Tushda baliq ko'rsa, tutsa nima bo'ladi - baliq ko'rish, ovlash, yeyish ta'biri

Tushda baliq ko'rsa, tutsa nima bo'ladi - baliq ko'rish, ovlash, yeyish ta'biri
Tushda baliq ko'rsa, tutsa nima bo'ladi - baliq ko'rish, ovlash, yeyish ta'biri


TUSHDA BALIQ KO’RISH: MILLER BO’YICHA
Agar tushda baliq toza suvda suzib yurganini ko’rsangiz, taqdir sizni saxovatlik ila taqdirlaydi. Tushda o’lgan baliq ko’rish – qayg’u va yo’qotishlarni bashorat qiladi. Agar yosh kishi tushda baliq ko’rsa – uni baxtli muhabbat kutmoqda. Baliq ovlash va tutish – sizni jiddiy sinovlar kutishidan gapiradi, agar ruh mavjudligini saqlab qola olsangiz, uni osonlikcha yengasiz. Baliq ovi tomosha qilish – bu siz kuch-quvvatga to’lishingiz va qulay vaziyatlardan oqilona foydalana olishingizni anglatadi. Agar siz baliq ovida hech narsa tutmasangiz va quruq qo’l bilan uyga qaytsangiz – bu umidlaringiz behuda ekanligini bildiradi. Agar siz baliq bozoriga borsangiz – o’ngingizda sizni farovonlik va to’kislik kutmoqda. Baliqchilik to’rini ko’rish – biron narsa sotib olishni va’da qiladigan tush, lekin agar to’r yirtilgan yoki teshilgan bo’lsa, unda noxushliklar kuzatilishi mumkin. Agar siz tushda baliq ovlash uchun ilgakni ko’rsangiz, bu tush o’z taqdiringini o’zingiz hal qilish uchun barcha imkoniyat mavjudligidan.

NOSTRADAMUS TUSHLAR TA’BIRI: TUSHDA BALIQ KO’RSA
Baliq – ikkilanish, qiyinchilik, beqarorlik ramzidir. Tushda osmondan baliq tushsa yoki baliq yo’gsa yomon belgidir. Bu ofatlar, kasofatlar belgisi.

Tushda baliq tutsa – qiyin holatdan chiqish yo’lini topishga harakat qilish.


Ko’p miqdorda baliqlar bir joyga to’planganini ko’rish – hadeb ham taqdirga tayanavermaslik kerak, aks holda imkoniyatlarni qo’ldan boy berish mumkinligidan ogohlantiradi.

Tushda uchta baliq ko’rish baxt nishonasidir. Tushga baliq iste’mol qilish kirishi – kutilmagan, lekin yoqimli yangiliklar eshitishdan. Agar tushda baliq chirigan bo’lsa – kutilmagan mish-mishlar nufuzli odam bilan aloqangizni buzishidan guvohlik beradi.

TUSHGA BALIQ KIRSA: FREYD TUSH TA’BIRI BO’YICHA
Agar tushda baliq ovlash bilan band bo’lsangiz, hozirgi muammolar va tashvishlar haqidagi o’ylar jinsiy yaqinlik vaqtida sizga tinchlik bermasligidan. Hech bo’lmasa bir muddat hayotingizda mavjud bo’lgan barcha muammolarni va tashvishlarni unuting va o’zingizni sevgiga topshiring. Aks holda, juda qisqa vaqt ichida jinsiy jihatdan nuqsonli odamga aylanish xavfi ostida qolasiz.

Tushda erkak kishi baliq yeyishi – jinsiy hayotda xudbin ekanligidan. Bunda ikkinchi tomon nima his etishi sizni umuman qiziqtirmaydi. Siz uchun eng muhim narsa – o’z ibtidoiy ehtiyojlaringizni qondirishdir.

