Tushda soch ko'rsa - to'kilishi, kesish, oqarishi, soch oldirish ko'rish ta'biri

Tushda soch ko'rsa - to'kilishi, kesish, oqarishi, soch oldirish ko'rish ta'biri
Tushda soch ko'rsa - to'kilishi, kesish, oqarishi, soch oldirish ko'rish ta'biri


Soch erkak uchun buyuklik va hayotiy go’zallik ramzi, ayollar uchun esa go’zallik, inoyat, jozibalik timsolidir. Biologik jihatdan salomatlik, kuch, jozibani bildiradi. Agar tushda soch kishining qomati bilan birga ko’rilgan bo’lsa – bu o’sha odamning ahamiyatli ekanligini anglatadi. Agar sochlar kir, bitlagan yoki tabiiy rangga ega bo’lmasa yoki yuzdan, tana, qomatdan alohida ko’rinsa – bu har doim to’xtagan salbiy psixologiya yoki bo’sh erotizmning ramzi hisoblanadi. Tushda soch kestirish, yo’qotish – o’ngda ham uzoq muddatli mehnat natijasida erishilgan narsani yo’qotishni anglatadi.

TUSHDA SOCH KO’RISH TA’BIRI
Soch – hayotiylik, quvvat, fikrlash teranligi va erkalik ramzi. Chiroyli qilingan turmak – donolik va hayotiy kuch belgisi.
Agar ayol kishi tushda soch ko’rsa, u holda tushning ma’nosi yuqoridagidan farq qiladi. Azaldan yoyilgan sochlar ayolning shahvoniy chaqirig’i, hijob yoki ro’molcha o’rash – kamtarlik va ibo-hayo belgisi hisoblangan. Shu sababli uzun va yoyilgan sochlarni ko’rish – muhabbat istash belgisi.
Agar tushda soch rangi o’zingizning sochingiz rangidan farq qiladigan bo’lsa, bunday tushga alohida e’tibor qaratish lozim. Qizg’ish rangli soch aldov va makkor rejalar haqida gapiradi, atrofingizdagi odamlarga ko’p ham ishonmaslik kerakligidan ogohlantiradi.
Oqargan sochlar tush kitobida sog’liqning yomonlashishini, siz haqingizda yomon g’iybatlar tarqalishi mumkinligidan deb keltiriladi.
Yorqin rang boylik va to’kislik ramzi.
Jigarrang soch sizning xarakteringiz shuhratiga urg’u beradi.
Tushda noodatiy rangli soch ko’rsa – kelajakda o’zingizni namoyon etish imkoniga ega bo’lishingiz mumkinligini ko’rsatadi.
Tushda soch kesish – ko’ngilsizlik va yo’qotishlarga, boshqa odamning sochini qirqish – katta foydaga. Yigitlar uchun bu tush xarbiy xizmatni o’tashdan darak bo’lishi mumkin. Qiz bola tushida dugonasining sochini kessa, bu uning maslahatlariga ko’p ham quloq solmaslik, u to’g’ri va yaxshi maslahat bermasligini anglatadi. Biron kishining sochini qaychi bilan olish – siz katta muvaffaqiyatlarga erishasiz, sizning orzularingiz amalga oshadi.
Sochlar aro bittagina oqargan soch topib olish va uni yulib tashlash – kimningdir dono maslahatini bee’tibor qoldirayotganlikdan. Kishi tushda oq soch ko’rsa va u o’ziga tegishli bo’lsa – u endi ulg’ayib, hayotning yangi bosqichiga tayyor ekanligiga ishora.
TUSHDA SOCH KO’RSA NIMA BO’LADI: PSIXOLOGIK TALQIN
Soch qadimdan bizni ongimiz tomonidan odamning xarakterining aksi sifatida qabul qilingan. Qadimgi afsonalarda yumshoq, to’g’ri va qaysar bo’lmagan soch egalari yengil va moslashuvchan xarakterga ega, ammo jingalak va qaysar sochli kishilar ko’proq bezorilikka monand bo’ladi deyilgan. Tushda sochning turi o’zgaradigan bo’lsa, uning yangi turiga mos ravishda hayotda ham shunday o’zgarishlar yuz berishidan.


