AYOL Yaratilishi haqida.

AYOL Yaratilishi haqida.

AYOL Yaratilishi haqida.

Alloh taolo ayolni yaratayotganda, uni 6- Kuni kechroq ishladi. Shunda uning oldiga farishta kelib dedi:“nima uchun bunga shunchalik ko'p vaqtingni sarflayapsan?”

Alloh taolo javob berdi: “men uni yaratishim uchun e'tibor berishim lozim bo'lgan jihatlarini ko'r. U oson yuvilivchan bo'lishi lozim, lekin yelimdan bo'lishi kerak emas, 200dan ortiqroq xarakatlanuvchan qismlari bo'lishi kerak va shu bilan birga jozibador xarakatlanishi kerak. Kasal bo'lganida o'zini o'zi davolay olishi kerak,kuniga 18 soat ishlashi kerak. Unda faqatgina ikkita qo'l bo'lishi kerak, lekin u bir vaqtning o'zida bir necha farzandlarini bag'riga bosa olishi kerak,va shunday bag'riga bosa olishni bilishi kerakki, undan keyin har qanday og'riq o'tib ketishi kerak xox u oyoq shikastlanishi bo'lsin, hoh qalbi.”.

Farishta ajablanib:“ haqiqatdan ham shundaymi? Ahir buning iloji yo'qku! Bir kunga judayam ko'p vazifa. Uni keyinga qoldir”.
“Yoq”- javob berdi Alloh, “ men uni bugun yakunlayman, va u mening suyukligim bo'ladi”.

Farishta ayolga yaqinroq borib unga tegib ko'rdi. “ Yo rabbim, u shunchalar yumshoq!”

“Xa, u juda yumshoq, lekin men shu bilan birga uni juda ham kuchli qildim. Sen xattoki hayolingga ham keltirolmaysan,u nimalarni yenga olishi va chiday olishini. U nozik ko'rinadi, lekin u katta kuchga ega”.

“U o'ylashni biladimi?”-so'radi farishta.

Alloh javob berdi:“u nafaqat o'ylay oladi, balki tushuntira oladi”.

Farishta ayolning yanog'iga teginib ko'rdi. “ Ey robbim , sen uni nosoz yaratib qo'ygan ko'rinasan- u oqib tushyapti”.
“Yo'q, u nosoz emas.”- Alloh farishtaning gapini to'g'irlab,“ Bu ko'z yoshlari”.
  
“U nima uchun kerak?”- so'radi farishta.

“Ular uning qayg'usini, uning sevgisini,uning yolg'izligini, uning qiyinchiliklarini, va uning g'ururini ko'rsatadi”.

Farishta haqiqatdan ham hayratlangan edi. “Alloh, sen har narsaga qodirsan! Sen hamma narsa haqida o'ylabsan. Ayol xaqiqatdan ham juda ajoyib ekan!”
“Albatta”-javob berdi Alloh.“ Unda shunday kuch bor,hattoki erkak kishini ham hayratga soladigan. U yig'lashni xoxlaganda ham kula oladi. Uning o'ziga yordam zarur bo'lib turgan vaqtda , boshqalarga yordam bera oladi. U birgina nigohi bilan hattoki erkak kishining qo'lidan kelmaydigan ishlarni qilishga qodir...”
Farishta hattoki bir so'z deyishga qodir bo'lmay qolib ajablangancha turardi.

Shundan keyin Alloh chuqur tim.olib dedi“ lekin unda bir narsa bor , mutlaqo boshqacha. Birgina kamchilik , agar uning o'zi uni to'g'irlamasa , uning hayotini buzib yuboradi”.

“Bu nima?”

“U O'ZINING QADRINI BILMAYDI..."

Fikr qo'shish