BARVAQT TURIShGA ODATLANING!

BARVAQT TURIShGA ODATLANING!
BARVAQT TURIShGA ODATLANING!


BARVAQT TURIShGA ODATLANING!

Payg'ambarimiz sollalloxu alayxi va sallam: “Yo Allox! Ummatimning barvaqt qilgan ishlariga baraka ber!” deb xaqimizga duo qilganlar. Bu duo mag'zini chaqqan ota-bobolarimiz vaqtli turishga odatlanishgan, tongdan ishga kirishishgan. Natijada ko'p yutuqlarga erishishgan. Ular farzandlarini xam shunga o'rgatib borishgan. Milliy urf-odatlarimizga ko'ra, kelinlar erta tongdan ko'chalarga suv sepishadi, xovlini, ko'chalarni supurib-sidirib, saranjom-sarishta qilib qo'yadilar, ahlatlarni olib, yog' tushsa yalagudek top-toza xolga keltiradilar. Bu ishlarda ko'p hayr-baraka bor.
Inson erta tongda turib, yuz-qo'lini yuvib, Yaratganga shukronalar aytib, ibodatdan so'ng ishga kirishsa, ishi barakali bo'ladi. Bu xamma soxaga tegishli. Ilm olishni misol qilib keltiradigan bo'lsak, tong saxarda kitob o'qilsa, ma'lumotlar hotirada yahshi saqlanadi. Chunki uyqu vaqtida dam olgan miya ma'lumotlarni yahshi qabul qiladi.

Dinimiz ta'limotlariga ko'ra, inson barvaqt uyqudan turib, ishlarini bajarib, huftondan so'ng ertaroq uyquga yotadi. Iloji bo'lsa, shomdan keyin ko'chaga chiqmagan ma'qul. Ayniqsa, bolalarni shom paytida tashqariga chiqarmaslik ta'kidlangan. Chunki shom paytida jinlar er yuzi bo'ylab tarqaladi. Ular bolalarga ziyon yetkazib qo'yishi mumkin. E'tibor bersangiz, bemaxalda ko'chada sanqib yurganlarga jin tekkanini, turli ruxiy kasalliklarga chalinganini ko'ramiz. Shariat ko'rsatmasiga amal qilinsa, bunday nohush xolatlar oldi olinadi.
Xadisi shariflarda aytilishicha, huftondan keyin o'zaro gaplashib o'tirish, bexuda ishlar bilan mashg'ul bo'lish ma'qul emas. Ayrim odamlar tun yarmigacha televizor ko'rib, allamaxalda uyquga ketadi. Natijada ertalab juda kech uyg'onadi. Bunday kishilar ro'zg'orida baraka, ishida unum bo'lmaydi. Bunaqa xayot tarzi kishi sog'lig'iga xam zarar keltiradi.
Xadisi sharifda shunday deyilgan: “Rizq talabida barvaqt xarakat qilinglar! Zero, ertalabdan xarakat qilish baraka, muvaffaqqiyat keltiradi” (Imom Tabaroniy rivoyat qilgan).
Ba'zi odamlar rizqi torligidan shikoyat qiladi, “Qancha xarakat qilsam xam birim ikki bo'lmaydi!” deb zorlanadi. Ularning xolatiga quyidagi xadisi sharif izox beradi.
“Tonggi (uyqu) rizq (kelishi)ni to'sadi” (Imom Axmad rivoyat qilgan).
Kim kunini hayrli suratda boshlasa, qolgan qismi xam hayrli bo'ladi, ishlari baroridan keladi, Allox tarafidan o'sha banda rizqiga baraka beriladi. Rivoyatlarda kelishicha, quyosh chiqquncha bo'lgan vaqt oralig'ida rizqlar taqsimlanadi. Rizq taqsimotida ishtirok etmagan banda undan maxrum bo'lgan bilan baravar. Chunki tong otgach xam uyqudan uyg'onmagan banda o'rnidan lanj, dili hira bo'lib turadi. Natijada unda g'ayrat-shijoat bo'lmaydi, biron ishni xafsala bilan qilmaydi. Shuning uchun rizqidan baraka ketadi.

Musofirlar taqdiri.... (3 qism)

“Yakshanba kuni xam notinch o'tadigan ko'rinadi, biror chora topish kerak, ex xayvon, meni shuncha tashvishga qo'yib ketding. Bular meni atayin yashirayabdi deb do'pposlab yuribdiya”....Tonggacha uhlolmay chiqdi. Kechagilar yana kelishdi. Yana o'sha manzara......