Tushda soch to’kilishi – o’ngda yaqinlaringizning kasallanib qolishiga duch kelishdan. Soch juda ko’p to’kilgan bo’lsa ayniqsa ehtiyot bo’lish kerak, bu kasallikning jiddiyligidan darak beradi.

TUSHDA SO’CH KO’RISH: ROMANTIK TUSH TA’BIRI KITOBI BO’YICHA
Agar erkak kishi tushida tillarang sochli ayolni ko’rsa, demak u hayotida uning sevimli jufti uchun juda sodiq va sadoqatli bo’lishidan. Biroq, ayolning sochi qizg’ish rangli bo’lsa, juftingiz sizga sodiq emasligi va siz bu haqida yaqin kelajakda bilib olishingiz mumkinligini aytadi.

Agar tushingizda kir, chalkash va taralmagan soch ko’rsangiz, turmushingizda bir nechta ko’ngilsizliklar kutilmoqda. Ayol kishi sochlari oqarganini yoki xiralashganini ko’rsa, o’ngida, sevgilisining unga bo’lgan his-tuyg’ulari sovushidan.

AYOL KISHI TUSHDA SOCH KO’RSA
Agar ayol tushida sochini tarashini ko’rsa – u o’ngida yengiltabiatli hatti-harakatlar qiladi va keyinchalik bundan qattiq afsuslanadi.
Tushda birovning sochini silashni ko’rish – ishqiy ishlarning yaxshi tomonga burilishi, munosib juft paydo bo’lishiga.
Agar tushga chiroyli soch turmagi kirsa – ishlarning muvaffaqiyatli ketishi belgisi.
Shishirilgan soch turmagi – cheksiz baxt.
Tushda kalta soch turmagi ko’rish – baxtsizliklardan qochish uchun tejamkorlikka chaqiriq.
To’zib yotgan sochlar – omadsizlikka.
Sochda gullar bo’lsa, gulchambar taqilgan bo’lsa – yaqin orada biroz noxush hodisalar kutilmoqda, lekin siz ularni osonlikcha yengib o’tasiz.
Ayol kishi tushida o’zining sochlari oqarganini ko’rsa – yomon belgi, noxushliklardan gapiradi.
Ammo sochlar qordek oppoq bo’lsa, bu nihoyat yaqin orada taskin topishigiz, tinchlikka erishishingiz va rohatbaxsh safarga chiqishingiz mumkinligidan.
TUSH TA’BIRLARI: SOCH KO’RISH
Kalta va jingalak sochlar – bu g’am va baxtsizlikni anglatadi;
Silliq taralgan soch – do’stlik belgisi va fojialarning yakunlanishi;
Yelkaga to’kilgan sochlar – qarindosh yoki do’st bilan noxushlik sodir bo’lishi;
Tushda o’z sochini boshqalarnikidan ajrata olmaslik – tashvishlar va uzoq davom etadigan mehnat.
Sochlar aslidan uzun va qoraroq bo’lsa – obro’ va boylikning yanada ulug’roq bo’lishi;
Tushda soch to’kilsa – kasod va qashshoqlikka;
Soch tolalarining oqarishi – kuchsizlanish, beobro’lik va ba’zida kasallikdan darak;
Tushda sochsiz, kal ayol ko’rish – ochlik, kambag’allik va kasalliklarga;
Sochsiz erkakni  ko’rish – mo’llik, boylik va salomatlik belgisi;
Boshqa kishining sochini olish – soch olayotgan kishi uchun boylik;
Tushda soch oldirish o’z-o’zidan to’satdan xafa bo’lish va kutilgan natijaga erishmaslik, ba’zida esa baxtsizlik, qashshoqlik va hatto kasalliklarga olib keladigan belgi;
Qo’lda, oyoqda, ko’krak va yuzda soch o’sishini ko’rish kutilmagan baxt, boylikning ko’payishi va tiklanish timsoli.
TUSHDA SO’CH KO’RSA TALQINI QANDAY BO’LADI?
Soch o’sishi – foyda;
Soch kesish – kasallikka chalinish, xarbiy xizmatga ketish, sudda yutqazish, baxtsizlik, xiyonat, ziyon;
Sochlarni tarash – yaxshilikka, muhabbat, mehmon kutish, erkinlik, yaqinda turmushga chiqish (qizlarga)// janjallar, safarga chiqish (turmushga chiqqan ayollar uchun);
Sochni yuvish – yaxshilikka, hurmatga loyiq bo’lishga;
Qo’lda sochlar bo’lsa – boylikka;
Oq soch – shoshmaslik kerak, quvonchga;
Qalin sochlar – shon-sharaf, kuch-quvvat, boylik timsoli;
Uzun bo’lsa – yaxshilikka, uzoq safarga;
Soch o’rish – to’y (yoshlarga) // xiyonat (erkaklarga), oilaviy muammo (ayollarga);
Soch kuysa – daromadga;
Tushda soch chalkashib ketgan bo’lsa – sharmandalikka;
Ingichka, siyrak sochlar – narxlar qimmatlashishi tufayli zarar ko’rishga.
TUSHDA SOCH KO’RISH TA’BIRI: PSIXOLOG G.MILLER BO’YICHA
Agar ayol tushida o’zining sochlarini yoyib tarayotgan  bo’lsa, bu uning yuzaki o’ylab, xato qilishi mumkinligiga ishora. Agar yosh kishi tushida o’zining sochlari oqarib ketganini ko’rsa, u ogoh bo’lishi talab etiladi, aks holda moddiy ziyon ko’rishi mumkin. Agar sochda ham yorqin rangli, ham to’q rangli tolalar bo’lsa, bu kelajakda qiyin tanlov amalga oshirish kerakligidan darak, bunda dono kishilar bilan maslahatlashish to’g’ri yo’l bo’ladi. Tushda soch o’stirish – agar bunda sochlar toza bo’lsa, ishlar o’ngidan keladi, agar aksi bo’lsa, ishlar yurishmasligi kutilmoqda.

