AYOL Yaratilishi haqida.

AYOL Yaratilishi haqida.
AYOL Yaratilishi haqida.


AYOL Yaratilishi haqida.

Alloh taolo ayolni yaratayotganda, uni 6- Kuni kechroq ishladi. Shunda uning oldiga farishta kelib dedi:“nima uchun bunga shunchalik ko'p vaqtingni sarflayapsan?”

Alloh taolo javob berdi: “men uni yaratishim uchun e'tibor berishim lozim bo'lgan jihatlarini ko'r. U oson yuvilivchan bo'lishi lozim, lekin yelimdan bo'lishi kerak emas, 200dan ortiqroq xarakatlanuvchan qismlari bo'lishi kerak va shu bilan birga jozibador xarakatlanishi kerak. Kasal bo'lganida o'zini o'zi davolay olishi kerak,kuniga 18 soat ishlashi kerak. Unda faqatgina ikkita qo'l bo'lishi kerak, lekin u bir vaqtning o'zida bir necha farzandlarini bag'riga bosa olishi kerak,va shunday bag'riga bosa olishni bilishi kerakki, undan keyin har qanday og'riq o'tib ketishi kerak xox u oyoq shikastlanishi bo'lsin, hoh qalbi.”.

Farishta ajablanib:“ haqiqatdan ham shundaymi? Ahir buning iloji yo'qku! Bir kunga judayam ko'p vazifa. Uni keyinga qoldir”.

“Yoq”- javob berdi Alloh, “ men uni bugun yakunlayman, va u mening suyukligim bo'ladi”.

Farishta ayolga yaqinroq borib unga tegib ko'rdi. “ Yo rabbim, u shunchalar yumshoq!”

“Xa, u juda yumshoq, lekin men shu bilan birga uni juda ham kuchli qildim. Sen xattoki hayolingga ham keltirolmaysan,u nimalarni yenga olishi va chiday olishini. U nozik ko'rinadi, lekin u katta kuchga ega”.

“U o'ylashni biladimi?”-so'radi farishta.

Alloh javob berdi:“u nafaqat o'ylay oladi, balki tushuntira oladi”.

Farishta ayolning yanog'iga teginib ko'rdi. “ Ey robbim , sen uni nosoz yaratib qo'ygan ko'rinasan- u oqib tushyapti”.
“Yo'q, u nosoz emas.”- Alloh farishtaning gapini to'g'irlab,“ Bu ko'z yoshlari”.
  
“U nima uchun kerak?”- so'radi farishta.

“Ular uning qayg'usini, uning sevgisini,uning yolg'izligini, uning qiyinchiliklarini, va uning g'ururini ko'rsatadi”.

Farishta haqiqatdan ham hayratlangan edi. “Alloh, sen har narsaga qodirsan! Sen hamma narsa haqida o'ylabsan. Ayol xaqiqatdan ham juda ajoyib ekan!”
“Albatta”-javob berdi Alloh.“ Unda shunday kuch bor,hattoki erkak kishini ham hayratga soladigan. U yig'lashni xoxlaganda ham kula oladi. Uning o'ziga yordam zarur bo'lib turgan vaqtda , boshqalarga yordam bera oladi. U birgina nigohi bilan hattoki erkak kishining qo'lidan kelmaydigan ishlarni qilishga qodir...”
Farishta hattoki bir so'z deyishga qodir bo'lmay qolib ajablangancha turardi.

Shundan keyin Alloh chuqur tim.olib dedi“ lekin unda bir narsa bor , mutlaqo boshqacha. Birgina kamchilik , agar uning o'zi uni to'g'irlamasa , uning hayotini buzib yuboradi”.

“Bu nima?”

“U O'ZINING QADRINI BILMAYDI..."

Yosh qizning xatosi (Oramizdagi odamlar)

Assalomu alaykum qalbi keng saxovatli aziz yurtdoshlarim, sizlardan iltimos faqat tög'ri tushunasizlar va maslaxat yordamlarizni ayamaysizlar degan umiddaman, eng yaqin dugonam döstimga tög'ri maslaxat beringizlar. Guli oilasida 2 qiz, 1 opasi 1 akasi, va singlisi bor, ular bir vaqtlar baxtli oila edilar, 2004 yil guli boshidan murakab jarohlikni...