Falokat.

Nasib qilsa kelar Shom-u-Iroqdan, yo’qsa ketar qosh-u-qaboqdan. Yigit va qizni qancha qiyinchiliklardan keyin vanihoyat unashtirishdi. Yoshlar xursand holda kelin ko’ylak korgani borishdi. Do’kon egasi yigitni bo’lajak kuyovligini bilgach asta bosh chayqadi: -Menimcha siz kelin libosini to’ygacha ko’rmay turganingiz maqulmidi…...

BOZORDA (hajviya)

Bozor aylanib yurgandim. Sotuvchilardan biri kutilmaganda qo'limga gilos tutqazdi. — Qarang shirinligini!.. Xuddi mallasoch qizlarga o'xshaydi!.. Menga qarang, nega teskari o'girilayapsiz? Sotib olsangiz-chi!.. — Pulim yo'q. — Vey, arzongarovga bervoraman. ...

Hikoya: Iztirobli umr

Kun issiq. Yerda ungan maysalar osmonga tikilib, yomg'ir yog'ishini istashmoqda. Ayniqsa, uy orqasidagi daraxtzorlar ichidan makon topgan otquloqlarning yomg'irni kutayotganligi ularning rangidan bilinib turibdi. Abdivoyning ham bujmaygan yuzi otquloqnikidan qolishmaydi. ...

Hayotiy

“Uylanganimda qurilishda ishlar edim. Bilasiz, bunaqa joyda ishlaganlar doim ishdan keyin “changyuvdi” qilishadi. Men xam qatordan qolmasdim. Ayolim u paytda faqat bomdod namozini o'qirdi. O'zim ichsam xam, namoziga qarshiligim yo'q edi......

Mo''jiza

Shirakayf uch og'ayni nimqorong'uda "Mo''jiza" deb nomlanuvchi choyhonadan chiqishdi.  - Mashinani yo'lning u chetiga qo'yganman, - dedi Nodir tishlari orasidan "chirt" etib tupurib. - Yo'l-yo'lakay sizlarni uy-uylaringizga tashlab o'taman. Ular katta yo'lni kesib, darahtlar orasidan o'tishayotganda, nogironlar aravasidagi bir kishini tayog'i...

Ibratli vokea

Bir yigit yosh qizga uylanibdi. Urfga ko'ra yigit do'stlarini uyiga chaqirib mexmon qilmoqchi bo'ladi. U bozordan......

Bo‘yra to‘quvchi qissasi

Xalil Sayyid bo‘yra to‘qishlik bilan shug‘ullanar edilar. Har qachon joynamozni yerga yoki sholi poxoli ustiga yozilganini ko‘rsalar, yugurib borib joynamoz tagiga yangi bo‘yra to‘shab qo‘yar ekanlar. O‘sha paytdan boshlab joynamozlar tagiga bo‘yra to‘shaladigan bo‘ldi. Bir safar g‘aroyib tush ko‘rdilar......

ONALIK MUXABBATI

ONALIK MUXABBATI Qizaloq esini tanigan kundan boshlab onasidan cheksiz mexr ko'rgandi. Onasi uni shirin so'zlar aytib erkalar, qizini beg'ubor, go'zal malika der, qizaloq onasidan eshitgan bu so'zlarga ishonib ulg'ayayotgandi. Onasi unga yuzlaridan nur taralishini, oxu ko'zli ekanini aytishdan charchamasdi. Onasining bittagina farzandi edi u....

Qabrda xam RASHK qilaman

(Xayotiy hikoya) Bir yigit dinu diyonatli va go'zal hulqli qizga uylandi. Ikki yosh bahtli xayot kechira boshladi... Oradan uch yil o'tdi. Ammo taqdir taqozosi bilan Allox taolo farzand bermadi. Qator shifokorlar xuzuriga borishdi. Ohir oqibat tekshiruvlar hulosasiga ko'ra ayol farzand ko'ra olmasligi ma'lum bo'ldi. Bundan habar topgan kuyovning...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Farzona
    Farzona 30 ноября 2022 20:17
    Menga bu hikoyalar juda yoqdi.Albatta Olloh buyurgan amallarni qilmog'imiz zarur

Fikr qo'shish