Tushda bo'ri ko'rish ta'biri - bo'rilar ko'rsa, tishlasa, quvlasa nima bo'adi?

Tushda bo'ri ko'rish ta'biri - bo'rilar ko'rsa, tishlasa, quvlasa nima bo'adi?
Tushda bo'ri ko'rish ta'biri - bo'rilar ko'rsa, tishlasa, quvlasa nima bo'adi?


Tushda bo’ri ko’rish jamiyat oldidagi qarzdorlik mavjudligi, oilaga g’amxo’rlik qilish kerakligini bildiradi. Bu shuningdek ushbu tushni ko’rgan odam ko’proq g’amxo’rlik va qo’llab-quvvatlashga ehtiyoj ekanligini anglatishi mumkin. Boshqa ma’nolari qo’rquv, ayniqsa, burchakka qisib olinishdan, ayollar uchun o’zini noo’rin ko’z-ko’z qilish xarakati.

TUSHDA BO’RISH KO’RSA NIMA BO’LADI: MAYA TA’BIRI
Yaxshi belgi
Agar bo’rining og’zi qon bo’lsa, unda yaqinda sizda ishonchli va tayansa bo’ladigan do’st paydo bo’ladi.
Yomon belgi
Agar tushda bo’ri uxlab yotgan bo’lsa, dushmanlaringiz tez orada harakatga kirishadi va do’stlaringizning hech biri sizni himoya qila olmaydi.
TUSH TA’BIRI: BO’RI KO’RISH – N. GRISHINA BO’YICHA
Bo’rilarning uvillashini eshitish – muhtojlik, yolg’izlik.
Bo’ri to’dasini ko’rish – dushman bilan to’qnash kelish.
Bo’rilar galasi ichida bo’lish – tahdid.
Bo’rilar to’dasining shahdam qochib ketayotganligi – dushmanlardan zarar ko’rish.
Tushda bo’riga ov qilish – fitnaning fosh etilishi.
Bo’ri o’ldirish – dushman ustidan g’alaba qozonish.
Bo’ri go’shtini yeyish – vaziyat sizning foydangizga rivojlanishi.

Tushda bo’rini qo’lga olish yoki uni egallash – masxara bo’lish, kulgili holatga tushish.
Bo’ri – odamning ochko’zligi ramzi bo’lishi mumkin.
Bo’ri shubhasiz dushman. Agar siz tushingizda bo’rini o’ldirgan bo’lsangiz – o’ngingizda dushmanlaringizni yengib chiqasiz.

TUSHDA BO’RI KO’RISH: MILLER TUSH TA’BIRI BO’YICHA
Agar siz tushda bo’ri ko’rgan bo’lsangiz, sizning xodimlaringiz orasida behisob va mas’uliyatsiz odam bor. Ular kompaniya obro’siga putur yetkazishi mumkin.
Tushda bo’ri o’ldirish – o’ngda ayyor dushmanlarni yengish.
Bo’ri uvillashini eshitish – kimningdir fitnasini fosh etib, kuchli raqobat sharoitida g’alaba qozonish.
O’z-o’zidan bo’ri – kuch, erkinlik va mustaqillikni anglatadi.
TUSHDA BO’RI: QADIMGI FRANSUZ TUSHLAR KITOBI
Agar siz tushda bo’ri ko’rsangiz – bu tush sizni yaqin orada shafqatsiz va xoin inson bilan shartnoma tuzishingiz mumkinligidan ogohlantiradi. Agar tushda bo’ri sizni tishlasa, bu kasallik va zarar ko’rishni anglatadi. Tushda bo’ri ustidan g’alaba qozonish katta muvaffaqiyat, boylik belgisidir.

