RAMAZONNI SOG'INGANLAR uzbekcha she'r

RAMAZONNI SOG'INGANLAR
RAMAZONNI SOG'INGANLAR


Allox rizosinga zorman,
Gunoxim bisyor iqrorman.
Orangizda men ham borman,
Ramazonni sog'inganlar.

Bersalarda tillo ko'za,
Ichmay sharob, totmay bo'za.
Naqadar baht tutmoq ro'za,
Ramazonni sog'inganlar.

Vijdon menga berur tanbex:
She'rga izlayvermay tashbex.
Der zikr qil aytgil tasbex,
Ramazonni sog'inganlar.

Bizga nasib etmay taqdir,
O'tdi janglar, Uhud, Badr,
Lek nasib Laylat-ul Qadr,
Ramazonni sog'inganlar.

La'natlanmish dunyo dashti,
So'nmas mo'minlarning shashti.
Tarovexning bordir gashti,
Ramazonni sog'inganlar.

O'rganmishman bedorlikka,
Qalb mahkummmas bemorlikka,
Chorlayurman iftorlikka,
Ramazonni sog'inganlar.

Nobakordir to'kmagin ter,
Ro'za tutma, safo qil der.
E yo'q rizqin jannatda er,
Ramazonni sog'inganlar.

Robbim Allox, dinim Islom,
Muxammad Alayxissalom-
Rasulim erur der mudom,
Ramazonni sog'inganlar.


Umar ibn Hattob kabi,
Sahiydirlar oftob kabi,
Alloxgadir oshiq qalbi,
Ramazonni sog'inganlar.

Sajdaga tekkandir boshi,
Jannatiylar qarindoshi.
Salmon Forsiyning dindoshi,
Ramazonni sog'inganlar.

O'qib namoz, o'qib Qur'on,
Darra urgan misol sakson,
Qilur la'in makrin yakson,
Ramazonni sog'inganlar.

G'aflat gulin so'ldirajak,
Nafs qutqusin o'ldirajak,
Allox uyin to'ldirajak,
Ramazonni sog'inganlar.

Ajal kamonidan daydi,
Bir kun bizga o'q qadaydi.
Kun emas, soat sanaydi
Ramazonni sog'inganlar.

Bor bo'larlarlar har onida,
O'n bir oyning sultonida.
Ro'zadorlar karvonida,
Ramazonni sog'inganlar.

Puling bo'lmasa nima qilibdi

Puling bo'lmasa nima qilibdi Rizq berguvchi Alloh bor Sevganing bo'lmasa nima qilibdi Seni sevuvchi Alloh bor...

G'ururingni sotma, singiljon...!

Balki yo'qdir boshingda ering, Balki yo'qdir yashashga yering, Balki sig'mas tanangga tering, Iffatingni saqla, singiljon......

Erkak so'zi besh harfdan iboratdir

Erkak so'zi besh harfdan iboratdir, Har bir harfi mardlik uchun imoratdir. Chin erkakga do'st topmoq zo'r tijoratdir, Erkaklar bor "erkak" deyish hijolatdir......

Jannat mushtoq erni rozi qilganlarga

Jannat mushtoq erni rozi qilganlarga, "Labbay" degan shirin so'zni bilganlarga, Gap qaytarmay tilni doim tiyganlarga, Ayolga hos liboslarni kiyganlarga....!!!...

Kapalaklar odamlardan mehribon

Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon, Bir jismimda talashadi ikki jon. Jon talashsam, tepamda charx urgan ul, Kapalaklar odamlardan mehribon…...

Og'riqli yuragim tiladi ular

Og'riqli yuragim tiladi ular Hislarim ustidan kuladi ular Hammasiga chida, ko'zlaringni yum Kun kelar qadringni biladi ular...

Duo qiling...

Duo qiling.....! Kelin bo'lay kelinlarni zo'ri bo'lay, Mexribonim xonadonin nuri bo'lay.....! Ota uyga andux bilan bormayin xich, Baxt chashmasin yonib turgan duri bo'lay, Oyijon deb dadajon deb axti bo'lay.....! Qaro qoshli shaxzodamning baxti bo'lay.....!!!...

Mayliga ayolni o'ramang zarga

Mayliga ayolni o'ramang zarga, Uning uchun qurmang go'zal Tojmaxal, Oltin ostonali qasrdan ko'ra, Ayolga muruvvat e'tibor afzal!......

Ko'nglim yarim bo'lsa qaniydi meni

Ko'nglim yarim bo'lsa qaniydi meni, Xattoki ko'ngli yo'q menday faqirni, Otam ham Onam ham qayda bilmayman, Qaniydi tinglasa mening dardimni....

Yor-yor aytsa bir honadon ichida

Yor-yor aytsa bir honadon ichida. hamma shodon yurib asta kularmish. nomus bilib bir chekkada bir inson. Pastga qarab "qizim" deya yig'larmish...!...

Fikr qo'shish