SOCH BILAN BOG’LIQ TUSH KO’RISH TALQINI
Quyuq, qalin sochlar – boylik;
Soch to’kilishi – kasallik, qayg’u;
Sochni qashishlash – yaxshigina daromad qilish;
Tushda soch oldirish – baxtsizlik;
Soch o’stirish – ishlarda yaxshi o’ylab qilingan amal tufayli muvaffaqqiyatga erishish;
Agar kishi tushida sochi to’kilayotganini ko’rsa – mulkini yo’qotishi mumkinligidan;
Sochlarni kesib sotish – baxtsizlik;
Qizg’ish rangli soch – yolg’on;
Oq ranglisi – ko’ngil xotirjamligi;
Taralgan sochlar – simpatiya;
Ko’krakda soch o’ssa – salomatlik;
Qop-qora soch – siz suyukli ekanligingizdan;
O’rish – yangi ishqiy munosabatlar;
Sochni bo’yash – adashish;
Uzun sochlar – sizni hurmat qilishadi.



Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.
Tushda Ambulatoriy. ko'rsa

Tushda ambulatoriyani ko’rish kasallik yuqtirishga ishora....

Tushda Dumba ko'rsa

Tushda Dumba ko'rsa kimning dumbasi quchqor qo'yning dumbasi kabi bo'lsa rizqli bola ko'rib undan rohat topadi....

Tushda Ya’qub alayhissalom ko'rsa

Ya’qub alayhissalom- farzandlar....

Tushda Barmoq kesilishi

Tushda Barmoq kesilganni ko`rganda molga musibat yetadi....

Tushda OLAT (erkaklik jinsiy organi) ko'rsa

erkak kishi olati uzayganini korsa o’g’li ko’p boladi agar olatning tanadan......

Tushda Cho'l ko'rsa

tushda qaqragan cho'l, o'ngdagi izlagan kishini toppish mushkul. Agar ko'kalamzor cho'l bo'lsa, uchrashish tez bo'lib umidlar ro'yobga chiqadi....

