Tarvuzli shirin reseptlar


Xozir tarvuz mavsumi juda qizg'in. Mazali poliz ekini barcha bozor, do'kon va ko'cha rastalarini to'ldirib tashladi. Tarvuz harid qilayotib barcha qanday qilib eng shirin va pishgan tarvuz tanlasam ekan deya bosh qotiradi.
Ammo deyarli xech kim sotib olgach nima qilaman, deb o'ylamaydi. Shunga xam bosh qotirish kerakmi? Shunchaki, so'yib eysan qo'yasan! Biroq shu oddiy ishda xam ijod uchun keng imkoniyat bor ekan. Bugun sizni o'zingiz maza qilishingiz va mexmonlaringizni xayratga solishingiz uchun bir necha tarvuzdan tayyorlangan taomlar recepti bilan tanishtirmoqchimiz.
TARVUZLI MOHITO
Masalliqlar:
2 stakan po'choqsiz tarvuz;
35-40ml oq rom;
4ta shohcha yalpiz;
1/2 dona laym;
2 choy qoshiq jigarrang shakar;
3 osh qoshiq maydalangan muz bo'lakchalari.
Tayyorlanishi:
Tarvuzni yahlatib, urug'idan tozalab, kichik bo'laklarga bo'linadi. Blenderda maydalanadi. Stakanda shakar va laym sharbatini yahshilab aralashtiramiz. Yalpiz barglarini qo'shib toki yalpiz va laym svi chiqmaguncha maydalaymiz. Yalpiz-laym aralashmasi solingan bokalga maydalangan muz solamiz va ustidan rom quyamiz. Tarvuz suvini qo'shib, natijadan roxattlanamiz!
TEZ TAYYoRLANADIGAN TARVUZLI MUZQAYMOQ

Masalliqlar:
6 stakan po'choqsiz tarvuz;
2 osh qoshiq shakar.
Tayyorlanishi:
Blenderda tarvuz va shakar bo'tqa xoliga keltiriladi. Qoliplarga quyib tayoqcha tiqiladi va 8 soat muzlatiladi. Xoxishga qarab limon, laym yoki apel'sin sharbati qo'shish mumkin.
GRILDA GLAZIRLANGAN TARVUZ

Masalliqlar:
Urug'siz va po'choqsiz 8 bo'lak tarvuz;
2 osh qoshiq asal;
dengiz tuzi;
yangi maydalangan garmdori.
Tayyorlanishi:
Tarvuzni porcion bo'laklarga bo'ling. Biroz tuz sepib, suvi chiqquncha yarim soat kutib turing. Keyin tarvuzni suvda chayib, ortiqcha suvini salfetkaga shimdiring. Bo'laklarga asal suring va yahshilab qizdirilgan grilga joylang. 5 daqiqa qovuring. Tarvuzni grildan olib biroz dengiz tuzidan va garmdoridan seping.
TARVUZ VA FETALI SALAT

Masalliqlar:
1 kg tarvuz;
200 g feta pishlog'i;
20g yalpiz;
1 dona laym;
Ta'bga ko'ra qora muruch.
Tayyorlanishi:
Tarvuz donalaridan tozalanadi va katta kubik shaklida bo'lakchalarga bo'linadi. Feta pishlog'ini xam kubik shaklida to'g'raysiz. Ikkilasini idishga solib aralashtirasiz. Maydalangan yalpiz va ta'bga ko'ra muruch solib, zaynut yog'i bilan aralashtirib olasiz.
ShOKOLADLI MUZLATILGAN TARVUZ

tarvuz;
eritilgan shokolad;
ustiga dekorativ bezak.
Tayyorlanishi:
Tarvuzni katta bo'lmagan uchburchak shaklida kesib olasiz va bir necha soatga muzlatgichga qo'yasiz. Shokoladni eritib olib, tarvuzning ustgi qismiga quyib chiqasiz. Bezak uchun kakos urvog'larini sepib yuborasiz. Tarvuz va shokolad tez erib ketmasligi uchun, dasturhonga tortiq qilishdan oldin yana muzlatgichga qo'yib qo'yishingiz mumkin.