Ota-ona xurmati


Ota-ona xurmati...
Bir yigit Payg'ambarimiz sallolloxu alayxi vassallamga shikoyat qilib dediki:
-Otam qarib, juda bevosh bo'lib ketganlar. Aqldan ozganlarmi, deb qo'rqaman. Uyimga kelib, qo'llariga nima ilinsa, shuni olib chiqib ketaveradilar.
Sarvari koinot sallolloxu alayxi vassallamga otani chaqirtirdilar. Xuzurlariga kelgan qari, bechoraxol, ust-boshlari harob odamdan: «O'g'lingning gaplari to'g'rimi?» - deb so'radilar.
-Xa, to'g'ri, - dedi chol. - Men o'g'limni o'zim tarbiya etganman. Onasi barvaqt vafot etgan edi. O'zim emay - o'g'limga edirdim, o'zim kiymay - o'g'limga kiydirdim. Qariganimda boqar, deb umid qildim. Ammo u beraxm chiqdi. Mendan habar olmaydi. O'zim uyiga kelib, qo'limga ilingan narsani olib chiqib sotamanda puliga ovqat olib eyman. Yo Rasulallox! Shu ishim durustmi yo durust emasmi?
Otaning bu gaplarini eshitib Rasulullox sallolloxu alayxi vassallam o'g'ilning elkasidan maxkam ushladilar-da, dedilar: «Topgan narsalaring, xatto sening o'zing xam otangning mulkidir. Agar topgan mulking etmasa, otang sening o'zingni sotib pulini emoqlikka xaqqi bor. Sen o'ylamaginki, topgan mulklarimga o'zim molikmanu otamning unga aloqasi yo'q, deb. Xammasiga otang egadir!»
Yana shu mavzuda bir xadis:
Bir qiz onasidan shikoyat qildi:
-Onamning aqllari o'zlarida emas. Uyimga kelib to'polon qiladilar, tinchlik bermaydilar.
Rasulullox sallolloxu alayxi vassallam onani chaqirtirdilar. G'oyat qari, bechoraxol ona dediki: «Yo Rasulallox sallolloxu alayxi vassallam! Sabr qilayin desam, qizim habar olmaydi. Xatto bolalarini yubormaydi. Yolg'iz o'zim pashshalarga em bo'lib yotaman. Na o'lib qutulaman, na roxat ko'raman. Qizimning beparvoligi shunchalik.
Rasulullox sallolloxu alayxi vassallam dedilar:
-To'qqiz oy, to'qqiz kun, to'qqiz soat seni qornida tarbiya etgan kim? O'lim jari yoqasiga kelib seni tuqqan kim? Seni ikki yil emizgan kim? Seni balog'atga yetkazib uzatgan kim? Shu onang! Agar shu onangni rozi qilmasang, jannat senga xarom! Tavba qilsang - qilding, yo'qsa yarim mulkingni olib beraman.
Qiz tavba qildi...
Izohlar 1