Tushda Barra bulutlar ko'rsa

Bu tush hayotdagi muammolarga ishora. Hayotingizdagi muammolar juda jiddiy emas ekan....

Tushda Xaroba ko'rsa

Xaroblik tushda g’am anduhdir....

Tushda IBODAT NAMOZ O’QISH ko'rsa

kimki tushida namoz o’qib turib qiblaga yuz o’girmagan bolsa o’ngida xajga boradi......

Tushda Dengiz ko'rsa

Kim tushda dengizni ko'rsa, orzu qilgan narsasiga erishadi. Kim dengiz kechib urganini......

Izohlar 16

  1. Офлайн
    Matluba
    Matluba 1 марта 2025 07:48
    Assalomu aleykum.
    1.Bugun tushimda sochlarim to'kilib ketganmush. Keyin sochlarimni qolganini xam olib tashlashibti. Og'ir kasal bo'lib qolganmushman.
    2. Keyin o'lgan ayolni jasadini ustini yopib qo'yishganini ko'ribman.
    Judayam qo'rqib uyg'ondim. Iltimos ko'rgan tushimni tabirini bilsangiz ayting.
  2. Офлайн
    Мавлуда
    Мавлуда 18 февраля 2025 05:47
    Онам чин дунега кетган. Тушимда онам сочини жуда киска кесиб кора рангга буйалганини курдим
  3. Офлайн
    Машхура
    Машхура 1 марта 2024 14:44
    Ман сахар тушимда сочим калин булиб усиб кетаётган экан ,бир карасам узун ,булган яна карасам ,яна узун булган экан ,бо сочим узун калин буляпди деб роса бошимга дурлар катор килиб такиб олибман ,кейин уйгониб кетдим ,бомдод булибди,
  4. Офлайн
    Маржона
    Маржона 19 января 2024 08:57
    Бугун тушимда узимни сочларимни кесаётган эканман хакикатдан хам кесмокчи булиб юргандим )
  5. Офлайн
    Нигора
    Нигора 15 января 2024 05:39
    Тушимда сочларимни кетибман кейин роса йиғлабман калта болиб колди деб рангиям сабзиранг экан
  6. Офлайн
    Дилбар
    Дилбар 12 ноября 2023 23:44
    Бугун тушимда бир танишимнинг сочини олаетган эканман кайчи бн
  7. Офлайн
    шахноза
    шахноза 23 августа 2023 07:39
    ассалому алайкум бугун мен тушимда жуда куп соч тукилганини курдим
  8. Офлайн
    Жаббор
    Жаббор 16 июля 2023 13:34
    Фолга ишонма, фолсиз юрма. Деган гап хам бор. Лекин хамма нарса оллохдан.
  9. Офлайн
    Мадина
    Мадина 18 мая 2023 19:29
    Мен тушимда сочларим тукилип аввал ок булганини курдим
  10. Офлайн
    Йулдошева Шохиста
    Йулдошева Шохиста 13 апреля 2023 04:42
    Аллох билгувчидир. Яратганга таваккал
  11. Офлайн
    Шахноза.
    Шахноза. 15 февраля 2023 08:05
    Аллохга таваккул клш.кк.
  12. Офлайн
    Гули
    Гули 16 марта 2022 21:26
    Тушимда киргани менда доим огохлантирув белгиси булади
  13. Офлайн
    Муножат
    Муножат 16 марта 2022 08:10
    Ман тушимда курган нарсаларим огохлантириш булади эртасига Бир Нима албатта булади
  14. Офлайн
    Шахризода
    Шахризода 29 января 2022 08:47
    Ахмогарчилик хамма парса ёмонликга ёйилган Аллохга ишониш кере
  15. Офлайн
    Мохи
    Мохи 27 июля 2021 05:20
    Хар нарсага хам ишониш керак эмас оллохдан бошка
  16. Офлайн
    Байрамали
    Байрамали 26 июля 2020 22:02
    Туш табиридаги ходисаларга ишониб кимдир яхши кайфиятда,Яна кимдир кайгуга тушуб колади Азиз инсонлар факат ва факат яратганга ишонинг УЗИ хаммани панохида асрасин

Fikr qo'shish