Tushda baliq ovlash va hech narsa tutmaslik – bu real hayotda siz yotoqda uyalib qolishdan qo’riqishingizni anglatadi. Ehtimol, bu qo’rquvning sababi birinchi muvaffaqqiyatsiz jinsiy tajribadir. Bo’lib o’tgan voqealarga falsafiy nazar soling – o’tgan ish o’tib ketdi.

Umuman tushda baliq ko’rish hayotiy talablarni qondirish yo’llarini qidirish natijasi bo’lishi mumkin.

TUSHDA BALIQ OVLASH VA YEYISH: SVETKOV BO’YICHA
Tushda baliq tozalash – o’z xatosi tuayli omadsizlikka duchor bo’lish.
O’lgan baliqni ushlab ko’rish – kasallikka.
Baliq yeyish – tashvish, havotirlanish.
Tushda suvda tirik baliq ko’rsa – ishlarda omad kulib boqishi, umid mavjudligi.
Tirik baliq tutish – katta muvaffaqqiyat.
Boshqa birov baliq tutishini ko’rish – farzand tug’ilishi.
Ayol kishi tushda baliq ushlasa – badavlat insonga turmushga chiqishidan.
Chirigan, hidlangan baliq – kutilmagan boylik, kutilmaganda daromadning oshishi.
Tushda o’lgan baliq tutish – orzularning ushalmasligi.
Turli rangli baliqlar – bemor inson yaqinda tuzailb ketishidan darak, sog’lom odam uchun esa birov bilan urushib qolish.
Ayol kishi kichik baliqcha ko’rsa, bu homiladorlikka;
Tushda baliq tug’sa – ajoyib farzand.
Tushda baliq uchsa – muammolarning hal bo’lishi, barcha ishlarda muvaffaqqiyatga erishish.
Bir to’da baliq ustida o’tirish – shifo topish.
Tushda katta baliq ko’rsa – bu deyarli barcha tush ta’biri kitoblarida daromad, muvaffaqqiyat belgisi deya talqin qilinadi.
Tushda akula ko’rish – agar suzayotgan bo’lsa, ishlarning buzilishi, agar o’lik holda bo’lsa, himoya ramzidir.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda QIMOR ko'rsa

— tushida qimor o’ynayotganini ko’rgan odam o’ngida ko’ngilsizlikga duchor......

Tushda yomg‘ir yog‘sa nimani bildiradi

Tushida yomg‘ir yoqqanini ko‘rgan kishining qo‘liga halol mol tushadi. Momoqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqib, go‘fon ko‘tarilib, osmon qop-qora bo‘lgan holda yomg‘ir yoqqanini ko‘rish yurtda falokatlar bo‘lishiga ishoradir....

Tushda Yetim ko'rsa

Yetim- omad va omadsizlik...

Tushda Ustun, xoda ko'rsa

U tushda dindir. Agar xoda osmondan tushsa, odil do’stga ishora. Agar......

Tushda Tegirmon ko'rsa

U tush sohibining yashashi va do’konidir....

Tushda Bo’taloq ko'rsa

U tushda fayzli farzanddir. Kimning tushida bo’talog’i bo’lsa, u......

Tushda Temir ko'rsa / Тушда Темир курса

Temir - urush, qarama-qarshilik, dushmanlik, hokimiyat belgisidir....

Tushda OCHLIK ko'rsa

tushda ochlikni ko’rish mulkga ega bo’lish istagidir...

Tushda G'or ko'rsa

Kimdushmandan qochib g'orga kirsa, u dushmandan omonda bo'ladi......

Tushda Boy ko'rsa

Agar tushda o’zingizni boy ko’rsangiz, o’ngda og’ir kasallikka......

Izohlar 2

  1. Офлайн
    махлие
    махлие 15 апреля 2020 09:37
    салом куп тушлар туги келади нима килишим керак
    1. Офлайн
      Хошимжон
      Хошимжон 21 января 2024 05:42
      Нима килардингиз яратганга шукур килиб яхшисини сурайсизда. Чунки оллох бандасига факат яхшилик ато этади. Йомон холатлар узимизни хатоларимиздан келиб чикади.

Fikr qo'shish