TUSH TA’BIRI: BO’RILAR – CHJOU-GUN BO’YICHA
Qo’rqinchli bo’ri qimir etmay tursa – rasmiy shaxs bilan baxtli uchrashuvni bildiradi.
Shoqollar, bo’rilar va yovvoyi itlar – o’g’ri va qaroqchilar ramzi.
Bo’ri oyoqdagi go’shtni g’ajiyotgan bo’lsa – vaziyatning noqulay kelishi haqida gapiradi.
Bo’ri quvlasa – janjallar, jarohat olish xavfi mavjudligi belgisidir.
TUSHDA BO’RILAR KO’RISH TA’BIRI
Kishi tushda bo’ri ko’rsa, bu uning atrofdagilari unga hasad qilishayotganini anglatishi mumkin. Tushda bo’ri uyga kirsa – hukumat bilan ziddiyatga kelish ehtimoli haqida ogohlantiruvchi belgidir. Agar bo’ri, bundan tashqari, uyga zarar yetkazsa, unda bu tush ta’qiblar bilan tahdid soladi. Bo’ri uyga zarar yetkazmagan bo’lsa, yuqori lavozimli odamning tashrifi uchun tayyor bo’ling. Tushda bo’rining kallasini ko’rish – shon-sharafga. Bo’ri sutini ichish – xavf-xatarga duch kelish mumkinligidan.

TUSHDA BO’RI KO’RSA: LOFF TUSH TA’BIRI BO’YICHA
Tushlarda bo’ri odatda yolg’izlik yoki yirtqich xulqining ramzi hisoblanadi. Agar tushda bo’rini ko’rgan bo’lsangiz, ehtimol buning ma’nosi sizga do’stona munosabatlar yetishmayotganligidir. Yana bir ssenariy – shaxsiy manfaat yo’lida boshqalar sizdan doimo bir narsa talab qilaverishidek tuyuladi yoki siz boshqalardan talab qilasiz. Barchasiga teran fikrlab aniqlik kiritish va sodiq do’stlar bilan aloqalarni mustahkamlash kerak.

Agar atrofingizdagilar sizda zarracha shubha uyg’otsa, bu tush ularga ishonishda ehtiyotkor bo’lish kerakligidan ham gapiradi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Boja ko'rsa

Tushda bojani ko'rish, oila ichidagi muammolarga va bir do'st bilan tortishuvga ishoradir....

Tushda Daryo yoki ko'lda yuvinish ko'rsa

Tushda daryo yoki ko'l suvida yuvinayotgan bo'lsangiz, sizni ko'plab tashvishlar kutadi, bu......

Tushda Kakku. ko'rsa

Kakkuning ku-kulashini tushda eshitish uzoq umrga ishora. Agar tushingizda kakku......

Tushda PAYG’AMBAR ko'rsa

Payg’ambarlar avliyolar va donishmandlarni tushda ko’rishning qisqacha tabiri quyidagicha......

Tushda BIYA ko'rsa

kimki tushida biya ko’rsa o’ngida barcha istaklari amalga oshadi....

Tushda ILGAK ko'rsa

kimki tushida ilgak ko’rib unga kiyim osadigan joyni topolmasa o’ngida......

Tushda Xiyonat qilganini ko'rsa

O’ngda yaqinlaringiz aldamaydi. Agar turmush o’rtog’ingiz xiyonat......

Tushda Xursandchilik, shodlik ko'rsa

Bu o’ngda g’am va xafalikka dalolat. Do’stlarini shod ko’rsa, yaxshi ishga dalolat....

Tushda uzum nimani anglatadi

Tushda uzum. Miller tush ta’birida. Millerni tush ta’birida eng negativ ta’biri kichkina ko‘ngilsizlik va havotirga deb aytiladi. Shunday qilib uzum shuni bildiradiki ,sizga kelgan muammolarni sizni faqatgina kuchli bo‘lishingizda sizga yordam beradi. Ishlaringizga shubha bilan qarashni brshlaysiz, ammo hammasi sekin asta o‘z joyiga tusha...

Tushda it ko'rish - u quvlasa, tashlansa, tishlasa, qochsa, ta'biri qanday?

Itlar ham vafoli do’st, ham ashaddiy dushman bo’lishi mumkin. Tushda it ko’rish – siz va ishongan do’stingiz orangizda munosabatlar ishonchli ekanligini anglatadi. Tushda yovvoyi it ko’rsa – bir qarashda hal qilib bo’lmas muammoni hal qilishga ishora. Albatta, har ikki holatda ham, tush ta’biri itning qay obrazda ekanligi aksi bo’ladi: yaxshi yoki...

Fikr qo'shish