Anor mevasining foydali hususiyatlari

Anor mevasining foydali hususiyatlari
Anor mevasining foydali hususiyatlari


Xammamizga ma'lumki kuz kirib kelishi bilan o'lkamizda anor va hurma pishib etiladi. Demak, bu mevalarni iste'mol qilish ayni vaqti. Shu sababli biz, siz azizlarimizga bugun anor mevasining foydali xususiyatlari xaqida va nega uni iste'mol qilish foydali ekanligi borasida to'htalishni lozim topdik.

Anor mevasi barcha mevalarning qiroli xisoblanadi. Uning to'q qizil rangi ko'zni qamashtiradi. Anor nafaqat mazali, balki vitaminlarga boy, uzoq yillar mobaynida tabobatda xam qo'llanilib kelinadigan mevalardan biridir. Anor foydaliligi tan olingan bo'lib, unda organizmning yahshi faoliyat ko'rsatishi uchun barcha kerakli vitaminlar mavjud.

Agar siz go'sht maxsulotli taomlarni iste'mol qilmasangiz va vegetarian bo'lsangiz, albatta shu meva sizning dasturhoningiz ustida doimiy ravishda bo'lishi kerak. Chunki unda go'sht maxsulotida mavjud 15 aminokislotalar bor. Unda yana asosiy bo'lgan S, R, B6 va V12 to'rt vitaminlari mavjud. Anor yana yod, kaliy, kal'ciy, temir va kremniy kabi minerallarga boy.

Anor ustki qismidan qurigan, ichi esa yahshi pishgan va suvli bo'lishi kerak. Chunki siz anorni po'sti silliqroq vaqtida uzib olgan bo'lsangiz u taqdirda anor xali yahshi etilib pishmagan bo'ladi. Shuning uchun anorni po'sti quriganroq bo'lishi kerak. Anorning po'sti bizga uning pishgan yoki pishmaganligi xaqida bilish imkonini yaratadi. Anor sharbati juda xam foydali bo'lib, uni qon kamlik kasalligida, aterosklerozda, bronhial astmada, anginada, diabet kasalliklarida iste'mol qilish tavsiya etiladi.
 
Anorning po'sti, doni xam foydalidir. Ularning xar biridan turli yo'nalishlarda foydalaniladi. Anorning po'stini choyga qo'shib ichilsa, u uyqusizlik dardiga uchraganlarga va asab tizimi toliqqan va stress xolatda yurgan insonlarga foydalidir. Yana tomog'ingiz orib qolsa, shifokor xuzuriga etib borguningizcha anor po'stini qaynatib uning suvida chaysangiz ancha yordam beradi. Chunki uning tarkibidagi organik kislotalar infekciyani yo'q qilish imkoniga ega.


Anorni yana kosmetik vosita sifatida xam ayollarimiz o'z go'zalliklarini saqlash uchun qo'llashlari mumkin. Yuz teringiz yog'li va xusunbuzarlar goxida sizni bezovta qiladimi? U taqdirda siz anor po'stini maydalab zaytun yog'ida salgina qovurib olib, uni muzlatgichda saqlang va xaftada ikki martadan ko'p bo'lmagan xolda yuzingizga niqob qiling.


Shuni aytib o'tish joizki, anor ovqat racioniga kiritilgan bo'lsa va uni iste'mol qilib turilsa yurak xastaliklari yuzaga kelishini va ayollar ko'krak raki oldi olingan bo'lishi mumkin. Anor donalari esa yuqori bosimli kasallar uchun juda foydali, u bosimni sekin-asta tushishiga yordam beradi. Shuni eslatib o'tishimiz kerakki, oshqazon yara kasalligi mavjud insonlarga anorni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Chunki u juda xam nordon va kislotalidir. Anor sharbatini o'zini ichish tishlarimiz emalini emirilishiga olib kelishi mumkinligi sababli, unga ozgina qaynatilgan suv qo'shib ichish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Okroshka (yahna sho'rva)

Go'sht sho'r suvda 1 soat davomida (go'sht pishgunicha) qaynatilinadi. So'ng sho'rvasi sovutishga olib qo'yilib, go'sht va bodring somoncha to'g'raladi. Kartoshka va tuhum qirg'ichning yirik tishidan o'tkazilinadi. Ko'katlar to'g'ralib, go'sht qaynagan suvga xamma masalliqlar solinadi. Qatiqni xam atalab, solinadi. Tuzi yana bir bor rostlanib,...

Pishloqli mandarinlar gazagi

Bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlov! Nozik va mazali gazak! Taomnoma uchun chinakam yangilik. Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Mosarellali raviole

Juda ham mazali! Taomnoma uchun yangilik! Tayyorlanishi oddiy, natijasi esa dasturxon davrasida barcha uchun manzur bo'ladi. Chinakam lazzatlanish baxtini ulashadi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Sous "Pesto"

Italiya oshxonasining mashhur va sevimli souslaridan biri. Salatlar va go'shtli taomlar uchun tayyorlanadi. Hushbo'y va mazali sous! Ushbu retsept yangicha usul bilan tayyorlangan albatta sinab ko'ring!...

Roll sendvich

Yengil tamaddi uchun ajoyib tanlov! Ajoyib gazak o'rnini ham egallaydi. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Pitsa

Idishga unni, gazda erigan margarinni, choy sodasi va tuzli qatiqni solinadi. Tuhumni bittasini sarig'i olib qo'yiladi va qolgani idishga solinib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi va 4ta bo'lakka bo'linib, 30 daqiqaga tindiriladi. Hamir tingunicha nachinka tayyorlaymiz......

Qiyma kabob

Go'sht bo'laklarga bo'linadi va go'sht maydalagichdan artilgan piyoz bilan uch karra o'tkaziladi. So'ng ziravorlar va tuz qo'shib, yahshilab aralashtiriladi. Tayyor qiyma muzlatkichga yarim kunga qo'yiladi. Keyin qiyma muzlatkichdan olinib, sihlarga bir maromda joylanadi. Qo'raga olov yoqilib, qizdiriladi. Bunda ko'mir, yahshi qurigan o'tin yoki...

Asosli kroketlar

Ustki qismi qarsildoq, ichi nozik asosli - bu juda ham mazali! Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldirib, chinakam lazzatlanishni taqdim etadi. Taomnoma uchun yangilik. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Balish

Kartoshka, dumba mayda kubik qilib to'g'raladi. Ko'katlar tozalab to'g'raladi. Ziravorlar qo'shib aralashtiriladi. Hamir tayyorlanishi: Un ichiga margarinni to'g'rab solamiz. Va urvoq xoliga keltiramiz. Qatiqni kosaga solib, va iste'mol sodasi, tuz, tuhum oqini qo'shib, yahshilab aralashtiramiz. Va unli massaga qo'shib, hamir qoramiz. Tayyor hamir...

Chechevitsali chipsi

E'tiboringizga ta'riflab bo'lmas, mazali ta'mga ega gazak retseptini taqdim etamiz. Taomnoma uchun chinakam yangilik. Ushbu gazakni salatlar va suyuq taomlar bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Tayyorlanishi oddiy, natijasi dasturxon davrasida barchani lol qoldiradi....

Fikr qo'shish