Tushda ayol ko'rish ta'biri - xosiyati, nimadan darak berishi talqini

Tushda ayol ko'rish ta'biri - xosiyati, nimadan darak berishi talqini
Tushda ayol ko'rish ta'biri - xosiyati, nimadan darak berishi talqini


Tushda ayol ko’rish – tush ko’ruvchi bilan nima sodir bo’lishi mumkinligini anglatadigan ma’noga ega. Bunda ayol bilan birgalikda yanda qanday holatlar tushga kirganligini inobatga olish kerak. Ayolning tashqi ko’rinishi va xatti-harakati tush ta’birini aniqlab beradi.

Erkak kishi tushida ayol bo’lib qolsa – o’ngida aqliy qobiliyatlari bilan bog’liq noxush hodisa sodir bo’lishi mumkin.
Oq libosdagi ayolni ko’rish – omad va baxtga.
Tushda ayol bilan bahslashish – kimdir sizni aldashga urinmoqchi bo’lishiga.
To’shakda yotgan ayolni ko’rish – erning kuchli rashki asossizligiga ishora.
Agar kishi tushda samimiy va mehribon ayolni ko’rsa, u bilan suhbatlashishdan zavq olsa – bu yaqinda uning hayotini o’zgartirib yuboradigan katta aldovning yaqinligini anglatadi.
Yosh va chiroyli ayol bilan uchrashish- xayrli ishora, kelajakda sizni katta quvonch kutmoqda.
Keksa ayol – oqilona qaror qabul qilish kerakligiga.
Soqolli ayol ko’rsa – sizni xafa qiladigan g’iybatga duch kelishingiz mumkinligiga.
TUSHDA AYOL KO’RISH: PSIXOLOGIK TUSH TALQINI
Odatda bu obrazning uch turi mavjud. Tushning ta’biri muayyan obrazning turidan kelib chiqib talqin qilinadi.

Birinchi turdagi ayol – o’ziga rom etadigan ma’shuqa. Agar tushda qizil libosli ayol ko’rsangiz, unda oldinda sizni vasvasa kutmoqda. Ishbilarmon kishilarga puxta o’ylanmagan qaror qabul qilish tavsiya etilmaydi, tez va katta muvaffaqiyatga erishish mumkinligidek ko’rinadigan imkoniyat ortida aldov turgan bo’lishi mumkin.

