15 daqiqa ichida 3ta qiziqarli nonushta

15 daqiqa ichida 3ta qiziqarli nonushta
15 daqiqa ichida 3ta qiziqarli nonushta


Biz nonushtaga buterbrodlar, bo'tqalar va yana bir qator standart narsalar iste'mol qilishga ko'nikib qolganmiz. Agar ertalabki nonushtaga biroz o'zgartirish kiritsak-chi?

Rezavorli guruch unidan tayyorlangan blinchiklar
Masalliqlar:  

• 1 st. guruch uni
• 2 osh q. shakar
• 3/4 ch. q. qabartma tuz
• 1ta tuhum
• 1osh q. o'simlik yog'i
• 1 st. rezavor

1. Bitta idishda barcha quruq maxsulotlarni aralashtirib olamiz, ikkinchi idishda barcha suyuq maxsulotlarni aralashtiramiz. So'ngra ularni qo'shib, rezavorlarni solamiz. Rezavorlar yorilib ketmasligi uchun extiyot bo'lib aralashtiramiz.

2. Tovada o'rta olovda pishirib olamiz.


Eryong'oq moyi va yogurtli smuzi
Masalliqlar:

• 1,5 st. sut
• 2 osh q. buterbrodlar uchun eryong'oq moyi
• 1 st. tabiiy yog'sizlantirilgan yogurt
• 1/2 banan


1. Blenderda yahshilab ezib aralashtirish kifoya.
 

Bodom yog'i qo'shilgan omlet
Masalliqlar:

• 115 g buterbrodlar uchun bodom yog'i
• 115 g pishirilgan olma
• 2ta tuhum
•  1/2 ch. q. soda, dolchin va vanil'


1. Bodom yog'ini o'zimiz xam tayyorlashimiz mumkin. Buning uchun 2-3 stakan hom bodomni oshhona kombayniga solib10-20 daqiqaga yoqamiz, bir hil konsistenciyaga ega bo'lgunga qadar aylantiramiz.

2. Gaz pechini 180 C qizdiramiz. Patnis ustiga pergament to'shaymiz.

3. Bitta idishda barcha masalliqlarni yahshilab aralashtiramiz. Qoshiqlab duhovka listiga quyib chiqamiz. Tahminan 8 ta kulcha chiqishi kerak. 10 daqiqa davomida ko'tarilib, tilla rang tusga kirgunga qadar  pishirib olamiz.

Piyozli qatlama

Tuzli suvga hamir qoriladi va tindiriladi. Piyoz artilib, mayda to'g'ralib, eziladi. Hamir yoyilib, ustiga omuhta yog' surtilib, piyoz sepiladi. So'ng hamir o'ralib, rulet xoliga keltiriladi. Ruletlar 3-4 ga bo'linib, kulchalar yasaladi va tindiriladi. Tingan kulchalar tova kattaligiga moslanib, yoyiladi va ozgina yog'da ikki tomoni qizargunicha...

Qattiq pishloq resepti - uy sharoitida tayyorlash usuli, bosqichlari

Pishloq tayyorlash usullari juda ko’p. Ushbu maqolada sigir sutidan tayyorlanadigan oddiy pishloqning resepti keltiriladi....

Pigodi

Un idishga solinib, o'rtasi ochiladi va ichiga hamirturush, iliq sho'r suv solib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi. Hamirni o'rab, oshishi uchun issiq joyga qo'yiladi. Hamir oshgunicha qiyma tayyorlanadi......

Ikrali beylgl

Kanada, AQSh davatlarining mashhur va sevimli tamaddilaridan biri. Aslini olib qaraganda tayyorlanishi juda ham oddiy, natijasi esa hech kimning e'tiboridan chetda qolmasligi aniq. Ushbu retseptni albatta tayyorlang!...

Qovurma lag'mon tayyorlash retsepti - kerakli masalliqlar, pishirish sirlari

Qovurma lag’mon tayyorlash uning boshqa turlariga qaraganda kengroq tarqalgan. Chunki ushbu taomni tayyorlash uchun kamroq kuch va masalliqlar talab qilinadi. O’zbekcha qovurma lag’mon pishirishning yana bir qulayligi shundaki, uning xamiri va qaylasini muzlatgichda bir-biridan alohida ravishda saqlash mumkin, yakuniy taom esa bevosita dasturxonga...

Pishloqli buterbrod

Gazak uchun ajoyib tanlov! Foydalanilgan masalliqlar bir-biri bilan kirishib, mo'jizaviy lazzatlanishni taqdim etadi. Dasturxon davrasida barcha uchun ma'qul bo'ladi. Buni albatta tayyorlang!...

Guruchli tovuq sho'rva

Tovuq go'shti qozonga solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqanidan so'ng ko'pigi olinadi. Olov osh damlanadigan pastlikda pasaytirilib, qozon qopqog'i yopiladi. Va shu xolatda 3 soat qaynaydi. Guruch pishiriladigan qozon (kashavarka)da pishirib olinadi. Piyoz va ko'katlar (kashnich, ko'k piez) to'g'raladi. Sarimsoq piyoz yanchiladi. Ziravorlardan...

Manti

Idishga unni solib, sho'r suvda hamir qoramiz. Hamir tingunicha qiyma tayyorlaymiz. Go'sht va piyoz mayda kubik to'g'raladi. Ziravorlar solib, tuzi rostlanadi. Tingan hamir yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamir tahlanib, 5 barmoq enligida kesiladi. Xar bir bo'lakka qiyma solib, tugiladi......

Pitsa

Idishga unni, gazda erigan margarinni, choy sodasi va tuzli qatiqni solinadi. Tuhumni bittasini sarig'i olib qo'yiladi va qolgani idishga solinib, qo'lga yopishmaydigan yumshoq hamir qoriladi va 4ta bo'lakka bo'linib, 30 daqiqaga tindiriladi. Hamir tingunicha nachinka tayyorlaymiz......

Patir retsepti

Patir (fatir) – Osiyo mamlakatlari xalqining an’anaviy hisoblanadigan pishirig’i, u choyga ham, ovqatga ham ajoyib qo’shimcha bo’ladi. Ushbu retseptdagi patirni piyoz bilan ham, piyozsiz ham tayyorlash mumkin....

Fikr qo'shish