ERIMNING MA`ShUQASI O`ZIDAN YIGIRMA YoSh KATTA…

Sarlavhani ko`rib, hayron qolgandirsiz? Ha, bu haqiqat, achchiq haqiqat. Ammo men hozir dardi hol qilib, kundoshimu erimga tosh yog`dirmoqchimasman. Erim uch bolani tirik etim qilib, o`zidan yigirma yosh katta ayolning etagini tutib ketish sabablarini aytmoqchiman. Zero, yana kimdir men kabi taqdir qozonida kuyib qolmasin......

San'atkor (hajviya)

Konsert odatdagicha «navbatdagi nomerimizda… Kelganlaringga rahmat, o'rtoqlar» bilan tamom bo'ldi. Nomi chiqqan ashulachi— san'atkordan boshqa hamma xursand bo'lib tarqaldi. San'atkor tajang edi: tanaffus vaqgida zalga chiqqan edi, bir traktorchi uni savodsizlikda aybladi. ...

Ўн саккиз ёшинг

Не ажаб, чун сарвинозим ўн сакиз ёшиндадир. Ўн сакиз минг олам ошуби агар бошиндадир Алишер Навоий Ўн саккизга кирган одамнинг кўзига олам жилва қилади. Камалакнинг етти рангидан етмиш минг ранг ясайди. Эчкининг ёқимсиз маъраши ҳам қулоғига бул-бул навоси бўлиб киради. Юлдузларга қўли етади, тубсиз уммонлар тиззасидан келади. Ўн саккизга...

UCH DO‘ST yoxud IKKI QIYOFA

Xasan, Xusan va Dilmurod maktab davridanoq qalin do‘st edilar. Bu inoq uchlikka boshqa bolalar havas bilan qarashar edi. Ularning intilishlariyu niyat-maqsadlari ham bir xil. Maktabni tamomlagach, ToshDUning moliya fakultetiga hujjat topshirish va kelajakda yetuk bank mutaxassisi bo‘lish orzusida edilar....

JANNAT QIZI…

Bir… Ikki… Uch… Yuzgacha sanasam, uyquga ketaman… Qirq… Qirq bir… Ha, uyqu meni hammasidan qutqaradi… Ellik uch… Ellik to'rt… Men abadiy uyquga ketaman… Abadiy uyqu — barcha zahmatlarim uchun berilgan mukofot…...

Hazonli kunlar. Tuzoq... 1-qism

Ishdan charchab kelgan Shuxrat aka mexmonhona sari yo'l oldi. Ichkariga mo'ralar ekan, xozirgina mexmonlar kelib ketganini sezdi, chunki xali dasturhon eg'ib olinmagan edi. O'z honasiga kirar ekan, eshik og'zida Mexri hola unga peshvoz chiqdi......

Boyo'g'lining ikki savoli

Sulaymon alayhissalomning xotini tovus patidan ko‘shku ayvon qurib berishni so‘rabdi. Malikaning iltimosini rad qila olmagan payg‘ambar barcha qushlarning boshliqlarini bir yerga to‘plab, maslahat qilibdi....

Abdullaxon II kim boʻlgan?

Yaqinda hamma narsaga qiziqaveradigan oʻgʻlim Bunyodbek, "Oqchopsoy suv inshootini nega "Abdullaxon bandi” deyishadi? Abdullaxon oʻzi kim boʻlgan?" deb soʻrab qoldi. Oʻylanib qoldim. Tabiiyki, u bu savollarga darsliklardan javob topolmaydi. Bizga ham oʻqitishmagan. Buning ustiga yaqinda u "Ertugʻrul" nomli turk serialini koʻrib, Jaloliddin...

Zangi buzilgan soat

Manavi yerda, oynaning oldida men o‘tirardim. Barcha o‘tkinchilar meni tanishardi. Shu yerdan bola-baqralarga baqirib qo‘yardim. Kechqurunlari qizim xabar olgani kelardi. ...

Fikr qo'shish