Ikkinchi turdagi ayol – ona obrazi. Agar ona yig’layotgan yoki xafa bo’lsa, bunday tushlar ogohlantirish sifatida qabul qilinishi kerak. Ehtimol siz asossiz harakat, shoshqaloqlik qilishingiz va buning xato ekanligini anglamasligingiz mumkin. Ona bilan qalban suhbat qilish – ishlarning o’ngidan kelishiga. Agar bir ayol o’zini kishining onasi deb tanishtirsayu, lekin aslida begona bo’lsa, o’ngda “yemagan somsa uchun pul to’lash” kerak bo’ladi.
Odamlar tez-tez ko’rgan uchinchi obraz – suyukligi yoki xotini. Agar tushga bunday turdagi ayol kirgan bo’lsa, unda ruhiy holatga e’tiborga berish kerak. Agar siz xavotir sezgan bo’lsangiz, unda real hayotda yoki oilada qiyinchiliklar kutishi mumkin.
TUSHDA AYOL KO’RSA: ROMANTIK TUSH TA’BIRI KITOBI
Homilador yoki aravachali ayol bo’lsa – yangi oila a’zosini kutish.
To’y libosidagi ayol – kelajakda ko’ngilga yaqin kishi bilan nikoh qurish.
Ko’pincha erkaklar jinsiy qoniqmaslik tufayli erotik tushlar ko’radi. Bunga ishora sifatida tushda yalang’och ayol ko’rish yoki u bilan yaqin munosabatda bo’lish qabul qilinadi.
Agar tushda ayollar shovqin-suron qilsa, katta tashvishga ishora.
XXI ASR TUSH TA’BIRI KITOBI: AYOL
Tushdagi go’zal, chiroyli ayolni ko’rish – boylik, hashamat va daromadga.
Xonimlar janjallashayotgan bo’lishsa – ruhiy bezovtalik belgisi.
Tushda ayol kishini labiga o’pish – g’alaba yoki katta foydaga ishora.
Transportda zaifaga joy berish – real hayotda kimningdir hiylasiga tushib qolish.
Tushdagi ayol bilan qo’shilish – janjalalshib qolishga.
Oq sochli xonim – yetti o’lchab bir kesish kerakligidan darak.
MISS XASSE TUSH KITOBI BO’YICHA
Ibodat qilayotgan ayolni ko’rish – yaxshi vaqtlar kelishiga.
Homilador ayol – quvonch.
Ayollar majlisi – xafa bo’lish.
Ayolni o’pish – ko’p pul ishlab topish.
Sochlari uzun bo’lgan qiz – salomatlik.
Sariq sochli ayol – sevgi rishtalarining mustahkam emasligi.
Agar u kulayotgan bo’lsa – katta quvonch.
FRANSUZCHA TUSH TA’BIRLARI KITOBIDA
Agar tushda ayol ibodatxonada bo’lsa, real hayotda tasalli va xotirjamlikni bashorat qiladi.
U xonadon, xona ichida bo’lsa – yangi rejalar tuzish, taqdirda muhim o’zgarishlarga.
Agar chiroyli va kulayotgan ayol bo’lsa – hursandchilik uzoqqa cho’zilmasligiga.
Yovuz, xo’mraygan yoki yuzida uqubat aks etgan ayolni ko’rish – tirishqoq, mehnatsevar va jabbor bo’lishi kerakligiga ishora. Omad kulib boqishi o’zini uzoq kutdirmaydi.
Ayol uchun zargarlik buyumi sotib olish – muvaffaqiyatga erishish, biznesda daromad.
Ko’plab ayollarning raqs tushishi – yolg’on va firibgarlikdan ogohlantirish.
Tush kitobiga ko’ra, agar tushda ayol kishining qo’llarini ko’rish – tashvishlar behuda ekanligidan darak.
Ayol bilan bahslashish – ayyorlik tufayli rejalarning barbod bo’lishi.
Qora sochli va ko’k ko’zlari bo’lgan ayolni ko’rish – kurashdan chiqish.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Arpa. ko'rsa

Arpa tushda ko’rilsa, mashaqqatsiz risqdir....

Tushda G’OZ VA TOVUQ GO’SHTI ko'rsa

— tushida tovuq go’shtini ko’rgan yoki yegan kishi xotin tomonidan foyda......

Tushda Balchiqli loy ko'rsa

Kimki tushida balchiqli loydan yursa, unga keladigan g’am-tashvish, mashaqqatlarga......

Tushda Tili soqov bo’lsa ko'rsa

Agar soqov bo’lsa dini fasod bo’ladi....

Tushda To’p, koptok ko'rsa

O’ngda tortishuv va xusumatga dalolat. Yana ko’chishga dalolat....

Tushda Soatlar ko'rsa / Тушда Соатлар курса

Tushingizda qadimiy soatlarga qarayotganlik - kelajakda sizning o'tmishdagi xatolaringizdan qattiq pushaymon bo'lishingizni bildiradi....

Tushda Yolg’on ko'rsa

Yolg’on- insofsizlik...

Tushda Kichik til, tilcha ko'rsa

Kim tushida kichik tili o'sib, tomog'ini to'sib qo'yadigan darajada bo'lsa, bu......

Tushda Hayvon dumbasi ko'rsa

Qo'y dumbasi qasam ichishga orzu va ilmga dalolat....

Tushda Havzi kavsar ko'rsa

Tushda Havzi kavsar korsa Agar tushda rosul s.a. v havzi kavsardan suv olib bersalar, va o'sha suvni ichsa, rosul s.a.v shafoatlaridan bahra oladi....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Эрназаров рузматилло
    Эрназаров рузматилло 13 сентября 2021 07:41
    Агар туйи куни огайнилари блан магазинга кирса ӯ ерда бирор аёл кариндошини куриб колиби кул бериб куришсак нима булади.
    Яна келинди ким эканлигини умуман уйламидихам

Fikr qo'shish