomni nafaqat mazali va foydali, balki bayramona yorqin va chiroyli qiladi. Dimlamaning o’ziga xos xususiyati shundaki, barcha sabzavotlar yirik kesilgan, qatlam bilan terilgan va go’sht bilan uzoq dimlanadi. Va, albatta, ajoyib ziravorlar to’plami – kinza, zira, bulg’or qalampiri va qizil qalampir muhim rol o’ynaydi. Bu kombinatsiya ko’pincha o’zbek oshxonasida keng qo’llaniladi va taomlarga noyob lazzat beradi.

DIMLAMA UCHUN KERAK BO’LADIGAN MAXSULOTLAR:
1 kg qo’zichoq yoki mol go’shti;
1 kg karam;
5 ta o’rtacha sabzi;
6 ta o’rtacha kattalikda pomidor;
9-10 dona kartoshka;
6 ta o’rtacha shirin qalampir (bulg’or qalampiri);
4-5 dona piyoz;
3 bosh sarimsoq piyoz;
arpabodiyon(ukrop), petrushka va kinza;
100 ml o’simlik yog’i
zira, koriandr, murch, qizil qalampir, dafna yaprog’i, tuz;
Bezak uchun rayhon va kinza.
DIMLAMA: BOSQICHMA-BOSQICH TAYYORLASH
1. Piyoz va pomidorni yarim halqalarga bo’lib oling.

2. Kartoshkani ikki yoki to’rt bo’lakka, har bir sabzini 5-6 bo’lakka bo’ib oling. Bulg’or qalampirini somoncha shaklida to’g’rab oling.


3. Ko’katlarni yirikroq qilib maydalang.

4. Karamni 8 qismga bo’laklab, o’zagi ya’ni qattiq qismini kesib tashlang. Sarimsoq piyozni ustki qatlamidan tozalab oling.

5. Ziravorlarni tayyorlab olamiz. Havonchada koriandr, zira, murch va qizil achchiq qalampirni yanchib oling. Buni blender yordamida qilsa ham bo’ladi.

6. Go’shtni mayda qismlarga bo’laklab oling.


7. Qozonga yog’ solib, yaxshi qizdirilgan yog’da baland olovda go’shtni qizarguncha qovurib oling.


8. Go’sht ustidan to’g’ralgan piyozni solib tillarang tusga kirguncha qovuring.


9. To’g’ralgan pomidorni soling va ustidan yanchilgan ziravorlarni sepib, olovni pasaytirib 5 daqiqa davomida dimlab oling.


10. Sarimsoq piyozni dimlanayotgan masalliqlar o’rtasiga qo’yib, ozgina bosib qo’ying.


11. Keyin navbatma-navbat sabzi va bulg’or qalampirini terib chiqing.

12. Ustidan karamni joylang. Karamni tuzlab, uni ustiga davna yaprog’i (лавровый лист) va ko’katlarning bir qismini soling.

13. Bu masalliqlar ustidan kartoshka va qolgan ko’katlarni solib, yengil bosib tekislab oling.


14. Ikki stakan qaynatilgan tuz solingan suv soling. Qozon qopqog’ini zich yoping. Qozon tagini minimal darajada past qilib 1,5 soat mobaynida dimlab qo’ying.


15. Ushbu taomni katta umumiy idishga yoki alohida kosalarga suvli qilib suzishingiz mumkin. Dasturxonga tortishdan avval, rayhon barglari yoki mayda to’g’ralgan ko’kat yordamida bezak bersangiz, Dimlama taomingiz yana ham ishtahali ko’rinish oladi. Yoqimli ishtaha!

Chuchvara

1 kosa suvda 1 osh qoshiq tuz eritiladi. Tayyor eritma unga solinadi va 2 tuhum ta qo'shib, hamir qoriladi. Hamir yahshilab mushtlab, tindirib qo'yiladi. Qozonga suv solinib gazga qo'yiladi. Suv qaynab chiqqach, 2-3 dona mayda to'g'ralgan piyoz va kartoshkalar solinadi....

Ozish uchun mo'jizaviy Sassi kokteyli

Sassi ichimligini butun umri davomida ozish muammosi bilan o’tgazgan doktor Sintiya Sass ixtiro qilgan. Bu ichimlik sog’lamlashtirish, osilib qolgan qorinni yo’qotish va hozirgi butun jahon ozish muammosini bartaraf etadi....

Ko'za sho'rva

Ko'zalarning ichiga, avval, kerakli bo'laklarga bo'lingan go'sht, sabzi, kartoshka, pomidor, piyoz, sarimsoq piyoz, bulg'or qalampirlari, ko'katlar solinadi va tuzi rostlanadi. Ta'bingizga ko'ra ziravorlar solsa xam bo'ladi. Ustidan, masallliqlarni ko'mgunicha suv solinadi. So'ng, ko'zalar oldindan qizdirilgan gaz duhovkasiga joylashtiriladi....

15 daqiqa ichida 3ta qiziqarli nonushta

Biz nonushtaga buterbrodlar, bo'tqalar va yana bir qator standart narsalar iste'mol qilishga ko'nikib qolganmiz. Agar ertalabki nonushtaga biroz o'zgartirish kiritsak-chi?...

Pishloqli mandarinlar gazagi

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozik va mazali gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Kartoshkali pirojki

Bu usul bilan tayyorlangan pirojkilar barcha oila a'zolari uchun juda ham ma'qul bo'ladi. Mashhur retseptlardan biri. Ushbu retsept taomnomangizdan o'rin olishi turgan gap. Ushbu retsept bo'yicha albatta tayyorlang !...

Norin tayyorlash - retsepti, usullari, sirlari, kerakli masalliqlar, xamiri va go'shti

Norin bu somoncha qilib kesilgan go’sht va maxsus xamir, piyoz, murch aralashmasi va xushbo’y bulyon bilan tortiladigan juda mazali taomdir. Uni tayyorlash uchun an’anaviy tarzda qo’y yoki ot go’shtidan tayyorlangan bulyon va ishlatilishi shart bo’lgan masalliq – qazidan foydalaniladi. Xo’sh, norin qanday tayyorlanadi?...

Qattiq pishloq retsepti

Ko'pchilikning sevimli mahsuloti bo'lgan pishloq retseptini e'tiboringizga taqdim etamiz! Bu juda ham mazali! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Yogurt - resepti, uy sharoitida 3 xil turini tayyorlash usullari, texnologiyasi, sirlari

Tabiiy yogurt – ochlik hissini yaxshi qoldiradigan, qisqa muddatda ozishga yordam beradigan, sog’lom nonushta sifatida xizmat qiladigan ajoyib mahsulotdir....

"Julyen" pirogi

Fransuz oshxonasining mashhur taomlaridan biri. Juda ham mazali va nozik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirish bilan birga, lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun chinakam yangilik! Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Fikr qo'shish