SOG'LIK UChUN FOYDALI KO'KATLAR

SOG'LIK UChUN FOYDALI KO'KATLAR
SOG'LIK UChUN FOYDALI KO'KATLAR

SOG'LIK UChUN FOYDALI KO'KATLAR

Ismaloq — ozuqaviy moddalarga boyligi bo'yicha oshko'klar ichida birinchi o'rinda turadi. Tarkibida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, H, PP, K vitaminlari, temir, kal'ciy, magniy, natriy, fosfor, aminokislotalar va efir moyi mavjud. Ismaloq organizmni tiqinlardan tozalaydi. Ichak xamda qon tomirlari faoliyatini yahshilaydi.

Ko'k piyoz xam A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, K, RR, holin, temir, kaliy, kal'ciy, magniy, mis, natriy, selen, ruh va fosforni o'zida mujassamlashtirgan. Bu esa virusli va infekcion kasalliklardan samarali ximoya sanaladi.

Yalpiz A, S vitaminlari guruxi xamda V9 vitamini, temir, kaliy, kal'ciy, magniy, marganec, mis, natriy, ruh, fosfor kabi mikro va makroelementlarga boy. U bo'g'im kasalliklardai, bosh og'riganida yahshi davo sanaladi. Shuningdek, tinchlantiruvchi vosita xamdir.

Petrushka A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, H, K, RR vitaminlari, holin, temir, kal'ciy, kaliy, magniy, mis, natriy va fosforga boy manba. Qon bosimini me'yorga keltiradi, gastrit, jigar kasalliklarini davolaydi, milklarni mustaxkamlaydi.

Sel'der organizmni toksinlardan tozalaydi, ortiqcha vazndan halos etadi. Chunki uning tarkibida A, V1, V2, V6, V9, S, E, K vitaminlari, temir, kaliy, kal'ciy, magniy, natriy va fosfor mavjud.

Rayxonning tarkibidan xam barcha vitaminlar va makro va mikroelementlarni topasiz. Bu ko'katdan yo'talni, og'iz bo'shlig'i kasalliklarini davolash, jigarni tozalashda foydalaniladi.

Shivit o'zida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, RR vitaminlari, temir, kaliy, kal'ciy, magniy, mis, marganec, natriy, ruh va fosforni mujassamlashtirgan. Ovqat xazm qilish jarayonini, qon aylanishini yahshilashda, organizmdagi shlak va safroni xaydashda ishtirok etadi.

Fikr qo'shish